210
bermaydi. Tamom bo‘lgan suiqasdning o‘ziga
xos xususiyati shundaki,
jinoyatchi o‘zi tomonidan jinoyatni oxiriga yetkazish uchun hech qanday
qo‘shimcha harakat yoki kuch talab etilmasligiga ishonch xosil qiladi.
Bunda aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra jinoiy oqibat ro‘y
bermaydi. Qasddan odam o‘ldirish maqsadida, aybdor jabrlanuvchiga o‘q
uzadi, lekin o‘q tegmaydi yoki
unga tan jarohati yetkazadi; xuddi shu
maqsadda qo‘shnisini zaharladi, ammo shifokorlarning sa’y-harakati
bilan
jabrlanuvchining hayoti saqlanib qoladi. Suiqasdning tamom bo‘lgan va
tamom bo‘lmagan turlarga bo‘linishi qonunni qo‘llashda katta ahamiyatga
ega. Chunki:
birinchidan, tamom bo‘lgan suiqasdning ijtimoiy xavfliligi tamom
bo‘lmagan
suiqasdga nisbatan yuqori;
ikkinchidan, suiqasdning ikki turga bo‘linishi jinoyatni oxiriga
yetkazish masalasini hal qilishda muhim ahamiyatga ega;
uchinchidan, jazo tayinlashda e’tibor
beriladi;
to‘rinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish masalasini
aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Jinoyat huquqida ba’zi bir nazariyotchilar suiqasdning uchinchi turi -
yaroqsiz
suiqasd ham mavjud, deb hisoblaydilar. Bu o‘z navbatida
Do'stlaringiz bilan baham: