Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Polisulfid kauchuklar 
Polisulfid kauchuklar “Tiokol” nomi bilan nomlanib, ishqoriy metall 
polisulfidlar va digalogenuglevodorodlar, efir va boshqa birikmalarni 
polikondensatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularning asosiy xom ashyolari 
dixloretan, glitserin va dixlorangidrin. 
Odatda ularning molekulyar massasi 1000 dan 4000 gacha (suyuq) va 
20000 dan 500000 gacha (qattiq) bo‘lishadi. Qattiq polisulfidlardan eng keng 
tarqalgani DA markasi (dixlordiefir)dan olingan. Uning zichligi 1370kg/m
3

shishalanish harorati -43
o
С, oltingugurt miqdori 47% gacha bo‘ladi. Aksariyat 
holatda ular qutbli kauchukni namoyon qiladi. Ular boshqa qo‘shimchalar bilan 
yaxshi aralashma hosil qiladi. Agarda juda qizib ketsa gaz ajraladi. Rezina 
aralashmaga qayta ishlash vaqtida dibentiozoldisulfid, difinilguanidin berilsa 
polisulfid bog‘lari uzilishiga olib keladi, bu esa uning molekulyar massasini 
kamayishiga va shakllanishini osonlashtiradi.
Ularda faol funksional guruhlari mavjudligidan tiokollar metall oksidlari 
bilan 135-145
o
С haroratda vulkanlanadi. Molekulyar zanjirda to‘yinmagan bog‘lar 
bo‘lmaganligi uchun yuqori yoruqlikka, ozonga havoga chidamli mahsulotlar 
olishkoniyatini beradi. U benzin, uglevodorod va yog‘larga chidamlidir.


68 
2.3.8-Jadvalda polisulfid kauchuklarning standart retsepturasi keltirilgan: 
Ko‘shimchalar nomi 
Miqdori mass.qism 
Polisulfid
Kauchuk
100,0 
Rux oksidi 
10,0 
Texnik uglerod DG-100 
20,0 
Texnik uglerod PM-15 
30, 
Stearin kislota 

Cho‘zilishdagi mustahkamlik, MPa – 3,5 
Nisbiy cho‘zilish, % kammas – 250 
Uning kamchiligi – past elastikligi, yomon sovuqbardoshligi, yuqori 
zichlikka ega ekanligidan turli prokladkalar, englar va boshqa buyumlar olishda 
(qattiq tiokoldan). Suyuq tiokoldan esa xona haroratida vulkanlanganidan aviatsiya 
va kemasozlikda germetiklar olishda qo‘llaniladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling