Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulkanlanishi
Texnologik xossalari. Xloropren kauchuklari saqlanilganda kristallanadi va
qattiqlashadi. SHu sababli oldin uni qizdiriladi. Agarda 0,5% tiozol qo‘shilsa plastikatsiya jarayoni osonlashtiradi. Rezina aralashmasida oz miqdorda xloropren kauchuklari bo‘lsa, mahsulotni atmosfera va ozonga chidamliligi ortadi. Xloropren kauchuklar issiqlik ishlov berishlarga seziluvchanligi uchun rezina aralashmasini tayyorlayotganda uzluksiz ravishda sovutib turish kerak. Aralashtirish harorati 120 o S dan oshmasligi kerak. Ularni barcha texnologik xossalari qoniqarli bo‘lib, yangi aralashmaning yopishqoqligi juda yaxshi bo‘ladi. Vulkanlanishi. Bu turdagi kauchuklar rux oksidi va magniy oksidi bilan choklanish reaksiyasi amalga oshadi, ya’ni xlor atomi bilan sink oksidi ta’sirlashganda 1,2 holatida kislorod o‘tirib, rux xloridi ajraladi. Xloropren kauchuklar tabiiy kauchukni bemalol almashtiradi (elastik va yog‘ga chidamliligi). Agarda rux oksidi va magniy oksidi bilan qo‘llanilsa, vulkanlanish jarayonini sekinlashtiradi, xlorid kislota xosil bo‘lishini kamaytiradi va natijada kuchsiz –S- O-S- bog‘larni hosil bo‘lishiga olib keladi. 2.3.3-Jadvalda xlopren kauchuklarning standart retsepturalari keltirilgan: Ko‘shimchalar nomi Miqdori mass.qism Kauchuk oltingugurtli 100 - Kauchuk merkaptanli - 100 Magniy oksidi 7,6 4,0 60 Rux oksidi 5,0 5,0 Oltingugurt - 1,0 Tetrametiltiruamdisulfid - 1,0 Difenilguanidin - 1,0 Laboratoriya valsda rezina aralashmasini tayyorlashda 40-60 o S haroratda 10- 12 min davomiyligida tayyorlanadi. Standart retsepturada vulkanlanish harorati 143 o S va 30 min. davomida olib boriladi. Hosil bo‘lgan vulkanizatlar quyidagi xossalarga ega bo‘ladi: CHo‘zilishdagi mustaxkamlik, MPa – 22 (oltingugurtli) va 17 (merkaptanli) Nisbiy cho‘zilish, % kammas – 800 Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling