Microsoft Word Материал резина lotin


O‘simliklardan olinadigan tolalar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

O‘simliklardan olinadigan tolalar. O‘simliklardan olinadigan asosiy tolali 
materiallarning negizini, qator sun’iy materiallar singari, sellyuloza tashkil qiladi. 
O‘simliklardan olinadigan tolali materiallar (va ularning hosilalari) atrof-muhitdan 
namlikni singdirish qobiliyati bilan ajralib turadi. Tolali materialdagi namlik 
miqdori havodagi nisbiy namlik nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Havo harorati 20 ± 5
o

daraja bo‘lganda, nisbiy namlikning 65 ± 5
o
C bo‘lishi me’yoriy holat sifatida qabul 
qilinadi. Tolalarning namlikni saqlab turish xususiyatining o‘zgarishi ularning 
fizikaviy-mexanik xossalariga ta’sir ko‘rsatadi. Paxta tarkibida namlik ortishi bilan 
paxta tolalarining pishiqligi ham ortadi. Maksimal pishiqlik havo nisbiy 
namligining 70-80 % ga mos keladi; bundan so‘ng pishiqlik ancha kamayadi. 
Paxtaning me’riy sharoitlarda namlik saqlashi 7-8 % tashkil qiladi. Namlik 
ortishi bilan zihirning pishiqligi ham ortadi, nisbiy namlik 70 % bo‘lganda, bu 
ko‘rsatkich ayniqsa salmoqli bo‘ladi. Zig‘ir tolalarining tarkibida 12 % namlik 
bo‘lishi me’riy holat hisoblanadi.
Mineral tolalar. Asbest – kelib chiqishi mineral bo‘lgan tolali material, uning 
namligi - 2-3 %. Zmeeviksimon yoki xrizolit asbest, ya’ni suvli magniy silikat 
muhim ahamiyatga ega. Asbest eshilishi natijasida pishiqligining yarmini 


150 
yo‘qotadi. Asbest o‘tga chidamli, issiqlik o‘tkazmaydigan, ishqorga bardoshli 
material sifatida qimmatli texnikaviy xossalarga ega. Asbest ingichka tolalar 
sifatida tilinsa va 15-20 % paxta bilan aralashtirilsa, yigirilgan ip sifatida qayta 
ishlanishi mumkin. Asbestning to‘qimachilik navlari tolasining uzunligi 9-15 
mm.ni tashkil qiladi. Kalta tolali asbest (1-9 mm) paronitga qo‘shimcha va issiqqa 
chidamli ebonitni tayyorlash uchun aralashmalarda ishlatiladi. Asbest matolar va 
yigirilgan iplar issiqqa chidamli texnikaviy buyumlar, bug‘ o‘tkazuvchi rukavalar 
va transport lentlarining ayrim turlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling