Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


birinchisi- jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriyligi;  ikkinchisi-


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchisi- jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriyligi
ikkinchisi- jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning qat’iligi. 
Ixtiyoriylik degandа shaxsning boshlangan jinoiy harakatni o‘z 
xohishi bilan hech qanday tashqi ta’sirlarsiz oxiriga yetkazish imkoni 
borligini anglagan holda to‘xtatishi tushiniladi. Bunday qaytishning motivi 
turlicha(uyalish, farzandlari taqdiri haqida o‘ylash, diniy e’tiqodi, 
jabrlanuvchiga rahmi kelishi va boshqalar), shuningdek,, qarindosh va 
do‘stlarining maslahatlariga ko‘ra natijasida bo‘lishi mumkin.
1
Таганцев Н. С Русское уголовное право. Лекции . Часть oбщая. С.Петербург. С.-717. 
2
Русское уголовное правo. Обшая часть. Изд-Спарк. 1977г С.-190. 
3
Караулев В.Ф. Стадии совершения преступления. М., 1982. С.5-13. 


213
Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri bu shaxsning jinoyatni 
davom ettirish va yakuniga yetkazishga imkoni borligini anglashidir. 
Bunday holatlarsiz, shaxs agar o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra 
jinoyatni yakuniga yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo‘lmasa, 
uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga asos 
bo‘lmaydi. Masalan, agar shaxs qasddan odam o‘ldirishga harakat qilsa
lekin atrofda odamlarning borligi, qurolning yaroqsizligi tufayli qilmishni 
sodir etmasa, bu ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi.
Demak, jinoyat sodir etish uchun imkoniyatning yo‘qligi ixtiyoriy 
qaytish hisoblanmaydi, balki jinoyatchi jinoiy harakatni to‘xtatishga 
majbur bo‘ladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish qat’i bo‘lishi kerak. Qat’ilik 
jinoyat sodir etayotgan shaxsning jinoyat sodir etish fikridan qaytishi va 
o‘zining jinoiy harakatini to‘xtatishidir. Ixtiyoriy qaytishda vaqt jinoyat 
sodir etishdan ixtiyoriy qaytgan hollarda ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Bu ikki belgiga ko‘ra jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb 
hisoblash uchun: birinchidan, jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni 
mavjudligi; ikkinchidan, jinoiy oqibatning oldi olingan bo‘lishi kerak.
Shaxsning jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligini anglashi shuni 
ifodalaydiki, u jinoyatni oxiriga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarga, 
jinoyatni amalga oshirish uchun barcha qurol va vositalarga ega bo‘ladi va 
buni biladi.
Ixtiyoriy qaytish jinoiy oqibat yuz bergunga qadar, ya’ni tayyorgarlik 
va suiqasd bosqichida bo‘lgan bo‘lishi lozim. 
Jinoyat kodeksida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikkita 
turi belgilangan bo‘lib, ulardan biri jinoyatning obyektiv tomoni sodir 
etilgunga qadar bo‘lgan barcha harakatlar, ikkinchisi, obyektiv belgilariga 
ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi harakatlardir.
Ixtiyoriy qaytishning bu ikki turi obyektiv belgilariga ko‘ra bir-
biridan farq qiladi, biroq har ikki tur uchun umumiy bo‘lgan: 
a) jinoiy harakatni yoki jinoiy oqibat yuz berishini to‘xtatish; 
b) ixtiyoriy qaytish; 
v) qaytishning qat’iligi kabi belgilarga egadir. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning passiv ko‘rinishi moddiy 
va formal tarkibli jinoyatlarda bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda eng muhimi 
shaxsning tayyorgarlik harakatini boshlaganligi yoki jinoyat obyektiv 
tomonini bajarishga kirishganligi va jinoyatni to‘liq sodir etmasligi 
hisoblanadi. Ixtiyoriy qaytishning birinchi turi passiv bo‘lib, jinoiy faoliyat 
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish bosqichida tugaydi. Jinoyat 


214
sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ixtiyoriy qaytish odatda 
passiv harakat orqali amalga oshiriladi. Masalan, jinoyatga tayyorgarlikni 
to‘xtatish. Shuningdek,, ixtiyoriy qaytish aktiv harakat bilan ham amalga 
oshirilishi mumkin (masalan, jinoyat qurolini yo‘qotish, huquqni 
muhofaza qilish organlariga tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar berish). 
Ixtiyoriy qaytishning ikkinchi turi esa shaxs tomoniidan sodir etilgan 
jinoyat oqibatining oldindani olishga qaratilgan harakatdir. 
Tamom bo‘lmagan suiqasd bosqichidagi ixtiyoriy qaytish ham 
harakatsizlikda ifodalanadi. Shaxs jinoyatning obyektiv tomonini amalga 
oshirishni boshlagan holda, uni oxiriga yetkazmasdan tugatadi. Masalan, 
jinoyatchi o‘g‘rilik jinoyatini sodir etish maqsadida uyning qulfini buzadi, 
ammo uyda xonadon egalarining borligini ko‘rib jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytadi. Tamom bo‘lmagan suiqasd aktiv harakat orqali ham 
amalga oshirilishi mumkin. Masalan, ona o‘z chaqalog‘ini o‘ldirish 
maqsadida uni ovqatlantirmay qo‘yadi, lekin keyinchalik buning oldindani 
olish maqsadida zarur choralarni ko‘radi. Shaxs jinoyatni jinoyatni 
tavsiflovchi tashqi ta’sir ostida emas, balki o‘zining ichki ishonchiga 
asosan sodir etmaydi.
M.H.Rustamboyev va Q.Payzullayevning fikrlariga ko‘ra, tamom 
bo‘lgan suiqasdda ixtiyoriy qaytish bo‘lishi mumkin emas. Ular o‘z 
fikrlarini qasddan odam o‘ldirish jinoyati misolida ko‘rib chiqib shunday 
deydilar, shaxs odam o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, u sodir etib 
bo‘lingan harakatni bartaraf eta olmaydi
1
.
Ba’zi bir olimlarning fikriga ko‘ra: “Tamom bo‘lgan suiqasdda 
ixtiyoriy qaytish, ba’zi jinoyatlarda, qaysiki, jinoyat sodir etish bilan uning 
oqiba 
ti kelib chiqishi oralig’ida muayyan vaqt bo‘lgan va ushbu vaqt 
oralig‘ida shaxs jinoiy oqibatning oldindani olishi mumkin bo‘lgan 
jinoyatlarda mavjud bo‘lishini ta’kidlaydilar”.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish subyektiv tomondan qasddan 
sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo‘ladi. Masalan, jinoyatchi uy ichida 
odamlar uxlayotganligini bilgan holda uyga o‘t qo‘yadi. Uning uyga o‘t 
qo‘yishga bo‘lgan munosabati to‘g‘ri qasddan, ichkarisidagi odamlarning 
hayotiga bo‘lgan munosabati esa egri qasddan bo‘ladi. Chunki uy ichidagi 
odamlar olovdan qochib o‘lmay qolishi ham mumkin. Agar shaxs jinoyat 
sodir etishdan ixtiyoriy qaytsa, ham to‘g‘ri qasddan, ham egri qasddan 
sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatdan ixtiyoriy qaytishi mumkin. 
1
Rustamboyev M.X., Payzullayev Q. Osobennosti dobrovolnogo otkaza v nasilstvennix prestupleniyax 
protiv lichnosti. //Konstitutsiya huquqiy davlat qurishning asosi. Ilmiy-amaliy anjuman. Toshkent, 1996 y. B. 
28-32 


215
Jinoyat kodeksi 30-moddasi ishtirokchilikda sodir etilayotgan 
jinoyatlardan ham ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlikni istisno etadi. 
Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi ixtiyoriy ravishda jinoyat sodir 
etishdan qaytib, jinoyatning oldindani olish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga 
bog‘liq barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rsa, u jinoyatda ishtirok etganligi 
uchun javobgar bo‘lmaydi.
Bu qoidadan ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy 
qaytishi yakka shaxsning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishidan 
keskin farq qiladi: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling