Microsoft Word Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir word


باء تاء كاف لام واو منذ مذ خلا رب حاشا فى عدا من عن على حتى إلى


Download 223.51 Kb.
bet19/22
Sana07.03.2023
Hajmi223.51 Kb.
#1244480
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1 (2)

باء تاء كاف لام واو منذ مذ خلا رب حاشا فى عدا من عن على حتى إلى


Masalan:

سبحان الذى أسرى بعبده ليلا من المسجد الحرام الى المسجد الاقصى


  1. Muzoreʼ feʼllarini nasb qiluvchi harflar. Ular to‘rttadir:

ا ْن ولن إذن كى
اسلمت كى أدخل الجنة

  1. Feʼllarni jazm qiluvchi harflar. Baʼzilari ism ham deb yuritiladi.

لم لما لام الامر لاء الناهية إن إذما من ما مهما متى أيان أين أنى حيثما
كيفما أى
Masalan:

ليلزم كل انسان حده




II - BOB. OZBEK TILIDAGI YORDAMCHI SO‘ZLAR


    1. O‘zbek tilidagi yordamchi sO‘zlar haqida

Yordаmchi so‘zlаr — mustaqil gap bo‘lagi vazifasida kela olmaydigan, yordamchi maʼno va funktsiyada qo‘llanadigan so‘zlar. Bular gapda mustaqil bo‘lak bo‘lib keluvchi so‘zlarni bogʼlaydi yoki ularga grammatik (sintaktik) tavsif beradi. o‘zbek tilida vazifasiga ko‘ra, Yordamchi so‘zlar s 3 turga bo‘linadi: ko‘makchi; bogʼlovchi; yuklama.


So‘z turkumlаri — tildagi so‘zlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning, grammatik kategoriyalar yagona tizimining, o‘ziga xos so‘z o‘zgarish, shakl va so‘z yasalish tiplarining, sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda «so‘zlarning leksikgrammatik kategoriyalari» deb ham ataladi). Demak, so‘zlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining o‘xshashligi hisobga olinadi. Аvvalo 2 asosiy guruhga bo‘linadi: mustaqil So‘z turkumlari va mustaqil bo‘lmagan So‘z turkumlari Birinchi guruhga o‘zbek tilida mustaqil so‘zlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi so‘zlar, undovlar, tatslid so‘zlar va modal so‘zlar kiradi. Mustaqil so‘zlar lugʼaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil bo‘lagi vazifasida kela oladigan so‘zlardir.
So‘zlar jumlada egallagan pozitsiyalariga ko‘ra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan so‘zlar bir So‘z turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʼindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyanga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi. Mas, o‘zbek tilida, boshqa bir qancha tillarda bo‘lganidek, ot va feʼl turkumidagi so‘zlar o‘rni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.
Har bir so‘z turkumi o‘ziga xos grammatik kategoriyalar to‘plami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va b.) har bir So‘z turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.
Hozirgi maktab grammatikalaridagi tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 4-asrda Аristotelьni 7 ga, Miloddan avvalgi 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga bo‘lganlar. Keyinroq, Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Аpolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (ot, ism, feʼl, ravish, sifatdosh, artiklь, olmosh, kumakchi, bogʼlovchi) bo‘lganlar. Bunda ismlar o‘z navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. So‘z turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir ko‘rsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni «ism» termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular ko‘pincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda Suz turkumlari soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Masalan Suz turkumlari soni hoz. rus tilida ko‘pincha 10 ta deb, o‘zbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (ko‘makchi, bogʼlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid so‘zlar, modal suzlar) Suz turkumlaridir. Suz turkumlari sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.



    1. Download 223.51 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling