Microsoft Word Материал резина lotin


Fizik-mexanik xossalarini yaxshilash uchun


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Fizik-mexanik xossalarini yaxshilash uchun
ishqalanishga 
chidamliligini, qattiqligini, mustahkamligini va boshqa xossalarini yaxshilash 
uchun texnik uglerod (saja) kukun holida kam miqdorda qo‘shiladi. 


35 
Ko‘p rezina buyumlar faqat rezinadan bo‘lmasdan uning tarkibiga tekstil va 
metall armirlovchi materiallar kiritiladi. Misol uchun, avtomobil shinasini olsak
unda tekstil material (kord) 15-35% ni tashkil qiladi. 
Xar bir rezina aralashmasining asosini kauchuk tashkil kiladi. U esa 
maxuslotlarini, eng avvalo, elastiklik, texnik, texnologik xossalarini va baxosini 
belgilaydi. 
1.5 Kauchuklar va ularning umumiy tavsifi 
To‘ldiruvchilar qo‘shilishi rezina qorishmasini texnologik va fizik-mexanik 
xossalarini yaxshilaydi, xamda qorishmani xajmini oshiradi ya’ni tannarxini 
kamaytiradi, bundan tashqari to‘ldiruvchilar aralashmaning rangini o‘zgartirishga 
ishlatiladi. 
To‘ldiruvchining ta’siri ko‘pgina omilarga bog‘liq – zarrachalarning shakli 
va kattaligiga, kauchuk bilan o‘zaro ta’sir xossalariga, kauchuk muhitida 
zarrachalarning o‘zaro ta’siriga, to‘ldiruvchining miqdori va hakozolar.
Aralashmaga to‘ldiruvchi qo‘shilganda, ular orasida adsorbsion, ba’zi hollarda 
kimyoviy bog‘lanishlar bo‘ladi. Bu jarayon kauchuk va to‘ldiruvchining 
to‘qnashish sirti kengligiga bog‘liq, ya’ni to‘ldiruvchining zarrachalari qanchalik 
mayda bo‘lsa, shunchalik to‘qnashish yuzasi keng va katta bo‘ladi. Fazalar 
chegarasidagi adsorbsion va kimyoviy jarayonlar kauchuk va to‘ldirgichni tabiati, 
to‘ldirgichni sirti xossalariga, quyi molekulyar moddalar borligi xamda 
to‘ldirgichini kauchuk polimeri bilan aralashtirish sharoitiga bog‘liq. 
To‘ldiruvchini qo‘shish, rezina aralashmani amalda xamma xususiyatini 
o‘zgartiradi.
Vulkanizatsiyalovchi modda. Vulkanizatsiya, yuqorida aytib o‘tilgandek, 
plastik kauchukni elastik rezinaga aylantirishdan iborat. Buni kauchukni 
oltingugurt bilan issiqlik ta’sirida reaksiyaga kirishi natijasida amalga oshiriladi. 
Bu jarayon «vulkanizatsiya» nomi bilan yuritiladi.


36 
Polimerlar kimyosi nuqtai nazaridan vulkanizatsiya jarayonida oltingugurt 
orqali chiziqsimon kauchuk makromolekulasidan, to‘rsimon makromolekula hosil 
bo‘ladi.
Vulkanizatsiyalanishni tezlatuvchilar – bu vulkanizatsiyalanish jarayonini 
tezlashtirish uchun ishlatiladigan moddalar va rezinani fizik-mexanik xossalarini 
yaxshilaydi. 
Tabiiy kauchukni vulkanizatsiyalanish jarayoni 140
o
С da oltingugurt 
ishtiroqida, tezlatuvchisiz 3-4 soat davom etadi. Tezlatuvchi bilan esa bir necha 
minut davom etadi. Vulkanizatsiyalanish jarayonida tezlatuvchini qo‘llanilganda
oltingugurt kamroq miqdorda ishlatiladi. Tezlatuvchini ishlatilishi rezina fizik-
mexanik xossalarini yaxshilaydi va eskirishga qarshiligini ortadi.
Vulkanizatsiyani faollashtiruvchi (aktivator) - Rux oksidi ZnO 
TK uchun kuchaytiruvchi to‘ldirgich oltingururt, kauchuklarning hamma 
xollardan olingan rezina uchun oq rang beruvchilari va issiqlik ko‘p martali 
deformatsiyaga issiqlik muhitini kamaytiruvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Rezina qorishmalarini qayta ishlash jarayonini osonlashtirish, oquvchanlik 
temperaturasini, qovushqoqligini kamaytirish, ingredientlarni bir tekisda 
tarqalishini ta’minlash uchun qo‘shiladigan moddalarni yumshatuvchilar deb 
ataladi. Yumshatgichlar rezinaning sovuqlikka chidamliligini oshirmaydi.
Plastifikatorlar – aralashmalarni vulkanizatsiyalash jarayoniga ham ta’sir 
etadi. Ayrim plastifikatorlar oltingugurtni va kuchlantirgichlarni eritadi va bu 
aralashmani gomogenligini (bir fazali) yaxshilaydi. Rezinalarni sovuqqa 


37 
chidamliligi oshadi. Ular rezina qorishmalarini vulkanizatsiyalanish agentlarini 
eritib aralashmalarini gomogenligini oshirish natijasida vulkanizatsiyalanish 
jarayoniga ta’sir qiladi. 
Eskirishga qarshi qo‘llaniladiganing ingredientlarning optimal miqdori 
rezina-texnik mahsulotlarini ekspluatatsiya sharoitlariga bog‘liq va kauchukni 
tarkibidagi ularni miqdori 1-2% ni tashkil qiladi. Rezina qorishmasi tarkibida esa 
0,5dan- 5% gacha bo‘lishi mumkin. 
Eskirishga qarshi fenil β- naftilamin (neozon-D), n,n-difenil- p-
fenilendiamin (nonoks, diafen - FF) va tiodifenilamin moddalari ishlatiladi.
Ko‘pgina polimer materiallar asosidagi buyumlarga estetik ko‘rinish berish 
uchun ular turli ranglarga bo‘yaladilar. Buyumlarni sirtiga lok-bo‘yoq materiallar 
surtish, sepish hisobiga yoki polimer material tarkibiga bo‘yovchi moddalar 
(pigmentlar, bo‘yoqlar) kiritish hisobiga amalga oshiriladi. 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Kauchuklarni umumiy xossalari va rezinaning tarkibi nima? 
2. Kauchuk va rezina sanoati asosiy ingredientlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar 
bering. 
3. Rezinaning qo‘llanilish soxalari 
4.Kauchukka ingredientar qo‘shishdan maqsad nima? 
5 .Rezinanig tuzilishi xaqida tushuncha. 
6. Kauchukdan rezina olishda tarkib qanday bo‘ladi? 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling