Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/68
Sana23.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1045093
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68
Bog'liq
859c2567a66b9c9a890d4c3b3f287fe5 TUPROQSHUNOSLIK VA O‘SIMLIKSHUNOSLIK ASOSLARI

 
 
 
3- MA’RUZA:
 TUPROQ MORFOLOGIYASI 
 
Reja: 
1. Tuproq profilining tuzilishi. 
2. Tuproq gorizontlari 
3. Tuproq rangi va namligi.
4. Tuproq mexanik tarkibi 
5. Tuproq stukturasi va uning turlari 
6. Tuproq zichligi (qovushmasi) 
7. Tuproqdagi yangi yaralmalar va ularning hosil bo‘lishi 
8. Tuproq qo‘shilmalari 
Tuproqning morfologik belgilari 
Tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida tuproqning ona jinsidan farq qiladigan bir 
qator tarkibiy qismlari, xossalari va belgilari yuzaga keladi va o‘zgarishlar tuproqning 
profilida o‘z aksini topgan bo‘ladi. Tuproq ona jinsdan unumdorligi bilan emas, balki tashqi 
tuzilishi (morfologiyasi) bilan ham farq qiladi.
Tuproq profili - tuproq genetik gorizontlarining vyertikal yo‘nalish bo‘yicha muayyan 
tarzda almashib turishi natijasida yuzaga keladigan tashqi qiyofasidir. Tuproq profilini tashkil 
etuvchi genetik gorizontlar o‘ziga xos tashqi morfologik belgilari bilan ajralib turadi. Ana shu 
belgilar asosida tuproqlarni ona jinslaridan va bir-biridan farqlab ajratish hamda tuproq paydo 
bo‘lish jarayonlarining borishi, uning jadalligi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish mumkin. 
Tuproqning morfologik belgilarini tabiiy sharoitda o‘rganish zarurligini va bunga xos 
yondoshish uslublarini birinchi bo‘lib V.V. Dokuchaev ishlab chiqib, taklif kiritgan. 
Keyinchalik S.A. Zaxarov tomonidan Dokuchaevni uslubini mukammallashtirdi. Tuproq 
qatlamlarining eng muhim morfologik belgilari, tuproqning genetik gorizontlari, qatlamning 
qalinligi, rangi, mexanik tarkibi, strukturasi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qo‘shilmasi 
hisoblanadi. Tuproqning morfologiyasi haqidagi asosiy fikrlar V.V.Dokuchaev tomonidan 
aytilgan bo‘lib, S.A.Zaxarov uni takomillashtirdi. Tuproq profili – tuproq genetik 
gorizontlarining vyertikal yo‘nalishi bo‘yicha muayyan tarzda almashib turishi natijasida 
yuzaga keladigan tashqi qiyofasidir. 
Har qanday tuproq vyertikaliga tuproq paydo bo‘lishi jarayonida vujudga kelgan va bir
biri bilan qonuniyatli almashinadigan genetik gorizontlardan iborat. YUqorida aytilganidek shu 
vyertikal gorizontlarning yig‘indisi tuproq profili deyiladi. Har bir tuproq tipi o‘ziga xos
profilga ega bo‘lishi bilan farqlanadi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida, uning tuproqning 
granulometrik, minyeralogik, kimyoviy tarkiblari, fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlari 
qonuniy ravishda o‘zgarib boradi. 


18
3 rasm. Tuproq kesmasini tashqi ko‘rinishi va qazish usuli 

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling