Microsoft Word Материал резина lotin


Termoplastik elastomerlar. Termoelastoplastlar (TEP)


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Termoplastik elastomerlar. Termoelastoplastlar (TEP) 
Termoplastik elastomerlar yoki termoelastoplastlar (TEP) – bu 
vulkanizatsiya jarayoni talab etilmaydigan, ammo rezina xossasini namoyon 
etuvchi material bo‘lib, qayta ishlash texnologik jarayonida termoplastlar 
xossasiga ega. 
TEPlarni yaratish va sanoatga tadbiq etish- elastomerlar sohasidagi ohirgi 
davrning eng katta yotug‘i bo‘ldi. Kimyoviy vulkanizatsiyasiz shakllantiriladigan 
kompleks xususiyatlar TEP chiziqli molekulalarining egiluvchan va mustahkam 
bloklari hisobiga yuzaga keladi. 
TEPlar bloksopolimerlar bo‘lib AVA va (AV)

, bu erda A- termoplastlarning 
qayshqoq mustahkam bloklari (masalan- polistirolli, polietilenli, poliakrilatli va 
boshqalar), V- egiluvchan elastomer bloklari (maslan, polibutadienli, poliizoprenli, 
butadienstirol, izopren-strirol, etilen-propilen va boshqa sopolimerlar). 
Bloksopolimerlar- 
bu 
gomopolimer 
bloklarining 
takrorlanuvchi
makromolekularidan tashkil topgan chiziqli sopolimerlaridir. 
Termoplastlar- kauchuklarning termoplastlar bilan aralashmasi, bloksopolimer 
bo‘lishi mumkin. 
TEP kauchuk bilan termoplastlarning mexanik aralashmasi yoki
ta’sirlashuvi ko‘rinishida olinadi. TEPlarning taviiy va sintetik kauchuklar 
asosidagi rezinalardan afzalligi muddatini o‘tagan buyumlar va chiqindilarni 
regeneratsiyasiz qayta ishlash imkoniyatidir. TEP da vulkanizatsiya jarayoni 
bo‘lmaganligi qayta ishlashni kam harajat va kam energiya sarfini ta’minlaydi. 


170 
Stirolli va uretanli TEP lar mavjud. Stirol termoplastlari yuqori
mustahkamlik ko‘rsatkichiga ega. TEP larda bog‘langan stirol(α-metilstirol)ning 
miqdori 30-40%, izoprenli TEP larda 15-40%. Materialda stirolning 60-80% da 
bo‘lishi uni termoplastga aylantiradi. 
Uretanli termoelastoplastlarga elastik oligomerli va qayshqoq qattiq 
dioluretanli, termodinamik aralashmaydigan hamda ikki faza ko‘rinishida mavjud 
bloklar saqlagan(AV)n strukturali blok sopolimerlardir. 
Sanoatda uretanli UTEP ning bir necha markalari bor. Rossiyada UK-1, 
AQSHda-djektoten,roymer, YAponiyada-xaypren, parapren va Germaniyada-
desmopan UTEPlarning muxum afzalliklari quyidagilar: 
1. YUqori edirilishga bardoshlik 
2. Turli xaroratlar oralig‘ida(issiq-sovuqda) elastikligi 
3. Moyga, yog‘ga va organik erituvchilarga yuqori turg‘unligi
4. Kompozitsiyalarda yumshatkichning yoqligi
5. YUqori energiya nurlanishlariga bardoshlik 
6. Mikroorganizmlar, bakteriyalar ta’siriga bardoshlik. 
7.Turli yuzalarga yaxshi yopishqoqligi, turli ob-havolarga bardoliligi va rangini 
saqlab qolishi. 
Kauchuk va termoplast turiga ko‘ra material yuqori xaroratda va turli 
muhitlarga bardosh hususiyatni namoyon qiladi. Termplast sifatida odatda 
polipropilen, polietilen, polistirol,poliamid, poliakrilonitril va boshqalar 
qo‘llaniladi. Kauchuklar sifatida esa –EPK, BK, BNK,XPK, PI, BSK, XK,AK va 
boshqalar. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling