Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
3. Jinoyatga suiqasd qilish 
 
Suiqasd - bu jinoyatni sodir etishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, 
jinoyatni sodir etishga va ijtimoiy xavfli oqibatga erishishga qaratilgan, 
jinoyatning obyektiv tomonini ifodalovchi ongli harakat bo‘lib, shaxsga 
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra tugatiladi. Suiqasdda tayyorgarlik 
bosqichidan farqli ravishda jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratilmasdan, 
balki uni sodir etishning bevosita boshlanishi bo‘lib, jinoyat qonuni bilan 
qo‘riqlanadigan obyektga tajovuz qilinadi va zarar yetkazish xavfi vujudga 
keladi. Qonunga xilof bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish xavfi 
yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yuz berishi real bo‘lib qoladi. Ammo 
jinoyat shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi.  
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25-moddasiga muvofiq: 
NOTA BENE! 
Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan 
holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga 
suiqasd deb topiladi. 
Boshqacha qilib aytganda, suiqasd bu qasddan sodir etilgan 
jinoyatning tugallanmay qolishi yoki aybdor istagan oqibatning ro‘y 
bermasligidir. 
Shunday qilib, suiqasd o‘zida bevosita jinoyat sodir etishning 
boshlanishini ifodalaydi. Bu bosqichda qonun himoyasida bo‘lgan 
obyektga bevosita tajovuz qilinadi, aniq bir jinoyatning obyektiv tomoni 
amalga oshiriladi. Suiqasdda shaxs qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektni 


206
real xavf ostida qoldiradi, lekin obyektiv va subyektiv sabablar natijasida 
jinoiy oqibat yuz bermaydi. Masalan, qasddan odam o‘ldirish maqsadida 
jinoyatchi jabrlanuvchiga zahar beradi, lekin moddaning zararsizligi 
tufayli jinoiy oqibat yuz bermaydi. Shuning uchun ham suiqasdning 
ijtimoiy xavflilik darajasi tamom bo‘lgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
darajasiga yaqin turadi. 
Jinoyat huquqi nazariyasida suiqasd obyektiv va subyektiv belgilarga 
ega, deyiladi. Ko‘pchilik mutaxassislar suiqasdning uchta obyektiv belgisi 
mavjudligini ta’kidlaydilar.
Birinchi navbatda suiqasd jinoyat sodir etishga qaratilgan 
harakat(yoki harakatsizlik)ni ifodalaydi. Suiqasd bu bevosita jinoyat sodir 
etishga qaratilgan harakat(harakatsizlik)dir. Ayni shu 
harakat(harakatsizlik) jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Aybdor aniq bir obyektga tajovuz qilib, uni zarar yetkazish xavfi ostida 
qoldiradi, ba’zi hollarda unga zarar yetkazadi ham. Bu belgining asosiy 
mazmuni Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddasida ifodalangan jinoyat 
obyektiv tomonining qisman bajarilishi (Masalan, o‘g‘rilik jinoyatini sodir 
etish maqsadida shaxsnining uyga kirishi, qulfni buzishi)da ifodalanadi. 
O‘q otish qurolidan odam o‘ldirishga suiqasd bo‘lganligini aniqlash uchun, 
quroldan o‘q otilgan yoki otilmaganligini aniqlash lozim bo‘ladi. Onaning 
o‘z chaqalog‘ini o‘ldirishga suiqasd qilganligini bilish uchun chaqaloqning 
ovqatlantirilganligi yoki aksini aniqlash kerak bo‘ladi. 
Ko‘pchilik hollarda suiqasd harakat (qasddan odam o‘ldirish 
maqsadida zahar berish) orqali amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda 
ba’zi bir hollarda harakatsizlik (masalan, onani o‘z chaqalog‘ini o‘ldirish 
maqsadida uni emizmaganligi) ham suiqasdni amalga oshirish shakli 
bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari suiqasdda jinoyat oxiriga yetkazilmaydi. Suiqasd 
shu belgisi bilan tamom bo‘lgan jinoyatdan farq qiladi. 
Tamom bo‘lgan jinoyatdan farqli ravishda suiqasdda jinoyatning 
obyektiv tomoni jinoyat sodir etayotgan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan 
holatlarga ko‘ra o‘zining to‘liq belgilariga ega bo‘lmaydi. Bu belgi asosan 
obyektiv tomondan jinoiy oqibatning yo‘qligida ifodalanadi. Masalan, 
shaxs o‘q otish quroli yordamida odam o‘ldirish jinoyatini sodir etmoqchi 
bo‘ladi, ammo qurolning otmaganligi sababli shaxs o‘lmay qoladi. Bu 
o‘rinda jinoyat subyektiv jihatdan tugallangan, lekin uni faktik jihatdan 
tugallanmaganligi uni tamom bo‘lgan jinoyatdan farqlash imkonini beradi. 
Tamom bo‘lgan jinoyatni suiqasddan farqlashda, aybdorning jinoiy 
harakati boshlanishidan to jinoiy oqibat yuz bergunga qadar qancha vaqt 


207
o‘tganligi ahamiyatga egadir. Agar jinoiy oqibat muayyan vaqt o‘tgandan 
so‘ng yuz bersa (masalan, jabrlanuvchini o‘ldirish maqsadida unga suiqasd 
qilib og‘ir tan jarohati yetkazsa va jabrlanuvchi bir necha kundan so‘ng 
vafot etsa), qilmish tamom bo‘lgan jinoyat deb baholanadi. Qonunga ko‘ra 
oqibat ayblanuvchining qasddan qilgan harakati tufayli yuz berganida, 
oradan qancha vaqt o‘tishidan qat’i nazar, jinoyat tamom bo‘lgan deb 
hisoblanadi.
Moddiy tarkibli jinoyatlarda suiqasd jinoyat obyektiv tomonining 
zaruriy belgisi bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatning yuz bermasligida 
ifodalanadi. Og‘ir tan jarohati yetkazish maqsadida aybdor lezviya bilan 
jabrlanuvchiga tajovuz qiladi, ammo lezviya jabrlanuvchi kamarining 
temir qismiga tegadi va natijada og‘ir tan jarohati yetkazilmaydi va jinoiy 
oqibat kelib chiqmaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, suiqasd deb topish 
uchun har doim ham obyektga zarar yetkazilishi talab etilmaydi. Qator 
hollarda jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga 
zarar yetkaziladi. Masalan, katta summadagi pulni o‘g‘irlash maqsadida 
aybdor seyfni ochadi, ammo u yerda oz miqdordagi pul summasi bo‘ladi. 
Bunday hollarda qilmish tamom bo‘lgan jinoyat emas, balki ko‘p 
miqdordagi pulni o‘g‘irlashga suiqasd, deb kvalifikatsiya qilinadi.
Formal tarkibli jinoyatlarda suiqasd jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi 
barcha harakatlarning to‘liq bajarilmasligida ifodalanadi (masalan, pora 
beruvchi mansabdor shaxsning qarshiligiga qaramasdan, pora predmetini 
uning stoli ustida qoldiradi).
Suiqasd jinoyat tarkibining zaruriy belgisi jinoiy oqibat ro‘y 
bermaganida ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Shu o‘rinda suiqasdning jinoyat sodir etishning boshqa 
bosqichlaridan farqlovchi quyidagi belgilarini ko‘rish mumkin. Suiqasd 
sub’yektga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra jinoiy oqibat yuz bermagan 
holdagina ahamiyatga ega bo‘ladi. Sub’yekt jinoyat sodir etish uchun 
o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni bajaradi, ammo istalgan oqibat 
yuz bermaydi.
Suiqasdning obyektiv tomonini ifodalovchi uchinchi belgi 
jinoyatning shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda tugallanmay qolishidir. Bu 
belgi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga ham xosdir. Bu holatlar turlicha 
bo‘lishi mumkin (masalan, kalitning yaroqsizligi tufayli eshikning 
ochilmasligi). Jinoyatning tamom bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan turli 
holatlarga: ularning har biri jinoyatchining xohishiga bog‘liq bo‘lmagan 
holatlarga ko‘ra vujudga kelishi xosdir. Aynan shu belgi suiqasdning 


208
yuqorida ko‘rsatilgan obyektiv belgilarini birlashtirib, uni jinoyat sodir 
etishdan ixtiyoriy qaytishdan farqlash imkonini beradi.
Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda shaxsda jinoyatni oxiriga 
yetkazish uchun barcha shart-sharoit mavjud bo‘ladi. Masalan, aybdor 
o‘g‘rilik jinoyatini sodir etish maqsadida avtomobil topa olmaganligi 
haqida xabar bergach, sherigi jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. Agar 
aybdor o‘zi xohishi bilan jinoiy faoliyatini to‘xtatsa, bunda jinoyatni sodir 
etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Subyektiv tomondan, suiqasd faqat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi kabi suiqasd ham jinoyatni amalga 
oshirishda qasdning amalga oshirishga qaratilgan bosqichi hisoblanadi. 
Aybdor jinoyat sodir etayotganida uni oxiriga yetkazishga harakat qiladi. 
U o‘z harakati bilan aniq bir jinoyatni sodir etayotganini, jinoyat obyektiv 
tomonining bir qismini bajarayotganini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibat yuz 
berishini biladi (moddiy tarkibli jinoyatlarda) va jinoyatni oxiriga 
yetkazishni istaydi. Suiqasdda shaxsning harakati jinoiy maqsadni amalga 
oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Masalan, nomusga tegish jinoyatida 
zo‘rlik ishlatish jinoiy maqsadga erishish vositasi bo‘ladi, agar zo‘rlik shu 
maqsadda ishlatilmasa, bu jinoyat sodir etishga suiqasd deb baholanmaydi.
Agar shaxs biror aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilsa-yu, uning 
harakati natijasida boshqa oqibat kelib chiqsa, shaxsning maqsadi qanday 
oqibatga erishishga qaratilgan bo‘lsa, u o‘sha jinoyatga suiqasd qilishda 
ayblanadi. Masalan, shaxs jabrlanuvchining sog‘lig’iga og‘ir shikast 
yetkazish maqsadida uni ursa, lekin buning natijasida unga o‘rtacha og‘ir 
shikast yetkazilsa, bu og‘ir shikast yetkazishga suiqasd deb topiladi.
Jinoyat kodeksida suiqasdning turlari ko‘rsatilmagan. Jinoyat huquqi 
nazariyasida suiqasd tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan suiqasdga 
ajratilgan. Bundan tashqari, yaroqsiz obyektga tajovuz deb nomlanuvchi 
suiqasdning turi ham mavjud. Ammo sud praktikasida suiqasdning bu turi 
ahamiyatga ega bo‘lsa-da, unga e’tibor berilmaydi.
Mutaxassislar o‘rtasida suiqasdni turlarga bo‘lish mezoni masalasida 
yagona fikr yo‘q. Ularning ba’zilari subyektiv
1

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling