Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.9 Armirlovchi materiallar
Organik pigment - kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lgan sintetik bo‘yoq
moddalar. Mono va disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashil sariq rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘ladi. Ftalo-sianin pigmentning rangi och zangori, chidamligi bilan boshqa pigmentdan ajralib turadi. Sariq rangdan yashil ranggacha bo‘lgan olovbardosh politsiklik pigmentning ham ahamiyati katta. Anorganik pigment - tarkibida ko‘p miqdorda temir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar bo‘lgan tabiiy minerallar. Anorganik pigmentning rangi bo‘yoq, organik pigmentga qaraganda kam tatimli, zichligi katta, yorug‘likka chidamli. Pigment, asosan, lok-bo‘yoq materiallar (mas, emallar, bo‘yoqlar, jumladan, bosmaxona bo‘yoqlari va badiiy bo‘yoklar), shuningdek, plastmassalar, rezinalar, qurilish materiallari, silikat sirlar (faqat anorganik pigment), kosmetik preparatlar va boshqa tayyorlashda, sun’iy va sintetik tolalarni bo‘yashda, sun’iy charm va gazlamalarga bosma rang berishda ko‘plab ishlatiladi. TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Pigmentlar, buyoqlar, saja, inert TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Rezina sanoatida bo‘yoqlarning axamiyati qanday? 2. Buyoqlarga qo‘yiladigan asosiy talablar. 3. Pigmentlarning turlari, xossalari 4. Pigmentlarning olish manbalari. 149 3.9 Armirlovchi materiallar Tolali materiallarning turlari. Uzun ipsimon yoki qisqa shtapel tolalar yigirilgan ip va matolar ishlab chiqarish uchun asosiy material hisoblanadi. Rezina sanoatida ishlatiladigan tolali materiallarni kelib chiqishiga ko‘ra uch xilga ajratish mumkin: tabiiy, sun’iy va sintetik. Tabiiy materiallarga: o‘simlik (sellyuloza) – paxta va zig‘ir kiradi; mineral material – asbest; hayvonlar materiali – ipak va yung. Qayta ishlangan sellyuloza materiallari (viskoza va atsetat tolalar); qayta ishlangan mineral xom ashyolar (silikat, shisha tola) mahsulotlari sun’iy materiallar hisoblanadi. Keyingi paytlarda sintetik tolali materiallar guruhidan (poliamidlar, poliefirlar, yasama etilenlardan) foydalanish ancha keng tus oldi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling