Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
, deb javobgarlikdan ozod qilishning shartlari Boshlangan jinoyatni oxiriga yetkazmaslik Jinoyatni oxiriga yetkazish mumkinligini anglash Qilmishda o’sha jinoyat tarkibining yo’qligi Jinoyatni o’z ixtiyori bilan to’xtatilganligi Ixtiyoriy qaytishning qat’i bo’lganligi 212 subektiv belgilari, javobgarlikning huquqiy asosi shuningdek,, shaxsning ijtimoiy xavfliligi yo‘qoladi» 1 . N.F Kuznetsovaning fikriga ko‘ra shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmaslikning asosi, jinoyat tarkibining yo‘qligi hisoblanadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytgan shaxsning harakatida uning xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish, shuningdek,, tamom bo‘lgan jinoyatning belgilari mavjud bo‘lmaydi 2 . Jinoyat kodeksining ikkinchi bo‘lim, oltinchi bobi (tamom bo‘lmagan jinoyatlar)ga jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish haqidagi modda kiritilgan. V.F Karautsev qonundagi bunday holatni baholab, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish instituti amaliy jihatdan tamom bo‘lmagan jinoyatlarni baholashda katta ahamiyatga ega, deydi 3 . Ixtiyoriy qaytishning asosiy huquqiy o‘ziga xos tomoni jinoiy oqibat va javobgarlikning vujudga kelmasligidir. Masalan, shaxs odam o‘ldirish jinoyatini sodir etish maqsadida o‘q otish qurolini tayyorlaydi, biroq odam o‘ldirish jinoyatini sodir etishdan o‘z xohishiga ko‘ra ixtiyoriy qaytadi va jinoyat qurolini yo‘qotadi. Bunda shaxs odam o‘ldirish yoki g‘ayriqonuniy ravishda qurol tayyorlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning xohishi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazmaydi va shuning uchun ham u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksi 26-moddasi 2-qismida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun javobgarlik belgilanmasligi ko‘rsatilgan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytilgan deb topish uchun: 1) shaxsda jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligi; 2) jinoiy oqibat yuz berishini anglagan holda uning oldi olingan bo‘lishi kerak. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ikkita o‘ziga xos belgiga ega: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling