211
4. Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish tushunchasi
va uning huquqiy
belgilari 1994-yilgi Jinoyat kodeksi 26-moddasi va 30-moddasi 5-qismida
ifodalangan. Jinoyat kodeksi 26-moddasi 1-qismiga muvofiq shaxs
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir
etishga qaratilgan harakatlarini oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan
holda to‘xtatsa,
shuningdek,, jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda
shunday oqibat kelib chiqishining oldindani olsa,
jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytish deb baholanadi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish faqat jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rish va suiqasd qilish bosqichida, ya’ni jinoyat tamom bo‘lmagan holda
yuridik ahamiyatga ega.
Qonunda qaysi hollarda jinoyatdan ixtiyoriy
qaytish mumkinligi
belgilab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksi 26-moddasi 1-qismiga ko‘ra: a) shaxs
tomonidan tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatish; b) jinoyatni sodir
etishni to‘xtatish; v) jinoiy oqibat kelib chiqishining oldindani olish jinoyat
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb hisoblanadi.
Shaxsning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy
qaytganlik uchun jinoiy
javobgarlikka tortilmasligi asoslari huquqiy adabiyotlarda turlicha
ko‘rsatilgan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish orqali qilmishning va
shaxsning ijtimoiy xavfliligi yo‘qoladi. N.S. Tagansevning fikriga ko‘ra:
«... jinoiy harakat ixtiyoriy ravishda to‘xtatilganda uning obyektiv va
Do'stlaringiz bilan baham: