Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

 


63 
Butil kauchuk (BK) 
Butil kauchuk izobutilen va izoprenni polimerlanishi natijasida olinadi. 
Jarayon suyuq fazada ketadi, katalizator sifatida BF
3
, Al
2
O
3
qo‘llaniladi. Hosil 
bo‘lgan kauchuk molekulyar massasi 200-400 ming atrofida bo‘ladi. BK 
to‘yinmaganlik darajasi 1-5% ni tashkil qiladi. BK to‘yinmagan bog‘lari kamligi 
va polimer zanjiridagi to‘rtlamchi uglerod atomi borligi tufayli kimyoviy ta’siriga 
juda chidamli. Butil kauchuk , azon va boshqa oksidlar ta’siriga ham chidamli.
Butil kauchuk ozon ta’siriga chidamliligi SKEPdan pastro, bunga asosiy 
sabab to‘yimagan bog‘lari kamligidan. Ularni turli markalari ishlab chiqariladi (T, 
N, D). D-markasi dielektrik xususiyati yuqori bo‘lganligidan kabel sanoati uchun 
qo‘llaniladi. Masalan, BK-1040T markasida to‘yinmaganligi 1%, Muni bo‘yicha 
qovushqoqligi 40 hamda T-bu eskirishga qarshi fenil 
-naftilamin qo‘shilganini 
bildiradi. 
Fizik xossalari. BK sekin kristallanadi, bu esa cho‘zilishdagi kuchlanishga 
ta’sir ko‘rsatadi.
2.3.5-Jadvalda butadien nitril kauchuklarning fizik xossalari keltirilgan: 
Ko‘rsatgichlar 
BK 
Zichlik, kg/m
3
910 
SHishalanish harorati, 
o
С 
-55 ÷-70 
Dielektrik o‘tkazuvchanlik 
2,3 
Solishtirma hajmiy elektr qarshiligi, Om
m 
10
14 
BK yuqori dielektrik xossalariga ega bo‘lib, namlikda ham dielektrik 
xossalari o‘zgarmaydi. Ular alifatik uglevodorodlarda yaxshi eriydi, aromatik 
uglevodorodlarda nisbatan kamroq eriydi. Ushbu kauchuk polimer zanjirida 
makromolekula qayishqoqligi pastligi va ularning zichligi yuqoriligi sababli gazni 
deyarli o‘tkazmaydi. 


64 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling