Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Kam ahamiyatli qilmishlar


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2. Kam ahamiyatli qilmishlar 
Hayotda shunday qilmishlar uchraydiki, unda qonunda nazarda 
tutilgan alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli 
ijtimoiy xavfliligi juda kam bo‘ladi, jabrlanuvchi uchun yetkazilgan 
zararning miqdori deyarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Shuni e’tiborga olib, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 36-moddasida kam 
ahamiyatli qilmishlar tushunchasi berilib, bunday harakatlar qilmishning 
jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan. 
Kam ahamiyatli qilmishlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan 
holatlar turkumiga kiritilgan bo‘lsa-da, huquqqa xilofligi, aybning 
mavjudligiga ko‘ra boshqa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan 
holatlardan farq qiladi, boshqa turlariga bunday xususiyatlar xos emas va 
ular ijtimoiy foydali huquqiy harakatlardir. 
Kam ahamiyatli qilmish sodir etilganida ijtimoiy xavfli oqibat yuz 
bermaydi yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga juda oz zarar 
yetkaziladi. Qilmishni kam ahamiyatli deb hisoblashda obyektiv (qilmishni 
sodir qilish sharoiti, kelib chiqqan oqibatning jabrlanuvchi uchun 
ahamiyatga ega emasligi yoki oqibat kelib chiqmaganligi) va subyektiv 
(aybning darajasi, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy 
munosabatga nisbatan jiddiy zarar yetkazish maqsadining yo‘qligi, 
harakatning aynan oz miqdorda zarar yetkazishga qaratilganligi va h.k.) 
holatlarning jami e’tiborga olinishi kerak. Masalan, voyaga yetmagan 
shaxsning birovning bog‘idan o‘zi iste’mol qilishi uchun oz miqdorda 
meva o‘g‘irlashi, gullarni uzib olishi, zotli hisoblanmagan kaptar 
o‘g‘irlashi, sho‘xlik, o‘zini ko‘rsatish kabi harakatlar shular jumlasidandir. 
Qilmishni kam ahamiyatli deb topish uchun bunday qilmish bilan 
bog‘liq barcha holatlar (ayb shakli, jinoyat sodir etish usuli, motiv, vaziyat 
va jinoyat sodir etish bosqichlari, jinoiy oqibat og‘irligi, jinoyat 
ishtirokchilari, ularning ishtiroki darajasi va harakati)ni tahlil qilib chiqish 
kerak. 
Qilmishni kam ahamiyatli, deb topishda asosan uning ijtimoiy 
xavflilik darajasiga e’tibor berish kerak. Masalan, shaxs jabrlanuvchini 
o‘ldirishga harakat qilsa-da, unga hech qanday zarar yetkazmasa, 


224
shaxsning bunday qilmishi kam ahamiyatli deb topilmay, balki odam 
o‘ldirishga suiqasd deb topilishi kerak. 
Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi aniqlansa, O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 2-
bandiga binoan ish bekor qilinadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling