Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

Elyuviy yotqiziqlar - nurash mahsulotlarining nurash qobig‘ida o‘z o‘rnida to‘planishidan
hosil bo‘lgan yotqiziqlar hisoblanadi. Asosan bu yotqiziqlar tog‘ o‘lkalarida baland katta 
tekisliklarda turli qalinliklarda uchraydi. Kimyoviy va minyeralogik tarkibi deyarlik 
o‘zgarmaydi.
Delyuviy yotqiziqlar - nurash mahsulotining yomg‘ir va yerigan qor suvlari harakati 
ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlarida to‘planishidan hosil bo‘ladi. Delyuviy jinslar ancha 
saralanganligi va yassi qatlamli bo‘lib odatda yon bag‘irlarga parallel yo‘nalishda joylagan 
bo‘ladi. Mexanik tarkibi har xil bo‘ladi. Qum, qumoq, qumloq va soz tarkibli bo‘ladi.


12
Prolyuvial yotkiziqlar – tog‘ etaklari va adirlarda sel suvlari to‘plangan turli o‘lchamli 
tosh, shag‘al, qum kabi har xil mexanik tarkib aralashmasidan tashkil topgan. Bu yotqiziq 
asosan sel suvlari ta’sirida bo‘lsa buni sel yotqiziqlari ham deyiladi. Masalan: Farg‘onadagi 
toshloqlar prolyuvial yotqiziqlardir. Ko‘pincha bu ona jinslar taqir tuproqlarning ona jinsi 
hisoblanadi.
Allyuvial yotqiziqlar – oqar daryo suvlari oqizib keltirilgan va saralangan turli 
qalinlikdagi qatlamli yotqiziqlardan iborat bo‘lib, daryo vodiylarida keng tarqalgan. Bu 
yotqiziqlar toshqinlar vaqtida hosil bo‘lgan har hil qalinlikdagi gorizontal o‘ziga xos 
gidrogeologik sharoitga va kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan daryo sohili, vodiylar va deltalarda 
tarqalgan unumdor tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi. (Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, 
Surxondaryo, Zarafshon, CHirchiq, Ohangaron)
Dengiz yotqiziqlari - dengiz tagida va qirg‘oqlarida uchraydigan 
turli 
o‘lchamdagi
mexanik tarkib to‘plam qoldiqlaridan iborat. Dengiz qirg‘oqlarida asosan mayda shag‘al, yirik 
qum va qum kabi yirik mexanikaviy elementlar yig‘ilgan bo‘lib, qirg‘oqdan uzoqlashgan 
sayin fizikaviy loy va loyqalarga o‘xshash mayda zarrachalar to‘planadi. Bu yotqiziqlar 
tarkibida ko‘p miqdorda kimyoviy birikmalar, jumladan xlorid va sulfatlardan iborat suvda tez 
yeruvchan tuzlar ko‘p, ular ma’lum darajada sho‘rlangandir. Bu yotqiziqlar odatda qatlamli 
bo‘lishi, yaxshi sajaralanganligiva o‘zida tuzlarni ko‘p saqlashi bilan boshqa yotqiziqlardan 
ajralib turadi. Dengiz yotqiziqlarinig yer yuzasiga chiqib qolishi natijasida sho‘rlangan 
tuproqlar vujudga keladi.
Orol va Kaspiy dengizi qirg‘oqlariga yaqin bo‘lgan past tekisliklargacha tarqalgan u 
yotqiziqlarda sho‘rlangan tuproqlar paydo bo‘ladi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling