Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

xavf manbaiga ko‘ra, ya’ni zaruriy mudofaada xavf manbai 
shaxsning ijtimoiy (jinoiy) xavfli qilmishi bo‘lsa, oxirgi zaruratda xavf 
manbai bo‘lib nafaqat shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi, balki yengib 
bo‘lmas kuch natijasida yuzaga kelgan (fors-major) holatlari ham bo‘lishi 
mumkin. 
sodir etish usuliga ko‘ra, ya’ni zaruriy mudofaada tajovuzdan 
qochib yoki hokimiyat organlari yoxud boshqa shaxslarga yordam so‘rab 
murojaat qilish imkoni bo‘la turib ham zarar yetkazilishi mumkin, oxirgi 
zaruratda esa zarar yetkazish xavfni bartaraf etishning birdan-bir usuli 
hisoblanadi. 
Shuningdek,, zaruriy mudofaada himoya faqat faol harakat orqali 
ifodalansa, oxirgi zaruratda xavfni bartaraf etish harakatsizlik bilan ham, 
ya’ni harakat yoki harakatsizlik bilan amalga oshiriladi. 
Yetkazilgan zarar (subyekti): zaruriy mudofaada zarar faqat tajovuz 
qiluvchi shaxsga yetkaziladi, oxirgi zaruratda esa zarar uchinchi shaxsga 
yetkaziladi. 
Yetkaziladigan va bartaraf etiladigan zararning o‘zaro munosabatiga 
ko‘ra, ya’ni zaruriy mudofaada yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarar 
bilan teng yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin, oxirgi zaruratda esa 
ko‘proq zararni bartaraf etish maqsadida kamroq zarar yetkazish 
hisoblanadi. 
6. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish 
Jinoyat kodeksining 40-moddasida, shaxsning buyruq yoki boshqa 
farmoyishni, shuningdek,, mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli 
zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi, deb ko‘rsatilgan. 
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish qonuniy hisoblansa: 
buyruq deganda, muayyan hokimiyat organi, tashkilot, korxona, 
idora boshlig‘ining o‘z vakolatlari doirasida muayyan bir harakatni 
bajarish yoki bajarmaslik to’g‘risida (yozma yoki og‘zaki) buyruq berishi 
tushuniladi. 
Buyruq vakolatli shaxsning ijro etish majburiyati yuklangan shaxsga 
bergan ma’lum bir harakat(harakatsizlik)ni bajarish haqidagi qonun va 
qonunosti aktlarga asoslangan talabidir. Aynan shu ta’rif buyruqni boshqa 
ta’sir choralari- iltimos, ishontirish, majburlovdan ajratib turadi.


248
Buyruq bilan birga «tavsiyalar», «farmoyishlar» va «farmonlar» ham 
berilishi mumkin. Bular masalalarni hal qilish, ularni qabul qilish 
vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning huquqiy maqomi bo‘yicha o‘zaro 
farqlanadi. Bu aktlarning asosiy umumiy jihati – ularning ijro etish 
majburiyati yuklangan shaxs tomonidan bajarilishidir. 
Qonun tomonidan buyruq yoki boshqa farmoyishlarning shakli aniq 
belgilanmagan bo‘lib, ular yozma, og‘zaki yoki 
namoyishkorona(konklyudent) shaklda bo‘lishi, shuningdek,, texnik aloqa 
vositalari orqali yuborilishi mumkin. Lekin ayrim hollarda buyruqning 
faqat yozma shaklda bo‘lishi talab qilinadi. Bunday talablarga rioya 
etilmasligi uning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.
Boshqa farmoyishlarga ta’rif berishda shuni inobatga olish lozimki, 
farmoyishlar berish usullari unchalik ahamiyat kasb etmaydi. 
Buyruq yoki boshqa farmoyishlar, agar ular boshliqning vakolati 
doirasidan chiqilmagan bo‘lsa, ijro etilishi majburiydir. 
Buyruq yoki boshqa farmoyishlardan farqli ravishda xizmat 
majburiyatlari mansab vakolatiga qarab xodimlardan bajarilishi talab 
qilinadigan funksional majburiyatlar doirasini o‘zida aks etadi. O‘zR 
qonunchiligiga ko‘ra, xizmat majburiyatlari ish beruvchi va xodim 
o‘rtasidagi mehnat shartnomasida belgilangan yozma shaklda bo‘lishi 
kerak. Aks holda ular g‘ayriqonuniy deb hisoblanishi mumkin. 
Bundan tashqari, farmoyishlar va boshqaruv aktlari belgilangan 
mazmunda qabul qilinishi, ya’ni qonun talablariga mos holda tuzilishi 
kerak. 
Buyruq yoki boshqa farmoyishni ijro etish huquqiylik shartlariga 
mos kelgan taqdirda qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat deb 
topilishi mumkin. Buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlari 
Jinoyat kodeksidagi talablarga zid bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik 
orqali bajarilishi kerak. Aks holda bunday harakat yoki harakatsizlik 
mustaqil jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etishning huquqiyligi belgilari 
quyidagilardir: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling