Microsoft Word Лаборатория Нефть ва газ копия docx


Download 2.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/33
Sana10.11.2023
Hajmi2.76 Mb.
#1761608
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

7-LABORATORIYA ISHI. 
METALL QUYMALARDA UCHRAYDIGAN NUQSONLAR, 
ULARNING HOSIL BO’LISH SABABLARI VA OLDINI OLISH 
TADBIRLARI 
 
Ishdan maqsad. Metall quymalarning sifatiga putur yetkazuvchi 
nuqsonlar (gaz va shlak g‘ovakliklari, darzlar, shakl va o‘lcham 
o‘zgarishlari, kirishuv bo‘shliqlari, qolip va sterjen materiallarining 
kuyib, quyma sirtiga yopishib qolishi va boshqalar) ning hosil bo‘lish 
sabablarini aniqlash va oldini olish tadbirlarini belgilash. 
Umumiy ma’lumot. Quymalarni ishlab chiqarish jarayonida yo‘l 
qo‘yilgan kamchiliklar (masalan, quyma devorlari qalinliklari turli 
o‘lchamli bo‘lishi, qolip va sterjen materiallari tarkibini to‘g‘ri 
belgilamaslik va xossalarining pastligi, metalning qolipga bir me’yorda 
kirmasligi, tekis sovimasligi va boshqalar) oqibatda turli nuqsonlar 
uchraydi. 9-jadvalda quymalarda ko‘proq uchraydigan nuqsonlar, 
ularning hosil bo‘lish sabablari va oldini olish tadbirlari haqida 
ma’lumotlar keltirilgan. 
Yuqorida qayd etilgan nuqsonlardan tashqari quyma sirtining 
shikastlanishi, o‘simtalar, sirt yuzaning qattiqligining karbidlar hisobiga 
haddan tashqari ortishi, kimyoviy tarkibining texnik talablarga javob 
bermasligi va boshqalar ham uchraydi. 
Quymalarni texnik talablarga javob berish darajasiga ko‘ra tiklab 
bo‘lmaydigan va tiklab bo‘ladigan xillarga ajratiladi. Tiklab bo‘lmaydigan 
nuqsonlar yirik nuqsonlar bo‘lib, ularni mutlaqo tiklab bo‘lmaydi yoki 
tiklash iqtisodiy jihatdan foydasizdir. Bu xil nuqsonlari bor quymalar 
yaroqsiz bo‘lgani uchun qayta eritishga yuboriladi. Tiklash mumkin bo‘lgan 
nuqsonlar ancha kichik bo‘lib, ular tiklanganlarida normal ishlashlariga 
putur yetkazmaydi. Ma’lumki, quymalarda uchraydigan nuqsonlarni 
aniqlashda qator usullar (ko‘z, lupa, andazalar, o‘lchov asboblar yordamida, 
magnitli nuqson izlagichlar yoki rentgen nurlari, ultratovush va boshqalar) 
bo‘lib, ularning qaysi biridan foydalanish quyma materialga, massasiga, 
shakliga, nuqsonlar tabiati, quymalarga qo‘yilgan talablarga bog‘liq. 
Nuqsonlar aniqlangach, texnik nazorat vakillari ularning hosil bo‘lish 
sabablarini bilish uchun quymalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan 
modellar, 
sterjen 
yashiklari 
va 
bo‘lak 
moslamalarni, 
barcha 
operatsiyalarning qay tarzda bajarilishini ko‘rmog‘i lozim. Keyin esa usta 
va texnologlar bilan zaruriy tadbirlar ko‘riladi. 


38 

Download 2.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling