Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 


230
Tajovuzdan oldindan yoki u tugaganidan so‘ng biror zaruriyat 
bo‘lmagan holda tajovuz qiluvchiga zarar yetkazilishi zaruriy mudofaa deb 
hisoblanmaydi. Bunday holatlarda javobgarlik umumiy asoslarga ko‘ra hal 
qilinadi. 
Uchinchi sharti — tajovuzning realligi, ya’ni tajovuzning 
himoyalanuvchi xayolida bo‘lmay, balki haqiqatan ham (obyektiv) ro‘y 
berganligidir. 
Bu holatlarda zaruriy mudofaa choralarini qo‘llagan shaxsga barcha 
holatlar yuz bergan vaziyat haqiqatda ham tajovuz yuz berayapti, deb 
taxminlashga asos bo‘lsa va shaxs o‘zining taxminlari xatoligini bilmagan 
va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning harakatlari zaruriy 
mudofaa holatida sodir etilgan deb topilishi kerak. 
Agar vujudga kelgan vaziyat shaxsga tajovuzning yo‘qligini 
tushunish uchun asos bo‘lsa, u xayolan hujum qilayotgan shaxsga zarar 
yetkazsa, himoyalanuvchining javobgarligi istisno qilinmaydi, balki 
aybning ehtiyotsizlik shakli mavjud bo‘lib va mudofaalanuvchi 
ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. 
Hozirgi kunda olimlar o‘rtasida tajovuzga nisbatan zaruriy 
mudofaaning to‘rtinchi sharti sifatida – tajovuzning harakteri, ya’ni 
huquqqa xilofligi shartini isbotlashga qaratilgan fikrlar ham mavjud. 
Mudofaaga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari 
quyidagilardan iborat: 
Zaruriy mudofaadagi «mudofaa» elementi «tajovuz»dan ijtimoiy 
foydali maqsadga yo‘naltirilganligi, mudofaalanish ehtiyoji bilan amalga 
oshirilganligi, shuningdek,, faqat mudofaalanuvchining bunday huquqqa 
ega ekanligi bilan farqlanadi. 
Zaruriy mudofaada himoyalanishga qaratilgan harakatlar ijtimoiy 
xavfli bo‘lsa-da, u qonunda belgilangan mudofaalanuvchining tashabbusi 
bilan amalga oshiriladigan faol xatti-harakatlardan iboratdir. Lekin 
shunday holatlar ham mavjudki, ular zaruriy mudofaa deb hisoblanmasligi 
kerak. Masalan, tajovuz qilinayotgan vaqtda mudofaalanuvchining 
harakatlari tajovuzdan chekinish, qochish kabi «passiv» harakterga ega 
bo’lsa va bunda tajovuzchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa ham. (Masalan, 
tajovuzchi mudofaalanuvchini ushlash maqsadida uning orqasidan quvgan 
vaqtida yiqilib jarohat olgan bo‘lsa, bunday harakatlar nafaqat zaruriy 
mudofaa, balki jinoyat deb ham tan olinmaydi.) 
Mudofaaga nisbatan zaruriy mudofaaning birinchi sharti — mudofaa 
faqat Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga tajovuz qilish 


231
muqarrar bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin. Zaruriy mudofaa ijtimoiy 
foydali maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Zaruriy mudofaa shaxsning 
subyektiv huquqi bo‘lib, u nafaqat o‘z hayotini, balki davlat va jamiyat 
manfaatlarini ham himoya qilishi mumkin. Shaxsning qilmishi ijtimoiy 
foydali bo‘lmasa yoki jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan 
munosabatlarga tajovuz qilishga qaratilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat 
deb baholanmog‘i lozim. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling