Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
3. Zaruriy mudofaa 
Zaruriy mudofaa institutining tushunchasi va belgilarining jinoyat 
huquqida berilishi ijtimoiy adolatni amalga oshirishda g‘oyat katta 
ahamiyatga egadir. Jinoyat huquqida zaruriy mudofaa tushunchasi qonun 
bilan muhofaza qilinadigan obyektlarni jinoiy tajovuzlardan muhofaza 
qilish jarayonida tajovuzkorga shunday zarar yetkazish yo‘li bilan amalga 
oshiriladigan huquqiy mudofaani o‘z ichiga oladiki, bunday mudofaa 
zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib amalga oshirilganida 
mudofaalanuvchi shaxsning jinoiy javobgarligini kelitirib chiqaradi. 
Jinoyat kodeksining 37-moddasida zaruriy mudofaaning qonuniyligi 
doirasi va shartlari, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning 
huquqiy holati nazarda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37-moddasiga ko‘ra: 
NOTA BENE! 
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi 
yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat 
manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar 
yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy 
mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb 
topilmaydi. 
Zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat qonunga xilof 
hisoblanmaydi, chunki hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, mulkka va 
boshqa jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga qilingan 
tajovuzlardan himoya qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi va 
zaruriy mudofaa holatida tajovuzchiga zarar yetkazish jinoyat 
hisoblanmaydi. 
Har bir fuqaroning o‘zi, boshqa shaxslar, davlat manfaatlarini va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan har qanday boshqa ijtimoiy munosabatlarni 
himoya qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (20, 
27- va boshqa moddalarida) mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida Respublika 
fuqarolari sha’ni va obro‘siga, hayoti va sog‘lig‘i, shaxsiy hayoti, erkinligi 


225
va qadr-qimmatiga qarshi tajovuzlardan sudda himoyalanish, shaxsning 
sha’ni va obro‘siga qarshi tajovuzlardan zaruriy mudofaalanish huquqiga 
ega ekanligining belgilanganligi ushbu masalani hal etish uchun rahbariy 
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunida birinchi marta har 
qanday fuqaro boshqa shaxslar yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab 
murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-
yo‘qligidan qat’i nazar, to‘g‘ridan to‘g‘ri zaruriy mudofaani qo‘llash 
huquqiga egaligi belgilab qo‘yiladi (Jinoyat kodeksi 37-moddasining 3-
qismi). Haqiqatan ham jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishda jinoyat 
qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektga qilingan tajovuzdan qochib qutulish 
orqali emas, balki jinoyatning oldindani olishga qaratilgan qat’ilik bilan 
qilingan harakatlar orqali erishiladi. Zaruriy mudofaa huquqi har bir 
fuqaroning jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga 
nisbatan qilingan tajovuzlardan himoya qilish huquqini kafolatlovchi 
konstitutsiyaviy qoida hisoblanadi. 
Bizning fikrimizcha, zaruriy mudofaa huquqi himoya huquqi bilan 
ta’minlangan manfaatlarga qarshi qasddan, shu bilan birga birgalikda, 
ehtiyotsizlikdan sodir etilgan tajovuz natijasidir. 
Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati jinoyat qonuni bilan muhofaza 
qilinadi, ushbu obyektlarga qilingan tajovuz jinoyat deb topiladi (Jinoyat 
kodeksi 139,140-moddalari). Shuning uchun jinoyat qonuni bilan 
muhofaza qilinadigan bunday manfaatlar mudofaalanuvchi qonunda 
mustahkamlangan zaruriy mudofaaning huquqiyligi shartlariga rioya 
qilinganida, zaruriy mudofaa choralari bilan himoya qilinishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi 1996-yil 20-dekabrda qabul 
qilingan “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini 
ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 
qarorining 1-bandida ham shunday nuqtayi nazar nazarda tutilgan. 
Jinoyat huquqi nazariyasida, mudofaalanuvchining ijtimoiy xavfli 
tajovuzlardan qonun bilan mustahkamlangan shartlarga rioya qilib amalga 
oshiradigan harakatlari faqat qonun bilan muhofaza qilinadigan 
manfaatlarni himoya etish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa, zaruriy 
mudofaa deb topilishi lozim.
Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazish orqali 
himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashda ham ahamiyatga egadir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining yuqorida nomi 
keltirilgan qarorida ayrim sudlar tajovuzga uchragan shaxs, undan qochib 
qutulish, boshqa fuqarolarga va hokimiyat vakillariga yordam so‘rab 


226
murojaat qilish yoki boshqa usullar bilan tajovuzdan saqlanish 
imkoniyatiga ega bo‘lsa, bunday tajovuzga qarshi faol ravishda 
mudofaalanish huquqiga ega bo‘lmaydilar, degan noto‘g‘ri fikrga 
asoslanadilar deb ta’kidlanadi. Shu munosabaat bilan Plenum sudlar shuni 
e’tiborga olishlari kerakki, fuqarolar qonun talabiga muvofiq ijtimoiy 
xavfli tajovuzdan qochib qutulish yoki boshqa usullar bilan saqlanish 
imkoniyatiga ega bo‘lishlaridan qat’i nazar, tajovuz qiluvchiga zarar 
yetkazish yo‘li bilan aktiv himoyalanish huquqiga egadirlar, deb 
ko‘rsatilgan
1

Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, zaruriy 
mudofaa holatida qilingan harakat jinoyat hisoblanmaydi, chunki u 
ijtimoiy xavfli bo‘lmay, aksincha, ijtimoiy foydali harakatdir. 
Zaruriy mudofaada ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo‘qligi 
shundaki, zaruriy mudofaani qo‘llash orqali shaxsning hayoti, sog‘lig’i, 
jinsiy erkinligi (daxlsizligi), mulki va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa 
ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuz bartaraf qilinib, kelib 
chiqishi mumkin bo‘lgan zarariy oqibatlarning oldi olinadi. Tajovuz 
qiluvchining hayoti va sog‘lig’i tajovuz vaqtida qonun bilan 
qo‘riqlanmaydi. 
Zaruriy mudofaani qo‘llash har bir shaxsning shaxsiy huquqidir va 
bunday huquqni amalga oshirish faqat uning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib, bu 
huquq zaruriy mudofaani qo‘llash vaqtida amalga oshiriladi. Ammo ayrim 
turkumdagi shaxslar uchun zaruriy mudofaani qo‘llash shaxsning yuridik 
majburiyati hisoblanadi. Bularga qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib 
qo‘yilgan yoki xizmati yuzasidan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish, 
odamlarni qutqarish, jamoat tartibini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxslar 
kiradi. 
Jinoyat qonuniga zaruriy mudofaa institutining kiritilishi, qonun 
himoyasidagi manfaatlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan mudofaa qilishda 
har bir fuqaroning faol qatnashishini ta’minlash maqsadiga xizmat qiladi..
Zaruriy mudofaani qo‘llashning zarurati va asoslari jinoyat qonuni 
bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga (shaxsga, davlat va jamoat 
manfaatlariga) ijtimoiy xavfli tajovuz qilinganligidir. 
Shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarning manfaatlariga jinoiy 
tajovuz qilinganligi zaruriy mudofaani qo‘llashning asosi bo‘lib hizmat 
qiladi. 
1
“Ўзбекистон Республикаси Олий суди пленуми қарорларининг тўплами. 1991-1997 йил.”, // “Шарқ”, 
Т:.1997 й., 69-бет. 


227
Qonunda jinoyatning subyekti yoshiga yetmagan yoki aqli noraso 
shaxslarning ijtimoiy xavfli tajovuziga nisbatan ham zaruriy mudofaaning 
qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Shuningdek,, qonunda birinchi marta (Jinoyat kodeksi 37-m. 4-q.) 
zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish 
zaruriy mudofaa hisoblanmasligi ko‘rsatilgan. Bu yerda shunday holatlar 
nazarda tutilganki, bunda aybdor muayyan bir shaxsga zarar yetkazish 
maqsadida uning “jig‘iga(asabiga) tegadi, keyinchalik u bilan hisob-kitob 
qilish maqsadida uning javob harakatlarini sodir qilishini xohlaydi. 
Bunday hollarda aybdor yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda 
javobgarlikka tortiladi. Jinoyat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudining Plenumi qarorida shaxs o‘zining g‘araz niyatlari (urishish, azob 
berish, o‘ch olish) tufayli hujumning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, 
bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo‘sinda qilingan deb topish mumkin 
emas, bunday holatlarda sodir etilgan xatti-harakatlar umumiy asoslarda 
kvalifikatsiya qilinishi lozim deb ta’kidlangan. 
Zaruriy mudofaaning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, qonun 
muhofazasidagi manfaatlarga qarshi qaratilgan g‘ayriqonuniy tajovuzdan 
mudofaalanuvchi tajovuz qiluvchiga shunday zarar yetkazadiki, 
yetkazilgan zarar zaruriy mudofaa instituti bo‘lmaganida jinoiy 
javobgarlikka sabab bo‘lardi. 
Aynan shuning uchun zaruriy mudofaaning qonuniy yoki 
g‘ayriqonuniyligi jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. Zaruriy mudofaa 
holatida tajovuzchiga muayyan zararning yetkazilishi 
mudofaalanuvchining qilmishi tufayli vujudga kelgan ijtimoiy xavfning 
oldindani olibgina qolmay, agar u qonunda belgilab qo‘yilgan talablarga 
javob bersa, bunday faoliyatning ijtimoiy foydali, deb ham topilishiga ham 
asos bo‘ladi. 
Zaruriy mudofaa tajovuz va himoyadan iborat ekanligi sababli uning 
huquqiyligi shartlari ham tajovuzdan zaruriy mudofaalanishning huquqiy 
shartlari va himoyaga xos zaruriy mudofaaning huquqiy shartlariga 
bo‘linadi. Shunday qilib, zaruriy mudofaa institutining yuridik tabiati 
to‘g‘risidagi masalaga ikki xil yondashuv mavjud:
Birinchidan, bu masalani amaldagi konstitutsiyaviy, ma’muriy, 
jinoyat qonunlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib hal etiladi. 
Ikkinchidan, bu fikr zaruriy mudofaa qanday amalda bo‘lishi kerak, 
ya’ni bu institut qanday tartibga solinishi kerak, qaysi soha qonunlari bilan 
mustahkamlanishi kerak, degan nuqtayi nazardan kelib chiqadi. 


228
Tajovuzga nisbatan yetkazilgan zarar o‘z-o‘zidan ham zaruriy 
mudofaaning qonuniyligini ko‘rsatmaydi. Zaruriy mudofaa qonuniy 
bo‘lgan deb topish uchun jinoyat huquqi nazariyasida zaruriy mudofaaning 
huquqiy shartlari deb atalgan bir qancha shartlar mavjud bo‘lishi lozim. 
Zaruriy mudofaaning huquqiy shartlarini ikki guruhga:
1) tajovuzga nisbatan; 
2) mudofaaga nisbatan bo‘lish mumkin. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling