Microsoft Word Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir word
Yordamchi sO‘zlarning vazifalariga kO‘ra turlari
Download 223.51 Kb.
|
Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1 (2)
Yordamchi sO‘zlarning vazifalariga kO‘ra turlario‘zbek tilida vazifasiga ko‘ra, yordamchi so‘zlar 3 turga bo‘linadi: bogʼlovchi; yuklama; ko‘makchi. Bogʼlovchi (grammatikada) — yordamchi so‘z. Gap va ran bo‘laklarini birbiriga bogʼlaydi. Bogʼlovchi ishlatilishiga ko‘ra, yakka Bogʼlovchilar («va», «ammo», «lekin», «agar», «chunki», «uchun» va b.), takrorlanuvchi Bogʼlovchilar («baʼzi», «bir», «goh», «yo» va b.) ga bo‘linadi. Bogʼlovchi grammatik maʼno va vazifasiga ko‘ra, teng Bogʼlovchi va ergashtiruvchi Bogʼlovchi larga ajratiladi. Teng Bogʼlovchilar «va», «hamda» — biriktiruv Bogʼlovchi larga («bahor keldi va daraxtlar uygʼondi»); «ammo», «lekin», «birok», «balki» — zidlovchi Bogʼlovchi larga («u ishga bordi, biroq ishlamadi»); «yo», «yoki», «yoxud», «goh… goh», «dam… dam» — ayiruvchi Bogʼlovchi larga («dam havo ochiladi, dam yomgʼir yogʼadi»); «na… na» — inkor B. larga («na yomgʼir yogʼadi, na havo ochiladi») bo‘linadi. Biriktiruvchi Bogʼlovchining vazifasini «bilan» ko‘makchisi, «ham», «da», «u» («yu») yuklamalari ham bajarishi mumkin. «U» («yu») yuklamasi zidlovchi Bogʼlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi Bogʼlovchi ko‘pincha bosh gapga qo‘shilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʼlab keladi. Ular — «ki(m)» — aniqlov B. («deydilarkim, oyda ham dogʼ bor»); «chunki», «shuning uchun», «negaki», «toki» — sabab va maqsad B. («keldi, shuning uchun quvondim»); «go‘yo», «go‘yoki» — chogʼishtiruv B. («u tik agʼanadi, go‘yo ostidan kesilganday bo‘ldi»); «agar», «basharti», «garchi» — shart va to‘siqsizlik B. («agar kelsa, gaplashaman»)larga farqlanadi. Yuklаmа yordamchi so‘zlarning bir turi; ayrim gap bo‘lagiga yoki gapga qo‘shimcha maʼno berish uchun qo‘llanadi.Yuklama tuzilishigako‘ra 2 xilbo‘ladi: Yu. qo‘shimcha (qo‘shimcha holiga kelib qolganYuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklamaso‘z (ayrimso‘zholidagiYuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. o‘zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so‘zlarga qo‘shilganda anglatadigan maʼnolariga ko‘ra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: so‘roq va taajjub Yuklamalari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni so‘roq gapga aylantiradi: Bu kitobni o‘qidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, so‘z maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini qo‘shish uchun ishlatiladi. Mas: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim bo‘lmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turliso‘zlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Mas: U faqat o‘sha voqea haqida so‘zlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) o‘zi aloqador bo‘lgan gap bo‘lagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mas: o‘gʼli otasining xuddi o‘zi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Koʻmakchi — yordamchi soʻzlarning bir turi. Gapda ot yoki otlashgan soʻzlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Koʻmakchi aslida mustaqil soʻzlardan hosil boʻlgan. Shunga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: 1) sof (asl) Koʻmakchi; 2) funksional Koʻmakchi (koʻmakchi vazifasida qoʻllanuvchi soʻzlar). Sof koʻmakchi mustaqil lugʻaviy maʼnolarini batamom yoʻqotgan yordamchi soʻz boʻlib, boshqa soʻzlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglata-di: sayin, orqali, tufayli, yangligʻ, bilan va b. Funksional Koʻmakchi mustaqil maʼnoli soʻzlar boʻlib, maʼlum urinlardagiva koʻmakchi sifatida qoʻllanadi. Funksional Koʻmakchining morfologik shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlari: 1) ot Koʻmakchi (tomon, yon, oʻrta va b.); 2) s i fat Koʻmakchi (boshqa, qarshi, tashqari va b.); 3) feʼl Koʻmakchi (koʻra, qarab, buylab va b.); 4) ravish Koʻmakchi (burun, avval, ilgari va b.). Ko‘makchi yordamchi so‘zning bir ko‘rinishi sifatida. Turkiy tillarda (jumladan, o‘zbek tilida ham) ko‘makchi ko‘pdan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo‘lib kelmoqda. O‘zbek tilidagi ko‘makchiga birinchi bo‘lib mukammal ta’rifni A.N.Kononov bergan: “Ko‘makchilar shunday bir gruppa so‘zlarki, ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo‘nalish, o‘xshatish kabi munosabatning yaratilishida xizmat qiladi”. SH.Shoabdurahmonov ham o‘zining “Yordamchi so‘zlar” asarida ko‘makchiga shunday ta’rif bergan: “Ko‘makchi obyektning obyektga yoki obyektning predikatga bo‘lgan turli grammatik munosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zdir”. Darhaqiqat, ko‘makchi mustaqil so‘z orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma’nocini aniqlashtirish, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko‘makchi bog‘lovchi va yuklamadan farq qiladi. Ko‘makchi ma’no va vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchasiga yaqin turadi. SHuning uchun ba’zan kelishik shaklidan anglashilgan ma’no ko‘makchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim – mashina bilan keldim. Ukamga oldim – ukam uchun oldim kabi).Lekin ular kelishik affiksiga qaraganda ma’noni aniq, konkret ifodalaydi. Ko‘makchining shakliy xususiyatiga ko‘ra turlari. Ko‘makchi shakli va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: a) sof ko‘makchi; b) yarim ko‘makchi; d) qo‘shimchasimon ko‘makchi. Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan [uchun], [bilan], [sari], [qadar], [kabi], [singari], [sayin], [orqali] so‘zi Download 223.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling