Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik xossalari
Qo‘llanilishi. SKN kauchuklari o‘zini moyga va agressiv muhitga
chidamligidan ko‘pgina moybenzinga chidamli turli rezina texnik buyumlari (prokladka, salnik, benzinqadoqlari, izolyasion materiallar, elimlar, poyavzal tagliklari) kabi mahsulotlar olishda qo‘llaniladi. Xloropren kauchuk. Xloropren sanoatda quyidagicha olinadi: CH CH CH CH CH 2 CH C CH CuCl:NH 4 :suv CH 2 CH C Cl CH 2 HCl vinil atsetilen xloropren Xloroprenning emulsiyada polimerlash va sopolimerlash asosida olinadi. Polimerlanish jarayonnida mahsulot choklanmasligi uchun boqarilib turiladi. Polimerlanish darajasi, boshqargich (regulyator), eskirishga qarshi moddalar miqdoriga qarab turli markalari ishlab chiqariladi. 58 Xloropren kauchuklar tuzilishiga kura ikkita katta guruhga bo‘linadi: 1. O‘z tarkibida oltingugurt saqlamagan polimer (polimerlanishni rostlovchi sifatida merkaptan ishlatiladi; 2. Xlopren kauchuklar bo‘lib, o‘zida polisulfid ko‘rinishidagi oltingugurt saqlaydi. Uning molekulyar massasi 100000 da katta bo‘lgan polixlorprep (xlorprenli kauchuk) xosil bo‘ladi: Xloroprenning polimerlanishidan molekulyar massasi 100,000 dan kalta bo‘lgan polixlorpren (xlorprenli kauchuk) hosil bo‘ladi. Xloropren kauchuklar quyidagi tuzilishga ega: 85-87% 1,4 trans; 10-13% 1,4-sis va 1-2% 1,2-holat. Kristallanish harorati -10 ÷ -20 o С. Past temperaturali polimerlanish usuli bilan olinadigan xlorpren kauchuk Nairit, xloropren bilan stirolning (3 % ga yaqin) sopolimerlanish natijasida olingani esa Nairits deb ataladi. Bu kauchuklar asosida olinadigan rezinalar arzonligi, yorug‘lik ta’sirida, ishqalanishga chidamliligi va yonmasligi bilan ajralib turadi ular benzin, organik va noarganik eruvchilar va moy ta’sirida chidamli bo‘lib kabel, uzatuvchi tasmalar, elimlar va hakozolar ishlab chiqarishda keng ko‘lamda ishlatiladi. Bunga asosiy sababi xlor atomini elektromanfiy atom borligida, ya’ni uglerod qo‘shbog‘ yonida joylashganligida, -bog‘ni o‘ziga tortib qo‘shbog‘lar elektron zichligini kamaytirishi natijasida xlor atomi harakatchanligi 59 va faolligi kamayadi. Xlorning mavjudligi olovbardoshligi, uglevodorodlarga chidamliligi va adgeziya xususiyati kabi xossalari yuqori bo‘ladi. Nairit – (NT va NP, oltingugurtli va merkaptanli) past haroratda polimerlanib, yuqori kristallanish tezligiga ega va ularni elim olishda qo‘llaniladi. Nairit J – bu suyuq kauchuk bo‘lib, elim, antikorrotsion qoplamalar, germetiklar olishda qo‘llaniladi. Fizik xossalari. Xlopren kauchuklarni zichligi 1200-1240 kg/m 3 , shishalanish harorati - 40 o C, kristallanish harorati -10 o С, solishtirma issiqlik sig‘imi 2177 Dj/(kg K). Uning gaz o‘tkazuvchanligi TK dan 2 barobar yuqori. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling