Microsoft Word Материал резина lotin
Butilkauchukning bir necha turlari bor
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etilen –propilen kauchuk. SKEP.
Butilkauchukning bir necha turlari bor. SHulardan “D” indeks
markaligi kabel sanoatida qo‘llaniladi. Butilkauchukning agressiv muhitning yuqori issiqligiga bardoshligi, ya’ni qaynoq suv va bug‘ ta’siriga bardoshligi avtoshinalar ishlab chiqarishda diafragma tayyorlashda qo‘llaniladi. Butilkauchukni suv inshoatlarida, gidroizolyasion materiallarda qo‘llanilishi alohida ahamiyatga ega. 1,02 mm butilkauchuk qoplamasining ultrabinafsha nurda va -50 о С haroratda turg‘unligi 50 yilga yaqin. Bundan tashqari butilkauchuk tarkibida galogenlardan xlor va brom saqlaganligi hamda molekulyar massasiga ko‘ra sanoatning turli sohalarida ham keng qo‘llaniladi. Galogenli BK ko‘p qatlamli rezinotexnik buyumlarni qatlamlari orasida adgeziyani oshirish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari rezinalarni metallarga yopishishini yahshilaydi. Galogenlangan BK ayrim chet el firmalarida shinalar uchun ichki qavat tayyorlashda, shina kameralari tayyorlashda, farmatsevtik probkalar tayyorlashda 163 qo‘llaniladi. Tarkibida aktivatorlar va tezlatkichlar turi hamda miqdoriga qarab turli maqsadlarda: avtomobil kameralari, asbobsozlikda, sport buyumlari,germetik qavatlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Etilen –propilen kauchuk. SKEP. Etilen-propilen kauchugi etilenning propilen bilan sopolimeri bo‘lib, eritmada katalizatorlar ishtirokida polimerizatsiya qilish yo‘li bilan olinadi. Ayrim xollarda uchta monomer ishtirokida SKEPT xam sintez qilinadi. Uchinchi monomer sifatida 0.2-3 mass.q gacha ditsiklopentadien yoki analoglari qo‘llanilishi mumkin. Ammo SKEPT sekin vulkanlanadi. SKEP va SKEPT turli agressiv va yuqori haroratda (150 о С) ishlaydigan rezinatexnik detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Ftorkauchukning qo‘llanilishi. Ftorkauchuk asosidagi rezinalar o‘zining ishqalanishga, ozonga, yorug‘lik nuriga, atmosfera ta’siriga va biologik ta’sirlarga turg‘unligi bilan ajralib turadi. FK moylarga, yoqilg‘ilarga, qutubsiz erituvchilarga va mineral kislotalarga hamda yuqori haroratga mutloq bardosh. SHu bilan birga kuchli oksidlovchi va qaynoq ishqorlarda parchalanadi. Boshqa kauchuklardan farqli jihati buyumning qalinligi yupqalanishi bilan vulkanlash harorati ta’siri kam. FK bilan AQSHning Du Pont firmasi turli Vayton va Fluerrel markalarini ishlab chiqaradi. Yaponiyaning Dey-el firmasi turli Teknoflon markalarini ishlab chiqaradi [13-16]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling