Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
Polisulfid kauchuklar
Polisulfid kauchuklar “Tiokol” nomi bilan nomlanib, ishqoriy metall polisulfidlar va digalogenuglevodorodlar, efir va boshqa birikmalarni polikondensatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularning asosiy xom ashyolari dixloretan, glitserin va dixlorangidrin. Odatda ularning molekulyar massasi 1000 dan 4000 gacha (suyuq) va 20000 dan 500000 gacha (qattiq) bo‘lishadi. Qattiq polisulfidlardan eng keng tarqalgani DA markasi (dixlordiefir)dan olingan. Uning zichligi 1370kg/m 3 , shishalanish harorati -43 o С, oltingugurt miqdori 47% gacha bo‘ladi. Aksariyat holatda ular qutbli kauchukni namoyon qiladi. Ular boshqa qo‘shimchalar bilan yaxshi aralashma hosil qiladi. Agarda juda qizib ketsa gaz ajraladi. Rezina aralashmaga qayta ishlash vaqtida dibentiozoldisulfid, difinilguanidin berilsa polisulfid bog‘lari uzilishiga olib keladi, bu esa uning molekulyar massasini kamayishiga va shakllanishini osonlashtiradi. Ularda faol funksional guruhlari mavjudligidan tiokollar metall oksidlari bilan 135-145 o С haroratda vulkanlanadi. Molekulyar zanjirda to‘yinmagan bog‘lar bo‘lmaganligi uchun yuqori yoruqlikka, ozonga havoga chidamli mahsulotlar olishkoniyatini beradi. U benzin, uglevodorod va yog‘larga chidamlidir. 68 2.3.8-Jadvalda polisulfid kauchuklarning standart retsepturasi keltirilgan: Ko‘shimchalar nomi Miqdori mass.qism Polisulfid Kauchuk 100,0 Rux oksidi 10,0 Texnik uglerod DG-100 20,0 Texnik uglerod PM-15 30, Stearin kislota 1 Cho‘zilishdagi mustahkamlik, MPa – 3,5 Nisbiy cho‘zilish, % kammas – 250 Uning kamchiligi – past elastikligi, yomon sovuqbardoshligi, yuqori zichlikka ega ekanligidan turli prokladkalar, englar va boshqa buyumlar olishda (qattiq tiokoldan). Suyuq tiokoldan esa xona haroratida vulkanlanganidan aviatsiya va kemasozlikda germetiklar olishda qo‘llaniladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling