Microsoft Word Материал резина lotin
Vulkanizatlarning xossalari
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Butadien stirol kauchuk
- Fizik xossalari
Vulkanizatlarning xossalari. SKB asosidagi rezinalar katta bo‘lmagan
mustaxkamlik xossalari bilan boshqa kauchuklardan ajralib turadi. Tarkibida qo‘shbog‘lari kam bo‘lgani uchun, issiqlik qarishiga juda chidamlidir. SKD va SKDL kauchulari esa o‘zlarini elastikligi, sovuqbardoshligi va edirilishga chidimlilik xossalari yaxshiligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa SKD kauchuk edirilishga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatgichi bilan TK, SKI kauchuklarda 1,5-2,0 marotaba yuqoridir. Agar boshqa kauchuklar bilan kirishib tayyorlansa ,uning dinamik chidamliligi juda ortib ketadi. Ko‘llanilishi. Bunday rezinalar shina ishlab chiqarishda, konveyr va klintasmalari, elektr kabellar qoplamasi sifatida ishlatiladi. Sintetik kauchuk SKB – maxsus rezinalar uchun chiqarilgan markalari oziq-ovqat sanoatida, meditsina sohasida qo‘llaniladi. 51 Butadien stirol kauchuk BSK – butadien stirol kauchukgi keng tarqalgan kauchuklar turiga kiradi, bunga sabab ularni homashyolarini topish imkoniyati mavjud. BSK asosiy massasini emulsion sopolimerlanish orqali olinadi. Stirolni miqdoriga qarab turli markalari ishlab chiqariladi. Bunda stirolni miqdori 10,30 va 50 % gacha bo‘ladi. Ushbu kauchuklarni emulsiya usuli bilan olinadi (50 va 5 o С haroratlarda). Polimerlanish pastroq haroratda ketganda kauchukni quyi molekulyar massali fraksiyasi kam bo‘ladi. Agarda jarayon 50 o S ketsa sis tuzilishli kauchuk 14-18%, 5 o С da esa 7-12% ni, trans tuzilishdagi esa 62-65% (50 o С) va 71,8-72% (5 o С) kauchuklar hosil bo‘ladi. Emulsiyani yaxshi turg‘un bo‘lishi uchunnatriy yoki kaliyning yog‘ kislotalari sovunlari, gidrirlangan kanifol va sulfo kislotalarning tuzlari ishlatiladi. Bu turdagi kauchuklar turli harflar bilan markalanadi, ushbu harflar, polimerlanish qaysi haroratda, qanday emulgatorlar qo‘shilganini bildiradi. Agarda kauchuk markasida “D” harfi bo‘lsa, dielektrik xususiyatiga ega bo‘lgan RTB olishda ishlatiladi. Fizik xossalari. Polimerlanish jarayoniga qarab, ularning molekulyar massalari 200 dan 400 ming gacha , zichligi 900-910 kg/m 3 (stirolni miqdori 10% bo‘lganda), shishalanish harorati – 70-74 o С tashkil qiladi. Stirolni miqdori bilan kauchukning zichligi, shishalanish harorati va dielektrik xossalari ortadi. Butadien-stirol kauchuklarining xossalari polimer tarkibidagi bog‘langan stirol miqdoriga qarab farq qiladi. 52 2.2.2-jadval Butadien-stirol kauchuklarning fizikaviy xossalari Kauchuklarning fizikaviy xossalarining ko‘rsatkichlari SKS -10 SKS -30 SKS-50 Zichligikm/m 3 900 - 910 920-930 980-990 Sindirish ko‘rsatkichlari 25 D 1,5820 1,5350 1,5520 Kristalllarni hosil bo‘lish harorati, о С -70 ÷ - 74 -52 ÷ - 56 -13÷-14 Solishtirma issiqlik sig‘imi Dj /(kg K) 1,92 · 10 3 1,88 · 10 3 1,82 · 10 3 Dielektrik o‘tkazuvchanlik 3,0 2,9 2,75 Solishtirma, hajm elektr qarshilik Om m 6· 10 12 7 · 10 12 9 · 10 12 Eruvchanlik parametri 17 17,4 17,5 Polimer tarkibida birikkan stirol miqdorining ko‘payishi bilan zichligi, kristallanish harorati va dielektrik tavsifi ortadi. Butadien-stirol kauchuklari izopren kauchuklar eriydigan erituvchilarda eriydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling