Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Texnologik xossalari. Faol va kuchaytiruvchi to‘ldirgichlar xloropren 
kauchuklarni mustahkamligini oshirmaydi, ammo ular texnologik xossalarini 
yaxshilashga, moybenzinga chidamliligini, qattiqligini va edirilishga qarshiligini 
ortishiga xizmat qiladi. Xloropren vulkanizatlari atmosfera, ozon, moybenzin, 
agressiv muhitlarga chidamli va olovbardoshliligi bilan ajralib turadi. 
Qo‘llanishi. Bu turdagi kauchuklar bemalol tabiiy kauchukni almashtirish 
mumkin va yuqori elastikli, moybenzinga chidamli materiallar olish mumkin. 
Ayniqsa prokladka, eng, kley, kabel obolochka ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Uning asosiy ushbu kauchkning kamchiligi yuqori zichligi, sovuqbardoshligi
issiqbardoshlik ko‘rsatgichlari pastroqligida. 
 
Etilenpropilen kauchuk (SKEP) 
Etilen propilen kauchuklar etilen va propilenni sopolimeri bo‘lib, eritmada 
kompleks katalizator ishtirokida polimerlab olinadi (Suyuq propilenda ham amalga 
oshishi mumkin). Agarda zanjirda 15% propilen mavjud bo‘lsa, qisman elastiklikni 
namoyon qiladi. Propilenni miqdori ortishi bilan (30-50%), hosil bo‘lgan kauchuk 


61 
amorf tuzilishga ega bo‘lib, yuqori elastikligini namoyon qiladi. Makromolekulada 
etilen bloklarining ko‘pligi strukturada kristallizatsiyani olib keladi, bu esa elastik 
xususiyatlarini yomonlashishiga olib keladi. Shu blan birga polipropilenni blok
miqdori katta bo‘lsa, hosil bo‘lgan kauchukni mexanik va elastik xossalari 
yomonlashadi. Agarda xosil bo‘lgan kauchuk oltingugurt bilan vulkanlanmoqchi 
bo‘lsa, 3 chi sopolimer sifatida biror dien monomer qo‘shish kerak bo‘ladi. Odatda 
ular umumiy miqdorga nisbatan 0,3-2% ni tashkil qiladi. Uning miqdori ortishi 
bilan vulkanlanish tezligi ortadi. 
Sanoatda SKEP va SKEPT markalari ishlab chiqarilib, ularni Muni 
bo‘yicha qovushqoqligi 30 dan 80 gacha, o‘rtacha molekulyar massa 80-250 ming. 
Kauchuklarda turli katalizator qoldiqlari bo‘lishi mumkin (umumiy qo‘rum 0,5%).
Fizik xossalari
Etilen-propilen kauchuklarning xossalari ikkila 
monomerning nisbatiga bog‘liq. Asosan sanoatda 30-40% li propilen mavjudli 
kauchuk ishlab chiqariladi va u deyarli kristallanmaydi. 
SKEP kauchuklarni zichligi 850-870 kg/m
3
, shishalanish harorati -58 ÷ - 
65
o
С, kristallanish harorati -10
o
С, solishtirma hajmiy elektr qarshiligi 20
o
С, 10
14
Om
m. Ular aromatik va alifatik uglevodorodlarda eriydi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling