Microsoft Word Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir word
Download 223.51 Kb.
|
Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1 (2)
sof ko‘makchi, ular tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi. Sof ko‘makchi boshqa so‘zga birikkan holda turli munosabatni anglatadi. Jumladan, [bilan] ko‘makchisi o‘zbek tilida asosan ko‘makchi, ba’zan bog‘lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko‘makchi turi yordamchi so‘zdan birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan ko‘makchi-bog‘lovchi atamasi ostida ham o‘rganilmoqda. [Bilan] yordamchisining etimologiyasi haqida prof.A.N.Kononov V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrini e’tiborga olib, uning [birlan] so‘zidan kelib chiqqanini aytgan. [Bilan] yordamchisining [birla], [birlan], [bila], [ila], [-la] shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko‘ra ko‘proq poeziyada uchraydi. CHunonchi, Baxt ila to‘lib-toshgan go‘zal oy deraza tagida o‘sgan daraxt barglarida mudrab yotadi. Bu ko‘makchi quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1) biror harakatning bajarilishida shaxs yoki predmetlarning birgaligini: Ko‘pchilik bilan odam o‘zini kuchli sezadi; 2) harakatni bajarishda vosita ma’nosini: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi ; 3) payt ma’nosini: Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan o‘qituvchi sinfga kirdi; 4) sabab ma’nosini: Ular: ”Gulnor o‘z ajali bilan o‘ldi… ”, -deyishdi.; 5) harakatning bajarilishidagi holatni: Onamning mehr bilan boqib turgan ko‘zlarini bir umr unuta olmasam kerak. [Bilan] ko‘makchisi – keng tarqalgan yordamchi so‘z. Uning bog‘lovchilik, ko‘makchilik tabiati olimlarimiz orasida tortishuv bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shu boisdan “… va, bilan, hamda, shuningdek so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida teng bog‘lovchining biriktiruv bog‘lovchi turiga kiradi” degan fikr ham ilgari surilgan. Ammo bu o‘rinda shuni qayd etish kerakki, bog‘lovchi vazifasidagi [bilan] ning [va], [ham] biriktiruv bog‘lovchicidan farqlanadigan o‘ziga xos xususiyati bor: - «birgalik» ma’nosi [bilan] yordamchisi uchun xos: Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib o‘yin qildi. Ushbu misoldagi [bilan] o‘rnida [va] ni qo‘llasak, yuqoridagi ma’no kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohida–alohida o‘ynagani ma’nosi ifodalanadi. [va], [ham] bog‘lovchilari uyushib kelgan fe’l kesimni bog‘laydi, ammo [bilan] da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va o‘qiydi. Lola ishlaydi ham o‘qiydi. Ammo Lola ishlaydi bilan o‘qiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. [Bilan] ning grammatik vazifasi – bog‘lovchi va ko‘makchi vazifasida kela olishi; shunga ko‘ra, [bilan] boshqa ko‘makchidan farqlanadi. Shuning uchun [bilan] ko‘makchisini ko‘makchi–bog‘lovchi termini bilan ataganimizda, uning barcha xususiyati qamrab olinadi. Bu ko‘makchi turi gapda vosita ma’nosini bildirganda to‘ldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildirganda hol vazifasida keladi. XULOSA Sharq falsafasining teran o‘rganish va shu asosida ulugʼ madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, yaqin o‘tmishimizdan qolgan mafkuradan xalos bo‘lish, o‘zimizning asrlar sinovidan o‘tgan ulugʼ ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uning zamonaviy, umumbashariy ruh bilan boyitish hammamizning dolzarb vazifamizdir. Fan barcha Sharq madaniyatiga balki jahon madaniyati rivojiga ham ijobiy taʼsir yetkazganligini taʼkidlab o‘tmoqchiman. Shu o‘rinda arab tili grammatikasini o‘rganish har bir inson uchun ilm olishda o‘zga yangi bir yo‘l ochish, bilimlar kalitini qo‘lga kiritish kabidir. Garchi Xitoydan texnika, elektronika sharoitida oliy darajada yuksalgan hozirgi bir necha chet tilini bilmasdan turib na ilmiy-texnikaviy, na maʼrifiy madaniy sohada yuksak yutuqlarga erishib bo‘lmaydi. Dunyoda shunday tillar mavjud ekanki ularni o‘rganish natijasida yutuqlarga erishish, balki inson qalbini, ruhiyatini poklash, “ko‘ngil” deb atalgan sanoatning nozik torlarini chertish, dunyo oxirat haqida o‘ylash hissini uygʼotish kuchiga amin bo‘larkansan kishi. Bunday tillar sirasiga avvalo ona tilimiz, milliy gʼururimiz, davlat tilimiz birinchi o‘rinda tursa, arab tili esa o‘zining jozibasi, maftunkorligi bilan ajralib turadi. Madaniy-maʼrifiy sohada yutuqqa erishishda arab tilini o‘rganish zarurdir. Zero, Sharq madaniyati taraqqiyot bosqichida arab tili hamda grafikasining taʼsirini adibu allomalarimiz isnodiga IX asrda yashab ijod etgan mashhur Sharq allomasi Ibn Sino 145 dan ortiq asar yozgan bo‘lsa, ilmiy asarlarning asosiy qismi arab tilida yozilgan. Bunday misollarni yuzlab keltirish mumkin. Qurʼon tilovat qilish bilan birga oyati karimalardagi ilm olishga bo‘lgan targʼib yoki hadisi shariflarning insonparvar mohiyati o‘zga yurtlarga targʼib-tashviqotlar qilishi butun arab tili va shu bilan bo‘lsada, ilm talab qilinglar”-degan so‘zlari dalil bo‘ladi. Xususan shu oliytalimmuassasasi talabalari o‘zlarimizning barcha vaqtlarimizni gʼanimat bilib, ilm o‘rganishligimiz har birimiz uchun lozimdir. Men bu yozgan kurs ishimdan mamnun bo‘ldimki, bu ish menga 2 yil davomida o‘qigan ilmlarimni yanada takrorlashimga va yordamchi suzlar va uning nozik qirralari to‘gʼrisida yangi maʼlumotlarni olishimga yordam berdi. Men o‘z o‘rnida meni o‘qitgan barcha ustozlarimga rahmat aytib ularni kelgusidagi ishlariga omad tilab qolaman. Download 223.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling