Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
3.7. To‘ldirgichlar
Polimer materiallarning xossalarini modifikatsiya qilishning eng samarali usullaridan biri bu ularni to‘ldirish usuli hisoblanadi. To‘ldirgichlar qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin. Rezina mahsulotini yana ham sifatli va egiluvchanli bo‘lishi uchun faqatgina kauchuk yordamida emas, balki boshqa xar xil ingredientlar yordamida hosil qilsa bo‘ladi. Ingredientlar yordamida rezinaning fizik va mexanik xossasi uning mustahkamligi, egiluvchanligi yana xam ortadi.Rezina-texnika maxsulotlari faqatgina kauchukdan emas, balki metall sim, tekstil matolar va boshqa bog‘lovchi materiallardan tayyorlanadi. To‘ldiruvchilar qo‘shilishi rezina qorishmasini texnologik va fizik-mexanik xossalarini yaxshilaydi hamda qorishmani xajmini oshiradi, ya’ni tannarxini kamaytiradi, bundan tashqari to‘ldiruvchilar aralashmaning rangini o‘zgartirishga ishlatiladi. To‘ldiruvchining ta’siri ko‘pgina omilarga bog‘liq - zarrachalarning shakli va kattaligiga, kauchuk bilan o‘zaro ta’sir xossalariga, kauchuk muhitida zarrachalarning o‘zaro ta’siriga,to‘ldiruvchining miqdori va hokazolar. Aralashmaga to‘ldiruvchi qo‘shilganda ular orasida adsorbsion, ba’zi hollarda kimyoviy bog‘lanishlar bo‘ladi. Bu jarayon kauchuk va to‘ldiruvchining to‘qnashish sirti kengligiga bog‘liq, ya’ni to‘ldiruvchining zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa shunchalik to‘qnashish yuzasi keng va katta bo‘ladi.Fazalar chegarasidagi adsorbsion va kimyoviy jarayonlar kauchuk va to‘ldirgichni tabiati, to‘ldirgichni sirti xossalariga, quyi molekulyar moddalar borligi xamda to‘ldirgichini kauchuk polimeri bilan aralashtirish sharoitiga bog‘liq. To‘ldiruvchini qo‘shish, rezina aralashmani amalda xamma xususiyatini o‘zgartiradi. To‘ldirgichlar olinishi jihatdan ikkiga bo‘linadi – noorganik va organik, rezinalarning xossalariga ta’siri bo‘yicha inert, yarim faol va faol to‘ldirgichlarga bo‘linadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling