Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
Sun’iy tolalar yuqori molekulyar birikmalarga, birinchi galda sellyulozaga
ximiyaviy qayta ishlov berish yo‘li bilan olinadi.Cun’iy tolalarning bir necha turlari orasida viskoza tolasi (sun’iy ipak) – C 6 H 10 O 5 elementar bo‘g‘ini bilan - alohida o‘rin tutadi. Bu gidratsellyuloza tola ximiyaviy barqaror qotishmadan filerlar orqali nordonlashtirilgan cho‘kma vannada sellyuloza tiokarbon efiri natriy tuzining ishqorli tuzini ezish yo‘li bilan olinadi. Filerlar qalpoqsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, ularning ostida kichkina teshikchasi bo‘ladi. Cho‘kma vannada sellyulozaning uzluksiz ingichka iplar (filamentlar) shakliga regeneratsiyasi sodir bo‘ladi. Namlikning ortishi natijasida viskoza tolasining pishiqligi 40-50 % ga kamayishi bunday tolalarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Hatto eng yangi turdagi o‘ta chidamli viskoza tolalarida ham bu pasayish 20-30 % ni tashkil qiladi. YUqori harorat sharoitida oksidlovchi va gidrolizlovchi agentlar ishtirokida viskoza tolasi sezilarli destruksiyaga uchraydi. SHu bois namlangan viskoza buyumlarga ishqorlar yoki kislotalarni qo‘llagan holda mexanik ishlov berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Viskoza tolasining me’yoriy namlikni saqlashi – 11%. Viskoza materialini qo‘llagan holda tayyorlangan uzatma qayishlar, transport lentlari yoki shinalarini saqlash yoki ekspluatatsiya qilish sharoitlarida viskoza materiallarining tarkibidagi namlik ortadi, buning oqibatida ularning pishiqligi belgilangan ko‘rsatkichdan kam bo‘lishi mumkin. 151 Viskoza karkasidan sug‘urib olingan iplarning pishiqligi to‘g‘ri amalga oshirilgan texnologik jarayonda boshlang‘ich xom matoning ko‘rsatkichidan qisman farq qiladi (namlik bir xil bo‘lganda). Lekin ularning issiqlikka chidamliligi va uzayishi kamayadi, uzayganda ip qalinligining notekisligi ko‘payadi. Sellyulozaning achchiq sirkali efiri deb nomlanuvchi atsetat tola ham sanoatda qisman ishlatiladi. Qisman sovunlangan atsetat tolaning bir turi bo‘lgan forti-zan ancha pishiq bo‘ladi. Shisha tola eritilgan shisha massasi filerlar orqali oqib tushayotganda olinadigan ingichka shisha iplardan iborat bo‘ladi. Oqib tushayotgan yopishqoq shisha aralashma katta tezlikda ingichka tolalarga tortiladi. Mazkur aralashmadagi shishaga xos mo‘rtlik ayni ingichka tolali holatda egiluvchanlikka nisbatan zaif bo‘ladi. Qotib qolgan shisha iplar parafin va yog‘li kislotalar aralashmasi bilan moylanadi. Bunda elementar iplar chilvirlar sifatida yopishtiriladi, ularning o‘zaro ishqalanishi kamayadi. Bunday tola qancha ingichka bo‘lsa, ko‘ndalang kesimdagi birlikda shisha tolaning pishiqligi shuncha yuqori bo‘ladi; shisha tolaning namligi – 0,2 %. Shuningdek shtapel shisha tolalar ham tayyorlanadi. SHisha tolalardan qilingan matolar issiqqa chidamli transport lentlari, qaynoq vositalarni uzatishga mo‘ljallangan rukavalarda hamda qator boshqa buyumlarda ishlatiladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling