Microsoft Word Материал резина lotin
2.2 Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan sintetik kauchuklar
Download 1,72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik xossalari
- Vulkanizatsiya.
46 2.2 Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan sintetik kauchuklar Umumiy maqsadlarda qo‘llaniladigan kauchuklarga izopren, butadien kauchuk, butadien stirol kauchuk, butadien propilen kauchuklar kiradi. Izopren kauchuk. Izopren sintetik kauchuk bo‘lib, asta sekin sanoat rivojlanishi natijasida 1930 yillardan keyin olishga muvofaqiyat bo‘lingan. Izopren kauchuki tibbiy kauchuk tuzilishiga xos bo‘lib, 25-30% trans holatda bo‘ladi hamda kam tartibli tuzilishga ega. Ularni litiy va Sigler va Natta katalizatorlari ishtirokida sintez qilinadi. Uning zichligi 900-910 kg/sm 3 . Bu esa uni nisbatan qattiqligini ta’minlaydi. U (-25 o С) kristallanadi va tabiiy kauchukka nisbatan sekin ketadi. Ayniqsa cho‘zilish vaqtida sekin kristallanadi. Masalan, tabiiy kauchukda (TK) 200% bo‘lsa, izopren kauchukda (SKI) 600-800% ni tashkil qiladi. SKI kauchuki tabiiy kauchukka o‘xshab erituvchilarda eriydi. Texnologik xossalari. Muni bo‘yicha qovushqoqligi 1 guruh 71-85, 2 guruh 50-60 shartli o‘lchamni tashkil qiladi. Qayta ishlash vaqtida ular plastikatsiya jarayoniga uchratmasa ham bo‘ladi, ammo qayta ishlash vaqtida bu turdagi kauchuk destruksiya jarayoniga moyil bo‘lgani uchun vals yoki aralashtirgichdagi 47 haroratni rostlab turishi kerak. Uning asosiy kamchiligi molekulyar massasini turli tumanligi va koageziya kuchlanishi nisbatan kamligidadir.Ushbu kauchukdan retseptura tayyorlanganda retsepturaga plastifikator, to‘ldirgich va qarishini oldini oluvchi (proivostoritel) qo‘shish kerak bo‘ladi. Tabiiy kauchuklarda cho‘zilishdagi mustahkamligi 1,5-2,0 MPa bo‘lsa, SKI da esa 02,-0,4 MPa ni tashkil qiladi. Ular asosida shakllanmaydigan RTB olinganda yopishqoqligi, buyumda kerakli karkasni ta’minlanmasligi, tashish vaqtidagi oquvchanligi yuqoriligi kabi kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Koageziyasini yaxshilash maqsadida retsepturada oz miqdorda yuqori zichlikli polietilen qo‘shiladi. Vulkanizatsiya. SKI kauchuklar asosidagi aralashmalar oltingugurt va organik tezlashtirgichlar yordamida vulkanlanadi. Retsepturada olingugurt miqdori 1,5-2,5 mass.q va tezlashtirgich miqdori 0,7-1,2 mass.q qo‘shish tavsiya etiladi. SKI asosidagi rezina aralashma vulkanlanilganda TK nisbatan uzilishdagi qarshilik va yuqori haroratga chidamligi pastroq bo‘ladi. Odatda standart retsepturada oltingugurt miqdori juda oz bo‘ladi, mass.q: Kauchuk – 100 Oltingugurt – 1,0 Dibenztiazoldisulfid – 0,6 Difenilguanidin – 3,0 Sink oksidi – 5,0 Stearin kislota – 2,0 SKI asosidagi hosil bo‘lgan vulkanizatlar quyidagi ko‘rsatgichlargaega bo‘ladi: Cho‘zilishdagi mustahkamlik, MPa – 28 (22 o С) va 18 (100 o С) Nisbiy cho‘zilish, % kammas – 700 Ular 133-151 o C vulkanlanish olib boriladi va uning platosi tor diapozonda bo‘ladi. Download 1,72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling