Microsoft Word Материал резина lotin
Xloropren kauchuklarini qayta ishlashi va qo‘llanilishini
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
Xloropren kauchuklarini qayta ishlashi va qo‘llanilishini. Xloropren
kauchuklarini qayta ishlash odatdagi rezina sanoati jihozlarida amalga oshiriladi. SHundaybo‘lsa ham ayrim qayta ishlashdagi jihatlarga e’tibor berish kerak bo‘ladi. 161 Bunda rezina aralashmalar tayyorlash harorati muhim bo‘lib, u imkon qadar past bo‘lishi lozim. Tezlatkichsiz asos aralashma tayyorlanayotganda harorat 130 о С dan oshmasligi kerak. Haroratni oshishi oldindan vulkanizatsiyaga turg‘inligini kamaytiradi. Valslash. XKni qayta ishlashda uncha katta bo‘lmagan friksiyaga ega bo‘lgan (1:1dan 1:1,2gacha) va issiqlik hosil bo‘lishi ehtimoli kam bo‘lgan valslarda ishlov beriladi. Valslarda XK asosida aralashma tayyorlashda uni valoklarning kichik oralig‘idan o‘tkaziladi va valokka qoplangandan so‘ng valoklar oralig‘i kattalashtiriladi. Bundan so‘ng aralashmaga magniy oksidi va protivostaritel qo‘shiladi, keyinchalik aktiv to‘ldiruvchi bir qismi va stearin kislota qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Aktiv to‘ldiruvchining qolgan qismi biroz vaqtdan so‘ng plastifikator bilan birga qo‘shiladi. So‘ngra rux oksidi va tezlatkich qo‘shilib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma antiadgeziv suv vannasida sovutiladi. XK asosidagi rezinotexnik buyumlarni eng ko‘p qo‘llaydigan soha kabel va qo‘rilish sohalaridir. XK tranport yor lentalar, yassi va ponasimon tasmalar, bosim bardosh rukavalar, prokladkalar, rezina surkalgan matolar, avtodetallar va boshqalar tayyorlanadi. Elektrotexnika sanoatida qo‘llanilishig asosiy turtki, olov bardoshligi va atmosfera ta’siriga turg‘unligi. XK adgezivlar, germetiklar va qurilishdagi g‘ovakli buyumlar uchun qo‘llaniladi. 162 XKning alohida tuzilishga egaligi bois kimyoviy apparatlar, reaktorlarni kislota, ishqor, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhit ta’sirlaridan himoyalashda keng qo‘llaniladi. Olovga bardoshligi tufayli polixloropren kauchuklari erosti konchilik ishlarida konveyer lenta tayyorlashda ishlatiladi. Polixloroprennng suvli dispress latekslari to‘qilgan sellyuloza materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, ya’ni yong‘in rukavalari matolari, sun’iy teri, adgezivlar, bo‘yoq va boshqalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling