Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Vulkanizatlar xossalari. BK yuqori issiqlikka, ozonga chidamli, gaz 
o‘tkazmaslik, agresiv muhitga va suvga chidamli, yuqori dielektrik xossalarga ega. 
SHuning uchun ularni avtomobil kamera, diafragma, tranporten tasma, kabel 
sanoatida turli buyum va materiallar olishda ishlatiladi. 
 
Akrilat kauchuklar 
Akrilat kauchuklar akril yoki metakril kislotalarni akrilonitril bilan 
emulsiyada polimerlanib olinadi.
Ushbu kauchuk aralash monomerlardan hosil bo‘lib, amorf tuzilishga ega 
bo‘ladi. Sobiq ittifoq davlatlarida akrilat kauchukning BAK-12 markasi ishlab 
chiqarilib, bunda butilakrilatni akrilonitrilni 88:12 nisbatida; BAKX-7 markasi esa 
5-7% 
-xloretilmetakrilat qo‘shib ishlab chiqariladi. Ularning kimyoviy tuzilishi 
quyidagicha: 


66 
Akrilat kauchuklarning MM-700-1700 gacha, zichligi 1020-1050 kg/m
3

shishalanish harorati -32÷ -35
o
С, Muni bo‘yicha qovushqoqligi 25-40 ga teng. Ular 
yuqori gaz o‘tkazmaslik xususiyatiga ega. SHu bilan birga sovuq valslarda 
destruksiyaga uchrashi mumkin, jarayonni oldini olish maqsadida kauchukka 70
o
С 
dan boshlab qo‘shimchalar qo‘shib rezina aralashmasi tayyorlash maqsadga 
muvofiq. Kauchuklar ingredientlar bilan yaxshi kirishishadi, ammo to‘ldirgichlar 
qo‘shilishi bilan jihozga yopishib qolish extimoli mavjud, shuning uchun qayta 
ishlash haroratini kichik intervalda ushlab turish lozim.
Akrilat kauchuklarni vulkanlash uchun organik peroksidlardan foydalanish 
mumkin. SHu bilan birga vulkanlovchi agent sifatida oltingugurt va amin 
birikmalari (uchetiltetraamin, distearat- yoki diatsetageksametilendiamin) hamda 
alkenfenolformaldegid smolalari ham qo‘llaniladi. 
2.3.7-Jadvalda akrilat kauchuklarning standart retsepturalari keltirilgan: 
Ko‘shimchalar nomi 
Miqdori mass.qism 
I retseptura 
II retseptura 
Kauchuk
100,0 
100,0 
Oltingugurt

0,5 
Trietilentetramin 

2,0 
Alkenfenolformaldegid smola 
2,0 

Xlorli metall 
2,0 

Stearin kislota 
1,0 
1,0 
Texnik uglerod PM-75 
50,0 
50,0 
Aralashmani mustahkamlik xossalarini oshirish maqsadida aralashmaga 
faol to‘ldirgichlar qo‘shilishi ( yaxshi shakllanishi uchun) maqsadga muvofiq.
Vulkanlanishi. Odatda vulkanlanish vaqtida turli peroksidlar ishlatiladi, 
harorat 150
o
С va 30-80 minut davomida olib boriladi. Umumiy zanjirda 
qo‘shboqlari yo‘qligi sababli ozon va kislorodga chidamlidir.
Cho‘zilishdagi mustahkamlik, MPa – 10 
Nisbiy chuzilish, % kammas – 280 


67 
Bu turdagi kauchuklarda to‘yinmagan bog‘lari mavjud bo‘lmaganidan ozon 
va kislorod ta’siriga o‘ta chidamlidir. Ushbu turdagi kauchuklar yuqori haroratga 
chidamliligi bilan boshqa turdagi sintetik kauchuklardan ustun turadi. Ularning 
asosiy kamchiligi vulkanlanish jarayonini uzoq davom etishi, vulkanlanish 
jarayoniga metallarga adgezion xususiyati yuqoriligi va sovuqbardoshlik 
ko‘rsatgichi ancha pastligidadir. 
Akrilat kauchuklari qimmatli xossalaridan ko‘pgina sohalarda qo‘llash 
imkoniyatini beradi, ayniqsa avtomobilsozlikda moy va benzinga chidamli 
zichlagichlar (uplotnitel) va elektr-texnik buyumlar olishda ham qo‘llaniladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling