Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


-BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

11-BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO 
QILADIGAN HOLATLAR 
 
1. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar tushunchasi 
va turlari
Sudda ko‘rilib, jinoiy javobgarlikka loyiq deb topilgan ishlar 
o‘zining obyektiv va subyektiv belgilariga ko‘ra jinoiy qilmishdan iborat 
bo‘ladi. Ayrim hollarda bunday qilmishlar ijtimoiy xavfli bo‘lmasdan, 
balki ijtimoiy foydali bo‘lishi ham mumkin. Bunday harakatlar jinoyat 
huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb ataladi. 
Jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi shunday holatlar 
mavjudki, ular tashqi tomondan jinoyatga o‘xshasada, biroq jinoiy 
javobgarlikka loyiq, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga 
zarar yetkazuvchi ijtimoiy xavfli qilmish, deb topilmaydi, aksincha
ijtimoiy foydali hisoblanadi. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi 
holatlar deyilganida jinoyat belgilari mavjud bo‘lsa ham, jinoyat deb 
hisoblanmaydigan harakatlar tushuniladi.
Bunday holatlarning Jinoyat kodeksidagi belgilanishi insonparvarlik 
va adolat tamoyillariga amal qilinganligidan darak beradi. Bunday holatlar 
ijtimoiy foydalilik hisoblanadi va ularning sodir etishiga qonunda yo‘l 
qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan 
holatlarning belgilanishi: bir tomondan jinoiy repressiya choralarining 
kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan fuqarolarning huquqiy 
faolligini kuchaytiradi. 
O‘zbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 35-moddasida bunday 
holatlarning umumiy tushunchasi va turlari berilgan. Ushbu moddaning 
birinchi qismida: «..qilmishda ushbu kodeksda nazarda tutilgan alomatlar 
rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy 
yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb 
topiladi»,— deyilgan. 
Ushbu moddaning 2-qismida esa qilmishning jinoiyligini istisno 
qiladigan holatlarning turlari ko‘rsatilgan. Bularga: 
1) kam ahamiyatli qilmishlar (36-modda); 
2) zaruriy mudofaa (37-modda); 
3) oxirgi zarurat (38-modda); 
4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar 
yetkazish (39-modda); 


223
5) buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (40- modda); 
6) kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik (41-
modda) kiradi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling