Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulkanlanishi
Texnologik xossalari. Bu turdagi kauchuklar ko‘p plastikatsiyaga
uchratilmaydi va tezda shakllantiriladi, yuqori yopishqoqlikka ega. Ular tez shakllanadi va yaxshi yopishqoqlikka ega. Uning asosiy kamchiligi termoplastikligi kamligidadir, bu esa polimer va aralashmani yuqori sovuq holdagi oquvchanligini belgilaydi. SHu bilan birga kauchukni karkasligi kamligidan to‘liq shakllanish mobaynida o‘zini yaxshi saqlamaydi. Texnologik xossalarini yaxshilash maqsadida yuqori haroratda ishlov beriladi va natijada sovuq holatda oquvchanligi kamayadi va mustahkamligi oshadi. Butil kauchuk to‘yinmagan kauchuklar bilan yaxshi sovulkanlanmaydi, oz miqdorda uning qo‘shilishi mexanik xossalarini yomonlashuviga olib keladi. SHuning uchun bu turdagi kauchuklarni alohida aralashtirgichlarda amalga oshiriladi. Bu turdagi kauchuklarni issiqlik ishlov berilishi ikki usulda olib boriladi. 1. Matoch aralashmani 160 o C haroratda 30 min davomida qozonda qizdiriladi va so‘ngra 5 min. valslanadi; 2. Kauchukni 15-20 minut davomida 175-230 o C haroratda qo‘shimchalar bilan aralashtiriladi (harorat to‘ldirgich turiga bog‘liq). Hosil bo‘lgan aralashmani pufakchalar hosil bo‘lmasligi uchun 95-105 o C haroratgacha sovutiladi va so‘ng boshqa qo‘shimchalarini qo‘shiladi. Vulkanlanishi. Ushbu kauchuklar to‘yinmagan bog‘lari kamligidan uzoq vaqt davomida vulkanlanadi, agar to‘yinmagan miqdori 0,8-2% dan ortsa vulkanlanish tezligi 4 barobar ortadi. Odatda tezlashtirgichlar sifatida faol tezlashtirgichlar (tetrametiltiuramdisulfid) qo‘llaniladi. Qarishini oldini olish maqsadida yuqori haroratda alkilfenolformaldegid smolalari qo‘shiladi. BK aralashmalarni vulkanlanish harorati 150-200 o C da olib boriladi, undan pastroq haroratda mustahkamlik xususiyatlari kamayadi. Butil kauchuk deyarli yuqori to‘yinmagan kauchuklar bilan kirishmaydi (polixloroperndan tashqari). 2.3.6-Jadvalda BK kauchuklarning standart retsepturalari keltirilgan: Ko‘shimchalar nomi Miqdori mass.qism 65 BK Kauchuk 100,0 Oltingugurt 2,0 Merkaptobenztiozol 0,65 Tetrametiltiruamdisulfid 1,3 Rux oksidi 5,0 Stearin kislota 3,0 Texnik uglerod DG-100 50,0 Laboratoriya valsda rezina aralashmasini tayyorlashda 40-50 o С haroratda 30 min davomiyligida tayyorlanadi. Standart retsepturada vulkanlanish harorati 143 o С va 30-50 min. davomida olib boriladi. Hosil bo‘lgan vulkanizatlar quyidagi xossalarga ega bo‘ladi: CHo‘zilishdagi mustahkamlik, MPa – 17 (BK-1030T) va 18 (BK-1045T) Nisbiy cho‘zilish, % kammas – 700 (BK-1030T) va 600 (BK-1045T) SHu bilan birga adgezion xossalarini yaxshilash uchun, boshqa kauchuklar bilan yaxshi kirishishi hamda issiqlikka chidamligini oshirish maqsadida bu turdagi kauchuklarni galogenlash jarayoniga utratiladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling