Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Ikkinchi sharti xavfning mavjudligi. 
Xavfning mavjudligi, xavfning vujudga kelishi yoki jinoyat qonuni 
bilan qo‘riqlanadiran ijtimoiy munosabatlarga real xavf mavjudligini 
bildiradi. Taxminiy, ma’lum bir vaziyatda vujudga keladigan, bartaraf 
Oxirgi zaruratning huquqiy shartlari
Tahdid solayotgan xavfga 
nisbatan 
Mudofaaga nisbatan 


243
etilgan yoki xayoliy xavf mavjud deb hisoblanishi oxirgi zarurat holatini 
vujudga keltirmaydi 
Uchinchi sharti xavfning haqiqiy bo‘lishi lozim. Agar shaxs turli 
sabablarga ko‘ra xavfning mavjud emasligini bilishi lozim bo‘lmagan yoki 
mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning bu xayolan xavfni bartaraf qilishga 
qaratilgan harakati ham jinoyat deb hisoblanmaydi.
Xavfning haqiqiyligi deganda, uning obyektiv va real tarzda mavjud 
bo‘lishini tushunish kerak. Agar xavf haqiqiy bo‘lmasdan, shaxs uning 
mavjudligi haqida noto‘g‘ri taxmin qilgan bo‘lsa, shaxsning bunday 
qilmishi taxminiy oxirgi zarurat deb baholanib, javobgarlik masalasi faktik 
xatoga oid umumiy qoidalarga ko‘ra hal qilinadi. Shaxsning bunday 
qilmishi quyidagicha baholanishi kerak: 
Oxirgi zarurat holati sifatida shaxs o‘zining taxminlari xatoligini 
bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan hollarda, uning harakati shaxs 
o‘zining taxmini xatoligini bilmagan bo‘lsa, lekin ishning holati bo’yicha 
bilishi lozim va mumkin bo‘lsa, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat 
sifatida baholanadi.
Oxirgi zarurat holati nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilgan 
mezonlarga javob berishi kerak. Bunday mezonlar - qilmishning ijtimoiy 
foydaliligi, majbur bo‘lganlik tufayli sodir etilishi, boshqa shaxslarga 
yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni bartaraf etishga qaratilganligi, oxirgi 
zaruratning qonunda belgilangan doiradan chetga chiqmasligi va h.k. 
Qilmishning ijtimoiy foydaliligi uning shaxs, jamiyat yoki davlat 
manfaatlarini ko‘zlab sodir etilganligini bildiradi.
Qilmishning majburiyligi deganda, vujudga kelgan vaziyatda qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish xavfni bartaraf 
etishning oxirgi yagona usuli ekanligi tushuniladi. Qonun bilan 
qo‘riqlanadigan boshqa manfaatlarga zarar yetkazmasdan xavfni bartaraf 
etish imkonining mavjudligi oxirgi zaruratning haqiqiyligini istisno etadi. 
Agar shaxs bunday imkoniyat mavjudligini bilmagan va bilishi mumkin 
ham bo‘lmasa, uning qilmishi oxirgi zarurat deb baholanishi mumkin. 
Oxirgi zarurat holati belgilariga to‘g‘ri keladigan qilmish sodir 
etilganida faqat uchinchi shaxslar huquq va manfaatlariga zarar yetkazishi 
kerak. Uchinchi shaxslar deganda oxirgi zarurat bo’yicha bartaraf etilgan 
xavf bilan aloqador bo‘lmagan shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlari 
hisoblanadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling