Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

3.2 Tezlashtiruvchi agentlar 
Vulkanlanish tezlatgichlari - kauchuklarni oltingugurt bilan vulkanlanganda 
jarayon juda uzoq davom etadi. Buning natijasida hosil bo‘lgan vulkanizatlar yuqori 
mustahkamlik xossalariga ega bo‘lmaydi.. Tabiiy kauchukni oltingugurt bilan 
tezlatgichsiz vulkanizatsiyalashga 3-4 soat kerak; tezlatgich ishtirokida esa jarayon bir 
necha minut davom etishi mumkin. Vulkanlanish tezlashtirgichlari deb, rezina 
vulkanlanish jarayonini tezlashtirish hamda rezinani fizik-mexanik xossalarini 
yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan kimyoviy moddalardir. 
Ayrim tezlashtirgichlar bir vaqtni o‘zida vulkanlovchi modda sifatida 
qo‘llaniladi. Masalan tiuram va polisulfid tezlashtirgichlar vulkanlanish haroratida 
elementar oltingugurtsiz rezina aralashmani vulkanlashi mumkin. Ularning faollig 
iaktivatorlarni qo‘shilishi bilan faollashadi (masalan rux oksidi, sterin kislota). 


108 
Shu bilan birga ayrim vulkanlovchi tezlashtirgichlar bir turdagi kauchuklar 
uchun tezlashtirgish bo‘lib xizmat qilishi mumkin, boshqa kauchukda esa o‘z 
xossalarini yo‘qotib, boshqa xususiyatlarini namoyon qiladi. Masalan: 
dibenztiozolilsulfid tabiiy va butadien stirol kauchuklar uchun tezlashtirgich vazifasini 
bajarsa, xlor saqlovchi kauchukda esa podvulkanlanishni sekinlashtiruvchi vazifasini 
bajaradi. Tezlashtirgichlar rezinani qarishidan saqlaydi. 
Dastlab rezina sanoati rivojlanishi davomida tabiiy kauchukni olitingugurtli 
vulkanlanishida tezlashtirgich sifatida ishqoriy er metallarning oksid va gidroksidlari 
qo‘llanila boshlangan. Bularga neorganik tezlashtirgichlar deyiladi (magniy, 
qo‘rqoshin oksid, kalsiy gidroksid). Organik tezlashtirgichlar olina boshlangandan 
so‘ng ushbu oksidlarni vulkanlanish aktivatorlari sifatida qo‘llanila boshlangan, 
ulardan eng ko‘p qo‘llaniladigani bu rux oksididir, ba’zi hollarda magniy, kadimiy va 
vismut oksidlari ishlatiladi. Sanoatda organik tezlashtirgichlarni qo‘llanilishi tubdan 
kauchuklarni vulkanlanish jarayonlarini o‘zgartirib yubordi. Buning natijasida 
qarishiga chidamliligi, vulkanizatlarni texnologik xossalari yaxshilanishga, bir hildagi 
massiv buyumlarni olishga hamda vulkanlanish davomiyligini kisqartirishga erishildi. 
3.2.1-Jadval 
Tabiiy kauchuklar asosidagi vulkanizatlarga noorganik va organik 
tezlashtirgichlarga fizik-mexanik xossalariga ta’siri 
Qo‘shimchalar 
Aralashma tarkibi, mass.qism 




Tabiiy kauchuk 
100 
100 
100 
100 
Oltingugurt 




Magniy oksid 




Qo‘rg‘oshin oksidi 


10 

Rux oksidi 




Stearin kislota 




Merkaptobenztiozol 



0,7 
Vulkanizatlarni xossalari 


109 
Vulkanlanish 
davomiyligi (151
o
S) 
CHuzilishdagi 
m
us
ta
xk
amlik
, MP

Nisbiy 
ch
uzil
uvc
hanli
gi
, %
CHuzilishdagi 
mustaxkamlik, MPa
Nisbiy 
chuzi
luvc
hanli
gi, % 
CHuzilishdagi 
m
us
ta
xk
amlik
, MP

Nisbiy 
chuzi
luvc
hanli
gi, %
CHuzilishdagi 
mustaxkamlik, MPa
Nisbiy 
chuzi
luvc
hanli
gi, %
10 
0,9 1085
7,8 
920 18,5 890 
21,0 
920 
30 
4,2 1065 16,1 
900 17,0 890 
27,6 
840 
60 
10,2 1020
5,8 
545 15,2 875 
23,0 
820 
Organik tezlashtirgichlar turli organik guruhlarga mansub bo‘lib, hozirgi 
kundan 100 dan ortiq turlari mavjud. Amaliyotda esa asosan 5-6 ta turi keng 
ishlatiladi, ular maxsus xossalari bilan ajralib turadi. YAratilgan tezlashtirgichlarni 
yagona ta’sirlashish nazariyasi mavjud emas. Olimlar taxmin qilishadiki
tezlashtirgichlar va aktivatorlar oltingugurt bilan ta’sirlashganda oraliq birikmalar 
hosil qilib (sulfid kompleks), ushbu birikmalar oltingugurt va kauchuk qo‘shbog‘i 
bilan o‘zaro birikadi [12]. 
Tezlatkichlar ta’sir mexanizmi shundan iboratki.
1) Harorat ta’sirida S bilan ta’sirlashadi, uni yanada faol shaklga o‘tkazadi 
yoki tez parchalanadigan oraliq polisulfid birikmalar hosil qiladi. 
2) Kauchuk bilan ta’sirlashib, polimer radikallar hosil qilish yo‘li bilan uning 
faolligini oshiradi. 
Vulkanlanish jarayonida sulfid kompleksni hosil bo‘lishini quyidagicha 
keltirish mumkin: 
Bu erda Me-aktivator. Shu sulfid 
kompleks birikma kauchukning qo‘shbog‘i 
bilan birikib kauchuk makromolekulasida 
tezlashtirgich fragmentlaridan iborat polusulfid yon boshlari hosil bo‘ladi.


110 
Bu erda Ka - kauchuk makromolekulasi. 
Hosil bo‘lgan kauchuk makromolekulasidagi polisulfidli franmentlar o‘zaro 
qo‘ndalang bog‘lar hosil qilib makromolekulalar tikiladi. 
Ushbu sistemalarda vulkanlanish jarayonida aktivlanish energiyasi asta sekin 
kamayadi. Masalan, oltingugurtli sistemada aktivlanish energiyasi 126-147 kDj/mol 
bo‘lsa, tezlashtirgich sistemalari uchun esa aktivlanish energiyasi 76-126 kDj/mol. Bu 
ko‘rsatgichlar umumiy choklanish reaksiyalarini tezlashishidan dalolat beradi. 
Tezlashtirgichlarni tanlash rezina aralashmalarni qo‘pgina faktorlarini 
belgilaydi. Aksariyat hollarda ular vulkanlanish davomiyligini qisqartisa ham, maxsus 
hollarda texnologik xossalarini yaxshilash uchun 1 yoki 2 tasi to‘g‘ri keladi. SHuning 
uchun hosirgi kunda universal tezlashtirgichlar mavjud emas. Tezlashtirgichlarni 
tanlashda quyidagi xususiyatlarga e’tibor berish lozim.
Ular: tezlashtirgichlarni ishlab chiqarish jarayonlarida rezina aralashmani 
o‘zini tutishi va vulkanlash kinetikasi
- boshqa aralashmadagi ingredientlarni tezlashtirgich aktivligiga ta’siri; 
- qo‘llaniladigan tezlashtirgichni fizik, kimyoviy va texnologik xossalari; 
- toksikligi; 
- narxi 
Har birini alohida ko‘rib chiqamiz.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling