Tuproq gorizontlari . Tuproq hosil bo‘lishida vujudga kelgan bir xil, odatda yer
yuzasiga parallel rivojlangan tuproq profilini tashkil qiluvchi va bir-biri bilan morfologik
belgilari bilan ajralib turadigan tuproq qatlamlariga tuproq gorizontlari deyiladi. Bu
tuproqning paydo bo‘lish jarayonida vujudga keladi. XIX asr boshlarida Rossiyada
Dokuchaevni nomenklaturasi bo‘yicha asosan 3 ta:
A – chirindili; V - o‘tuvchi; S - ona jins gorizontlariga ajratiladi.
Keyinchalik Glinka, Zaxarov boshqacha xarflar bilan genetik qatlamlarni belgiladi. A –
chirindili akkumulyativ qatlam,
V - o‘tuvchi qatlam;G- gleyli;C- illyuvial;D- ona jins.
D.G. Vilenskiy (1927 yil) genetik qatlamlarni boshqacha nomlashni taklif qildi:
A- akkumulyativ;E- elyuvial;I- illyuvial;G- gleyli;M- ona jins.
Bundan tashqari tuproq gorizontlariga taaluqli bo‘lgan belgilarni kiritdi. Masalan, A
ch
-
chimli, A
cho
-chim osti qatlam, I
c
-illyuvial qatlamni korbonatliligini va hakozolarni ko‘rsatadi.
Keyinchalik A.N. Sokolovskiyni «Tuproqshunoslik» kitobida genetik qatlamlarni yangi
simvollar bilan belgilashni kiritadi:
H- gumus to‘plovchi;E-elyuvial;I-illyuvial;K-korbonatli;G-gipsli;S-tuzli; Gl-gleyli;T-
torfli;P-ona jins. A
0
- o‘rmon qiyi ( lesnaya podstilka );A
x
- haydalma qatlam;A
xo
-haydalma osti
qatlam;A
ch
- chimli qatlam; A
1
- chirindi to‘planadigan qatlam; A
t
- torfli qatlam;
A
t
-torfli gorizont, ortiqcha nam va organik qoldiqlar ko‘p bo‘lib, bular to‘la chirib
ulgurmaydi va qattlanib qoladi. chala chirigan qatlamlar yig‘ilib shu torflarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |