Microsoft Word Материал резина lotin


Tabiiy kauchukning fizik xossalari


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Tabiiy kauchukning fizik xossalari: Tabiiy kauchuk Selsiy bo‘yicha 10
daraja va undan past haroratda uzoq muddat saqlaganda kristallanadi. Selsiy 
bo‘yicha -25 haroratda maksimal kristallanish jarayoni kuzatiladi.
Kristallanish jarayonida kauchuk qatlamlari shaffofligini yo‘qotadi va 
qattik holatga o‘tadi. Tabiiy kauchuk erish harorati Selsiy bo‘yicha 40
o
C darajada 
bo‘ladi. 
Zichligi 
kg/m
3
913 
Shishalanish xarorati 
о

-71±1 
Issiqlik o‘tkazuvchanligi 
Vt/ (m
.
K) 
0,14 
Yonish issiqligi 
MDj/kg 
45,2 


44 
Nisbiy issiqlik sig‘imi 
kDj/ (kg
.
k) 
1,88 
Kauchuk aromatik uglevodorodlarda, xloroformda, tetraxlormetanda eriydi.
Texnologik xossalari: Tabiiy kauchuk plastikligi etarli emas, shuning 
uchun oldindan valslarda mexanik plastikatsiya jarayoni Selsiy bo‘yicha 40-70 
daraja haroratda o‘tkaziladi. Kauchukning quyosh nuri va yuqori haroratlarga 
chidamliligini baholash uchun plastikligini saqlash indeksi taklif qilindi. Bu 
ko‘rsatkich foiz nisbatida aniqlanadi: ya’ni 140 darajada 30 minut qizdirgan 
holatda plastikligi rezina boshlang‘ich plastiklikga nisbatiga teng bo‘ladi. Tabiiy 
kauchuk asosidagi aralashmalari yuqori yopishqoqlik va yuqori mustahkamlikka 
ega bo‘ladi. 
Vulkanizatsiyalanish: Tabiiy kauchuk uchun asosiy Vulkanizatsiyalanish 
agenti oltingugurtdir (3 mass qismgacha). Tiuram, sulfenamid va tiazollar 
Vulkanizatsiyalanish jarayonini tezlashtirgichi sifatida ishlatiladi. Tabiiy kauchuk 
asosida rezina aralashmasining standart tarkibi: 
Tabiiy kauchuk 
100 mass.qismida 
Oltingugurt 
3,0 mass.qismida 
Merkaptobenztiazol 
0,7 mass.qismida 
Rux oksidi 
5,0 mass.qismida 
Stearin kislota 
0,5 mass.qismida 
18 minut davomida aralashtiriladi va ingredientlarni qo‘shish tartibi quyidagicha: 
Kauchuk 

Stearin kislota 
8 min 
Merkaptobenztiazol va rux oksidi 
12 min 
Oltingugurt 
15 min 
Vulkanizatsiyalanish jarayoni Selsiy
bo‘yicha 143 haroratda 20 daqiqa davomida 
olib boriladi. 
Qo‘llanilishi: Tabiiy kauchuk asosida olingan rezina yuqori elastikligi, 
sovuqbardoshligi, yuqori dinamik xossalariga, ishqalanishga chidamliligi bilan 
ajralib turadi. Organik erituvchilarda oson bo‘kadi va eskirish jarayoni tez o‘tadi. 


45 
Tabiiy kauchuk asosida elimlar, ebonitlar, avtomobil shinalari, rezinotexnik, 
xo‘jalik, sport va gubkasimon mahsulotlar ishlab chiqariladi. 
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 
Geveya daraxti, tabiiy kauchuk, tropik plontatsiyalar, kauchuk tuzilishi, xossalari, 
qo‘llanishi 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Kauchuk so‘zining lug‘otiy ma’nosi. 
2. Tabiiy kauchuk uchun asosiy manbalar. 
3. Tabiiy kauchukning kimyoviy xossalari 
4. Tabiiy kauchukning kimyoviy xossalari 
5. Tabiiy kauchukning turlari, olinishi va farqi.
6. Kauchuk turlarining struktura xossalariga ta’siri. 
7. Tabiiy kauchukning qo‘llanish sohalari. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling