Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

 
 
Organik to‘ldiruvchilar. Texnik uglerod. (Qurum, saja) Keng tarqalgan 
kuchaytiruvchi to‘ldiruvchilarga texnik uglerod kiradi (uglerodnaya saja - qurum, 
qorakuya). Xozirda texnik uglerod rezina sanoatida o‘rni beqiyoski, deyarli 90%
buyumlarda tex uglerod, saja qo‘llaniladi.Texnik uglerodni rezina qorishmasiga 
kiritilsa uning rezinani mustaxkamligi oshadi, ishqalanishga, edirilishga qarshiligi 
ko‘chayadi. Texnik uglerod — bu juda mayda poroshok xolatidagi moddadir. U 
ugleroddan tuzilgan va uglevodorodlarni yoqish usuli bilan olinadi. Sajalarni 
olinadigan rezina texnik maxsulot turiga, qaerda qanday muxitda ishlatiliishi
qarab bir necha turlarga bo‘linadi va shunga qarab turli usullarda olinadi. Texnik 
uglerodni quyidagi markalari mavjud: DG- 100, PM - 50, PM - 75, PM - 50, PM-
100, PGM – 33. Berilgan markalardagi qisqartmalar-D-diffuzion, G-gazni chala 
yoqishdan olinadi, P-pechkada olinadi, M-moydan, moy ishtirokida ma’nolarini 
beradi. 
Diffuzion usulda uglevodorod gaz yoki uning moy bilan aralashmasi tirqishli 
garelkadan chala yoqilib qurum xolatiga keltiriladi. 
Pechnoy usulda aromatik uglevodorodlar moylar maxsus pech reaktorlarda 
tabiiy gaz bilan aralashtirilib chala yoqilishi xisobiga olinadi. 
Qurum engil bo‘lib, zichligi 1,80-1,90g/gm3, tor dispersli zarrachalar 
o‘lchami 28-240 mmk kuchaytirgich xisoblanadi. 


142 
Keyingi yillarda to‘ldirgichlar sifatida organik moddalar ishlatilmoqda, xar 
xil turdagi qurumlar lignin va ko‘pgina yuqori 
polimerli plastik materiallar: stirol polimeri, poliizobutilen, polietileni xamda 
qutubli kauchuklar uchun -formaldegid, epoksidli, polivinilxlorid va boshqa 
smolalarni misol tariqasida keltirish mumkin. 
Noorganik to‘ldiruvchilar. Noorganik to‘ldiruvchilarni kelib chekishi 
tabiiy bo‘lgan minerallar-mel (CaCO
3
), kaolin (Al
2
O
3
2SuO
2
2H
2
O) va x.k., hamda 
sintetik mineral to‘ldirgichlar -kolloidli kremniy kislota, metallar oksidlari va 
silikatlar kiradi. 
Rezina xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan to‘ldiruvchilar - inert deb ataladi. 
Rezina qorishmalar tarkibiga inert to‘ldirgichlarni kiritish ularni texnologik 
xossalarini yaxshilaydi, hajmini va rezinani agressiv muhitga chidamliligini 


143 
oshiradi. Inert to‘ldirgichlar rezinalarning fizik-mexanik xossalariga ta’sir 
qilmaydi.
Mel - tabiiy bo‘r SaSO
z
iborat bo‘lib, uning tarkibiga 97-99% qo‘shimcha 
aralashmalar ,ya’ni Fe
2
0
3
, A1
2
O
3
va qum kiradi. Bo‘rni mustahkamligi 2,69- 2,86 
g/m. Zarrachalarni tuzilishi qanday ishlab chiqarishga bog‘liq. Bo‘r to‘ldiruvchi 
sifatida rezina qorishmasi tarkibiga qo‘shilib, ularni texnologik xossasini 
yaxshilaydi, hajmini oshiradi va tan narxini kamaytiradi.
Gips—tabiatda juda keng tarqalgan CaS0
4
*2H
2
0. Uni 130°C qizdirilganda 
gips 2CaS0
4
*H
2
0 xolatiga o‘tadi. Gipsni qo‘llanilishda vulkanlash jarayonida hosil 
bo‘lgan suvni o‘ziga tortib oladi va rezinani yanad amustaxkamligini oshiradi. 
Barit - tabiatda BaS0
4
qo‘shimcha sifatida temir va qo‘rg‘oshin qo‘shiladi. 
Mustaxkamligi 3,95-4,5 g/sm
3
, zichligi 4,45 – 4,53 g/sm
3
. Rezina qorishmada 
barit inert to‘ldirgich sifatida qo‘llanilib, rezinani kislotali va ishqoriy muxitga 
chidamliligini oshiradi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling