Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Sintetik tolalar deb, organik xomashyolarni qayta ishlash natijasida 
olinadigan ipsimon mahsulotlarga aytiladi. Geterozanjirli poliamid tolalar: anid 
(neylon), kapron, enant – diaminlar va aminokislotalarning polikondensatsiyalari 
mahsulotlari hamda poliefir tola – lavsan (terilen) rezina sanoati uchun juda katta 
ahamiyatga ega.
Poliamid tola – kapron – NH – (CH
2
)
6
– CO – elementar tarkibi bilan – 
fenolni lakton aminokaporon kislotaga murakkab ximiyaviy qayta ishlash va 
mazkur mahsulotning shundan keyingi kondensatsiyasi yo‘li bilan olinadi; anid 
(neylon) – CO – (CH
2
)
4
– CO – NH- (CH
2
)
6
– NH – elementar tarkibi bilan – 
geksametilendiamin va adipin kislotadan; enant – CO – (CH
2
)
6
– CO – elementar 


152 
tarkibi bilan – aminoenant kislotadan olinadi. Olingan poliamid tola 3,5 – 4,5 
marta cho‘ziladi. SHu tarzda yaratiladigan molekulalarning yo‘naltirilishi sezilarli 
pishiqlikni ta’minlaydi, yo‘naltirish qancha ko‘p bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 
uzilishda ishtirok etadigan tolalar shuncha ko‘p bo‘ladi. Poliamid tolalarning 
qaynash chog‘ida kislotalarga chidamliligi uncha katta emas, lekin ishqorlarga 
chidashi ancha sezilarli darajada; nisbiy namlik 60 % bo‘lganda, ular tarkibidagi 
namlik 3,5 % tashkil qiladi. Viskoza tolalardan farqi ravishda poliamid tolalarning 
namlanishdagi pishiqligi juda oz kamayadi; poliamid tolalar aynimaydi. Tereftal 
kislota va etilenglikoldan olinadigan lavsan poliefir tolasi – O – CH
2
– CH
2
– OOC 
– C
6
H
4
–COO – elementar tarkibi bilan – istiqbolli tola bo‘lib, cho‘zilishlarga va 
issiqlik bilan ishlov berishga juda yaxshi qarshilik ko‘rsatadi; faqat 250˚C 
haroratda yumshaydi.Poliamid tolalar va karbotsep tolalar uchun materiallarga 
nisbatan ancha arzon boshlang‘ich materialdan, ya’ni izotaktik polipropilen 
kondensatsiyasidan olinadigan polipropilen tolasi alohida e’tiborga molik: xlorin 
(xlorlangan polixrolvinil) va polifen – CH

– CH

– elementar tarkibi bilan. 
Ayrim sintetik tolalar rezina aralashmasining plastifikatorlari va 
yumshatuvchi vositalari bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishi mumkin, bu esa 
shunday tolalarning pishiqligini pasayishiga olib kelishi mumkinligini e’tibordan 
chetda qoldirmaslik kerak. 3.9.1-jadvalda tolali materiallarning fizikaviy-mexanik 
xossalariga oid ayrim ma’lumotlar keltirilgan: 
3.9.1-jadval 
Filament iplarda tolali materiallarning fizikaviy-mexanik xossalari [2] 
Tola
Tolaning 
solishtirma 
og‘irligi F, 
sN/sm

Uzilishda 
pishiqligining 
chegarasi, 
V 10 N/mm

Uzilish 
uzunligi 
L, km 
Uzilish 
cho‘zilishi
Paxta 
Zig‘ir 
Asbest 
Viskoza (oddiy) 
1,50 
1,48 
2,8 
1,53 
52 
60 
70 
27 
34 
40,0 
26 
18,0 


25 


153 
Viskoza (pishiq) 
SHisha 
Kapron (oddiy) 
Kapron (pishiq) 
Anid (oddiy) 
Anid (pishiq) 
Enant (oddiy) 
Enant (pishiq) 
Lavsan (oddiy) 
Lavsan (pishiq) 
Xlorin
Polifen
1,53 
2,69 
1,14 
1,14 
1,14 
1,14 
1,10 
1,10 
1,38 
1,38 
1,47 
2,3 
41 
220 
57 
86 
44 
78 
52 
87 
50 
62 
22 
24 
27,0 
84 
50 
75 
38 
69 
47 
79 
36 
45 
15 
16 
18 

32 
16 
32 
16 
26 
17 
17 
12 
18 
43 
Eslatma: Mazkur raqamlar tegishli parametrlarning umumlashgan yuqori chegarasi mos keladi. 
Konstruksiyaviy nuqtai nazardan tolalarda nafaqat f va e ularning mexanik 
xossalarini belgilaydi, shuningdek uzilish uzunligi va boshlang‘ich modulning 
ko‘rsatkichi bo‘ylama taranglik E ni bildiradi. 
Tolalarning bo‘ylama tarangligi modulini hisoblash uchun egri keskinlik, 
ya’ni deformatsiyadagi shunday to‘g‘ri qismni belgilash kerakki, ayni qism 
qaytariladigan deformatsiyaga javob bera olsin. Tolalarga ta’sir qiladigan nisbatan 
kam yuklamalarda uchta to‘la deformatsiyadan uning qaytariladigan taranglik 
qismi, shuningdek kichik relaksatsiya davriga ega (10-15 s) eliguvchanlik qismi 
ustunlik qiladi. YUklamalar katta bo‘lganda, plastik deformatsiyaning ulushi ancha 
ortadi. Siqilish uzunligi 1
0
, ko‘ndalang kesim S
0
, shartli taranglashgan uzunlik A1 
(aytib o‘tilgan qisman elastiklik va haqiqiy elastiklik bilan birga haqiqiy taranglik) 
va R yuklamaga ko‘ra E modul hisoblanadi. R yuklamaning maksimal ko‘rsatkichi 
aytib o‘tilgan qaytariladigan qism to‘la deformatsiyada kamida 90 % tashkil 
qilishini ta’minlaydigan darajada qabul qilinadi. Tolalarni oldindan issiq suvda 
parlash, quritish va konditsionerlash, bir martalik (muntazam oshib bormaydigan) 


154 
yuklamaga uchratish tavsiya qilinadi. Tolalarning ko‘ndalang kesimi sathi ularning 
uzunligi, massasi va zichligidan kelib chiqib hisoblash yo‘li bilan (0,001 sN/mm
3

aniqlanadi.
Tolalarning boshlang‘ich E modulini ko‘rsatkichi quyidagini tashkil qiladi: 
Elementar kapron ip. . . . . . (240-270) • 10 N/mm
2
Ingichka yung. . . . . . . . . . . (340-360) • 10 -“- 
Viskoza shtapel tola. . . . . . . (470-500) • 10 -“- 
Paxta tolasi. . . . . . . . . . . (500-550) • 10 -“- 
SHisha tola. . . . . . . . . . . . (1300-2000) • 10 -“-
Lavsan tolasining boshlang‘ich moduli e = 1 % bo‘lganda 1080-10 N/mm
2
ni 
tashkil qiladi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 
Armirlash, tuzilish, kuchaytirish, mexanika, mustaxkamlik, yo‘nalish 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Armilovchi materiallarning qo‘llashni maqsad va mohiyati. 
2. Armirlovchi materiallar turlari. 
3. Testil armilovchi materiallar. 
4. Sintetik va sun’iy tolalar. 
5. Tolalarni RTBlar fizik-mexanik xossalariga ta’siri 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling