Microsoft Word Материал резина lotin
Plastifikatorlar va yumshatgichlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
3.6. Plastifikatorlar va yumshatgichlar Rezina qorishmalarini qayta ishlash jarayonini osonlashtirish, oquvchanlik temperaturasini, qovushqoqligini kamaytirish, ingredientlarni bir tekisda tarqalishini ta’minlash uchun qo‘shiladigan moddalarni yumshatuvchilar deb ataladi. YUmshatgichlar rezinaning sovuqlikka chidamliligini oshirmaydi. 131 Yumshatgich sifatida har xil organik moddalar qo‘llaniladi. Ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: - neftdan olinadigan moddalar; - tosh ko‘mirga qayta ishlov berishda hosil bo‘luvchi moddalar; - o‘simlik moylari; - moyli kislotalar; - sintetik moddalar. Yumshatgichlar rezina qorishmada ingredientlarni bir tekisroq taqsimlanishini ta’minlaydi, aralashtirishda qizishni kamaytiradi shu bilan vaqtidan oldin vulqonlanishni oldini oladi, elektr quvvatini harajatini kamaytiradi rezina qorishmalari tayyorlashda va unga ishlov berishda, cho‘kishni kamaytiradi, kalandrlashda va shpritslashda formalashni yaxshilaydi, xamda (formalarda) qoliplarda vulqonlanishda, vulkonlanish boshlanishida rezina qorishmalari yumshoqlanish haroratini pasaytiradi. YUmshatgichlar rezina qorishma komponentlari bilan reaksiyaga kirishish oqibatida vulqonlanishga ta’sir ko‘rsatadilar, vulkanizatlarning eskirishi va fizik-mexanik xossalariga xam. Yumshatgichlarni qo‘llash (ishlatish) rezina va rezina qorishmalarni xossalarini o‘zgartirishning eng qulay usuli. Plastifikatorlar – kichik molekulyar moddalar bo‘lib, ma’lum kimyoviy tuzilishga egadir. Ularni rezina aralashmasi yoki kauchukka qo‘shilganda energetik o‘zaro ta’sir ostida plastik (yumshoq) materiallar hosil bo‘ladi. Plastifikatorlar qo‘shilganda yumshoqlik ko‘payishi bilan birga, energiya sarfi, rezina aralashmasi tayyorlash vaqti va aralashuvdagi issiqlik hosil bo‘lishi kamayadi. 132 Plastifikatorlarning klassifikatsiyasi: Plastifikator sifatida organik birikmalarning har xil sinfiga tegishli moddalar ishlatiladi. Kelib chiqishiga qarab ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: Neft mahsulotidan olinadigan moddalar; Toshko‘mir qayta ishlash mahsulotlari; O‘simlik moddalari; YOg‘ kislotalari; Sintetik moddalar Neftni qayta ishlash chiqindilari. Yuqorida ko‘rsatilgan moddalar qatorida hozirgi davrda sanoat chiqindilaridan foydalanish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. DOF 133 Plastifikatorlar – aralashmalarni vulkanizatsiyalash jarayoniga ham ta’sir etadi. Ayrim plastifikatorlar oltingugurtni va kuchlantirgichlarni eritadi va bu aralashmani gomogenligini (bir fazali) yaxshilaydi. Rezinalarni sovuqqa chidamliligi oshadi. Ular rezina qorishmalarini vulkanizatsiyalanish agentlarini eritib aralashmalarini gomogenligini oshirish natijasida vulkanizatsiyalanish jarayoniga ta’sir qiladi. Elastomerlarda erkin radikallar hosil qiluvchi va plastikatsiya jarayoni yoki kimyoviy plastifikatorlar nomi berildi. Ularning ta’siri asosan elastomerlarda mexanik kuchlar va issiqlik ta’siridan xosil bo‘luvchi erkin radikallarni stabilizatsiya qilishdan iboratdir va quyidagi ko‘rinishdan iborat [14,15]. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling