Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
38 II. BOB. TABIIY VA SINTETIK KAUCHUKLAR 2.1 Tabiiy kauchuk Tabiiy kauchuk geveya, gvayula, koksagiz, tausagiz va boshqa kauchukli o‘simliklarniig sutsimon shirasidan (lateksidan) olinadigan yuqori molekulyar elastik moddadir. Janubiy Amerikadagi hindlar bu sutsimon shirani kao chou («kao» — daraxt, «chou» — yig‘lash), ya’ni daraxt ko‘z yoshi deb ataganlar. Keyinchalik bu moddaning xossalarini o‘rgangan fransuz olimlari unga kauchuk deb nom berganlar. Kauchukli o‘simliklar asosan ekvator atrofidagi tropik zonalarda, ya’ni Janubiy Amerika, Afrika va Malayya arxipelagida o‘sadi. Kauchuk beradigan asosiy o‘simlik Braziliya geveyasidir. Bo‘yi 45-59, aylanasi 2,5-4,8 m bo‘lgan bu bahaybat, serbarg va chiroyli daraxtning asosiy vatani Janubin Amerika bo‘lib, keyinchalik uning plantatsiyalari Shrilanka (Seylon), Indoneziya, Hindiston va boshqa joylarda ham barpo qilindi. 39 Qator tropik mamlakatlarda kauchuk hozir ham ko‘p miqdorda geveya daraxtidan olinadi. Kauchuk olish uchun daraxtning po‘stlog‘i kesiladi va undan sutsimon shira ajralib chiqa boshlaydi. Lateks kesilgan joyga mahkamlab qo‘yilgan idishga solib olinadi. Sutsimon shira kauchukning suvdagi kolloid eritmasi bo‘lib, tarkibida taxminan 35% gacha kauchuk, 55-60% suv, 1-2% oqsil moddalari, 1,5-2% smola va 0,5-1% mineral tuzlar bo‘ladi. yig‘ib olingan sutsimon shiraga ozroq miqdorda sirka yoki chumoli kislota qo‘shish yo‘li bilan koagulyasiyaga uchratiladi, natijada lateksdagi mayda zarrachalar holidagi kauchuk quyuq massa holida ajralib chiqadi. Eritmadan ajratib olingan xom kauchuk quritiladi va oksidlanish hamda mog‘orlanishdan saqlash uchun dudlanadi. Tabiiy kauchuk molekulyar massasi turlicha (50000 dan 3 milliongacha) bo‘lgan polimer gomologlar aralashmasi bo‘lib, uning asosiy massasini molekulyar massasi bir milliondan kattaroq baholagan fraksiyalar tashkil qiladi. Lateks. Lateks – kauchuksimon o‘simlik sutsimon sok bo‘lib, kauchukni suvli dispersiya bo‘lib,% gacha bo‘ladi. Odatda latekslar sharsimon yoki noksimon formada bo‘lib, globula deb ataladi. Globulalarni o‘lchamlari bir hil bo‘lmaydi (0,5 dan 3 mkm gacha). 1 gr. 40% li lateksda o‘rtacha 0,26 mkm li 5 10 13 ta zarracha bo‘ladi. Lateksni zichligi konsentratsiyasiga bog‘liq: kauchuk faza – 914kg/m 3 , dispersion muhit (serumaniki) – 1020 kg/m 3 . 40 Daraxtdan olingan lateks kuchsiz ishqoriy (pH=7,2) muhitda bo‘lib, ma’lum vaqt davomida barqaror bo‘ladi. So‘ng asta- sekin pH 6,9-6,6 ga tushushi natijasida koagulyasiya boshlanib, serumadan kauchuk fazasi ajraladi. O‘z o‘zidan koagulyasiyani oldini olish maqsadida odatda lateksga 0,5% ammiak qo‘shiladi. Lateksni pH =10 bo‘lganda uni uzoq vaqt davomida saqlash imkoniyati tug‘iladi. Lateks quyidagi tarkibga ega (%): Suv – 52,3-67; kauchuk – 37,3-29,5; shakar – 4,2-1,2; smola – 3,4-1,0; oqsil – 2,7-0,9; qurum – 0,2-0,4. Ammiak bilan stabillangan latekslarni kauchuk olishda yoki matolarni shimdirishda qo‘llaniladi. Ularni tashish oson bo‘lishi uchun konsentrlanadi. Latekslarni konsentrlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: sentrafugalash, bug‘latish, cho‘ktirish, filtrlash va elektrdekontatsiya. Sanoatda sentrafugalash va bug‘latish keng ishlatiladi. Sentrafugalashni qo‘llanilganda aylanish tezligi 18000 ay/min markazdan qochma sentrafugadan foydalaniladi va natijada ikki fazaga ajraladi. 1-chi fraksiyasi 60% qo‘riq mahsulot saqlaydi; 2-chi fraksiya esa 10-15% ni saqlaydi. Lateksni bug‘lanish usuli bilan konsentrlashda qizdirish bilan foydalaniladi. Jarayon tez ketishi uchun vakuum va issiq havodan foydalaniladi. Haydash vaqtida lateksni turg‘unligini oshirish maqsadida KOH, yog‘ kislotalarni sovuni va ammiak qo‘shiladi. Ikkala usulda oxirgi qoldiq mahsulot tarkibi turlicha bo‘ladi. Xalqaro standartlarga ko‘ra tabiiy kauchukni 8 ta tur va 35 ta sortdan iborat. Eng asosiy turi bu Smoked-shits (Ribbed Smoked Sheets) va svetliy krep (Pale Crepe Rubber). Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling