Microsoft Word Материал резина lotin


  2.2 Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan sintetik kauchuklar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

 


46 
2.2 Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan sintetik kauchuklar 
Umumiy maqsadlarda qo‘llaniladigan kauchuklarga izopren, butadien 
kauchuk, butadien stirol kauchuk, butadien propilen kauchuklar kiradi
 
Izopren kauchuk. Izopren sintetik kauchuk bo‘lib, asta 
sekin sanoat rivojlanishi natijasida 1930 yillardan keyin 
olishga muvofaqiyat bo‘lingan. Izopren kauchuki
tibbiy kauchuk tuzilishiga xos bo‘lib, 25-30% trans 
holatda bo‘ladi hamda kam tartibli tuzilishga ega. Ularni litiy va Sigler va Natta 
katalizatorlari ishtirokida sintez qilinadi. Uning zichligi 900-910 kg/sm
3
. Bu esa 
uni nisbatan qattiqligini ta’minlaydi. U (-25
o
С) kristallanadi va tabiiy kauchukka 
nisbatan sekin ketadi. Ayniqsa cho‘zilish vaqtida sekin kristallanadi. Masalan,
tabiiy kauchukda (TK) 200% bo‘lsa, izopren kauchukda (SKI) 600-800% ni tashkil
qiladi. SKI kauchuki tabiiy kauchukka o‘xshab erituvchilarda eriydi.
Texnologik xossalari. Muni bo‘yicha qovushqoqligi 1 guruh 71-85, 2 guruh 
50-60 shartli o‘lchamni tashkil qiladi. Qayta ishlash vaqtida ular plastikatsiya 
jarayoniga uchratmasa ham bo‘ladi, ammo qayta ishlash vaqtida bu turdagi 
kauchuk destruksiya jarayoniga moyil bo‘lgani uchun vals yoki aralashtirgichdagi 


47 
haroratni rostlab turishi kerak. Uning asosiy kamchiligi molekulyar massasini turli 
tumanligi va koageziya kuchlanishi nisbatan kamligidadir.Ushbu kauchukdan 
retseptura tayyorlanganda retsepturaga plastifikator, to‘ldirgich va qarishini oldini 
oluvchi (proivostoritel) qo‘shish kerak bo‘ladi. Tabiiy kauchuklarda cho‘zilishdagi 
mustahkamligi 1,5-2,0 MPa bo‘lsa, SKI da esa 02,-0,4 MPa ni tashkil qiladi. Ular 
asosida shakllanmaydigan RTB olinganda yopishqoqligi, buyumda kerakli 
karkasni ta’minlanmasligi, tashish vaqtidagi oquvchanligi yuqoriligi kabi 
kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Koageziyasini yaxshilash maqsadida retsepturada 
oz miqdorda yuqori zichlikli polietilen qo‘shiladi. 
Vulkanizatsiya. SKI kauchuklar asosidagi aralashmalar oltingugurt va 
organik tezlashtirgichlar yordamida vulkanlanadi. Retsepturada olingugurt miqdori 
1,5-2,5 mass.q va tezlashtirgich miqdori 0,7-1,2 mass.q qo‘shish tavsiya etiladi. 
SKI asosidagi rezina aralashma vulkanlanilganda TK nisbatan uzilishdagi qarshilik 
va yuqori haroratga chidamligi pastroq bo‘ladi. 
Odatda standart retsepturada oltingugurt miqdori juda oz bo‘ladi, mass.q: 
Kauchuk – 100 
Oltingugurt – 1,0 
Dibenztiazoldisulfid – 0,6 
Difenilguanidin – 3,0 
Sink oksidi – 5,0 
Stearin kislota – 2,0 
SKI asosidagi hosil bo‘lgan vulkanizatlar quyidagi ko‘rsatgichlargaega 
bo‘ladi:
Cho‘zilishdagi mustahkamlik, MPa – 28 (22
o
С) va 18 (100
o
С) 
Nisbiy cho‘zilish, % kammas – 700 
Ular 133-151
o
C vulkanlanish olib boriladi va uning platosi tor diapozonda 
bo‘ladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling