Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

2.4 Blok sopolimerlar 
Sanoatda qo‘llaniladigan kauchuk-elastomerlar turli tuzilishga ega bo‘lgan 
gomopolimerlardir. Ammo elastomerlarni ayrim xossalarini yaxshilash maqsadida 
payvand va blok sopolimerlardan foydalaniladi. Ularni ichida blok sopolimer katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, odatda u qaytariluvchi gomopolimer bloki va statik 
sopolimerdan iborat bo‘lib, tuzilishi va tarkibi bo‘yicha farqlanadi.
Yuqori molekulyar birikmalar molekulasi oddiy bo‘g‘inlardan tashkil topgan 
bo‘lib, ular quyidagigcha o‘zaro bog‘langan bo‘ladi:
- А - А - А - А - А - А - А - ёки
n
- A -
bu erda, A-takrorlanuvchi bo‘g‘in, n-bo‘g‘inlar soni, polimerlanish darajasini 
ifodalaydi. 
Polimerlarni hosil qiladigan qo‘yi molekulali moddalarni monomerlar 
(mono-bir demakdir) deb ataladi. Agar polimer hosil bo‘lishida monomer 
molekulasi o‘zgarmagan holda makromolekula tarkibiga, takrorlanuvchi bo‘g‘in 
monomer bo‘g‘in deb ataladi. Polimer hosil bo‘lishida turli xil monomerlar 
ishtirok etsa turli tarkibli bo‘g‘inlar ko‘p marta takrorlansa bunday polimerlar 
sopolimerlar deb ataladi. Masalan tarkibi turlicha bo‘lgan monomer bo‘g‘inlarini 
A,B,S deb ifodalasak , ulardan hosil bo‘lgan sopolimerlarning tuzilishi 
quyidagicha bo‘ladi; 
- A - A - B - A - B - B - A - B - A - A - C - C - ёки - А - В - В - С - А - С - С - В - А - В - 
Sopolimer 
molekulasida 
ko‘p 
marta 
qaytariladigan 
bo‘g‘inlar 
joylashishining ketma-ketligi tartibsiz bo‘lsa bunday sopolimer statik sopolimer 
deb ataladi.
Ba’zi sopolimerlar makromolekulyasida elementar bo‘g‘in betartib emas, 
balki yaxlit uzunlikdagi blok tarzida joylashgan bo‘ladi. Bunday sopolimerlarga 
blok sopolimerlar deb ataladi. 
(Masalan: -A-A-A-A-A-A-B-B-B-B-B-B-B-B-) 
Blok sopolimer asosan ikki yoki o‘ndan ortiq chiziqsimon polimer yoik 


77 
chiziqsimon polimer bilan monomerlarning o‘zoro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi 
amalda blok sopolimer quyidagi yo‘llar bilan sintez qilinadi: 
a) ikki hil polimer makromolekulali turli yo‘llar bilan makroradikaligi 
aylantiriladi va bunday makroradikallarni o‘zoro birikishi natijasida blok 
sopolimer hosil bo‘ladi; 
b) biror polimer makromolekulalarini aktivlashtirish yo‘li bilan 
makroradikallar hosil qilinadi, so‘ngra bu radikallarga ikkinchi hil monomer ta’sir 
ettirib blok sopolimer olinadi; 
v) makromolekulalarining uchlaridagi funksional gruppalari turlicha bo‘lgan 
ikki xil polimer makromolekulalarini o‘zoro kondensatlanish reaksiyasiga kiritish 
bilan ham chiziqsimon blok sopolimer hosil qiladi. 
Hosil bo‘lgan blok sopolimer tuzilishining afzalligi shundaki, uni qayta 
ishlash davrida polimerni mikroqavatlanishi, ya’ni bir xil tabiatli mikrobloklar 
hosil bo‘ldi va u statiksopolimer tuzilishidan tubdan farq qiladi.Ular bir necha 
shishalanish haroratiga (T
sh
) ga ega bo‘ladi (har qanday blok alohida), suyuqlanish 
harorati esa, qaysi bir blokning suyuqlanish harorati yuqori bo‘lsa shu T
s
bo‘ladi. 
Agarda blok sopolimerga mikrochegarasiga quyi komponentni kiritilsa, ularning 
erish darajasi ortadi.
Ikki blokli polimerdan kauchuk olinsa (A-B), agarda A bloki shishalanishga 
va qattiq kristallanishga moyil termoplast blokki va B esa elastik polimerdan iborat 
bo‘lsa, u holda hosil bo‘lgan kauchuk termoplast yoki zarbga chidamli plastmassa 
xususiyatini namoyon qiladi. Ko‘p holatlarda uch blokli polimerlarni olish qatta 
qiziqish uyg‘otadi (A-B-A). Bu erda ikki tomondagi A blok termoplast bo‘lib, B-
elastomer polimer. Komponentlarning ma’lum nisbatlarida va shishalanish harorati 
past bo‘lgan vaqtda A-bloklar vulkanizatlarga o‘xshab yuqori mustahkamlikka va 
past elastiklik, ortiqcha cho‘zilish ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Agarda 
shishalanish haroratida yuqori bo‘lganda A-blok sopolimer yuqori elastik holatga 
o‘tib turli qayta ishlash usullari bilan shakllanish xususiyatini namoyon qiladi. Bu 
turdagi polimerlarni termoelastomerlar (TEP) deb ataladi. 


78 
Ushbu turdagi polimerlarda izopren stirol va butadien stirol uch blokli blok 
sopolimerlar keng qo‘llaniladi (IST va DST). Bunda polimer tarkibida stirolni 
miqdori 20 dan 60% gacha bo‘lganda mustahkamligi yuqori bo‘lgan materiallar 
olish imkoniyatini beradi. Oxirdagi polistirol bloklar bir xil o‘lchamda bo‘lishi 
polistirol domenlarni hosil bo‘lishiga hamda to‘g‘ri tuzilishga ega bo‘lgan polimer 
hosil bo‘lishiga olib keladi. Ularning molekulyar massasi juda yuqori bo‘lishi 
kerak, ya’ni 10 mingdan 45 ming gacha, izopren va butadienniki esa 35 ming dan 
135 minggachadir. Ularni qayta ishlash 100-200
o
С atrofida bo‘ladi, agarda qayta 
ishlash uzoq davom etsa mexanodestruksiyaga uchraydi va uning mustahkamlik 
xossalari sezilarli kamayadi. Ularning asosiy kamchilik issiqbardoshlikgi 
pastligidir. Ayniqsa 50-70
o
С bu ko‘rsatgichlar tushib ketadi va okuvchanlik 
xususiyatini namoyon qila boshlaydi. Ularni poyafzal, o‘yinchoq, tibbiyot 
buyumlari, magnitlar, eng va boshqa buyumlar olishda qo‘llaniladi. 
Makromolekula zanjirida to‘yinmagan blok qismlarini ko‘pligi hosil bo‘lgan 
materialning ozonga, atmosfera chidamliligini kamaytirib yuboradi.
Makromolekulani asosiy zanjiriga ikkinchi biror monomer bo‘g‘inlari 
quyidagicha bog‘langan bo‘lsa, bunday sopolimerlarga payvand sopolimerlar deb 
ataladi. 
Makromolekulada yonma-yon joylashagan monomer bo‘g‘inlari bir-
biriga nisbatan turli fazoviy xolatlarni (konfiguratsiya) egallaydi. Polimer 
makromolekulyasida monomer bo‘g‘inlarining bir-biriga nisbatan qanday 
holatda birikkanligi uning izomerlari deb ataladi. Odatda bunday 
birikmalar uch xil bo‘ladi. Birinchisi boshga-bosh, ikkinchisi boshga-dum, 
uchinchisi dumga-dum. Agar СH
2
=CH tipidagi monomerlarning СН
2



79 
guruhini «bosh» va СН dum hisoblasak, yuqorida aytilgan uch xil birikish 
quyidagi shaklni oladi:
Polimerlanish jarayonida α-hosilasi vinil monomerlaridagi o‘lchamli 
uglerod atomlari makromolekulyar zanjirda
assimmetrik bo‘lib, D yoki L -
sterik konfiguratsiyadan biriga ega bo‘ladi. YA’ni makromolekuladagi 
elementar xalqa qutblangan nur tekisligini unga buruvchi D shakl va 
chapga buruvchi L shaklli fazoviy izomerlarga xos bo‘ladi.
Polimerlanish sharoitiga qarab D yoki L shakli fazoviy izomerlarga 
xos makromolekulalar olish mumkin. Bunday polimerlar izotaktik
polimerlar deb ataladi.
Makromolekula zanjirida D yoki L konfiguratsiya assimmetrik 
atomlar navbatma-navbat qaytariladigan polimerlar sindeotaktik polimerlar 
deb ataladi. Ataktik polimerlarda assimmetrik uglevodorodlar D yoki L 
konfiguratsiyalar betartib joylashagan bo‘ladi. Tekislikda bunday 
polimerlarni quyidagicha tasvirlash mumkin.
R
R
С
С
Н
R
С
R
Н
С
С
С
Н
R
С
R
Н
С
Н
Н
Н
Н
R
R
Izotaktik polimerlar tekislikda quyidagicha ifodalanadi.


80 
Sindiotaktik polimerlar tekisliklikda quyidagicha tasvirlanadi. 
R
Н
Н
Н
С
Н
R
С
R
С
С
С
Н
R
С
R
Н
С
С
R
R
Н
R
Н
Ataktik polimer 
Izotaktik va 
sindiotaktik 
polimerlar 
umumiy 
stereotartibli polimerlar yoki stereoregulyar nomi bilan yuritiladi. 
Ba’zan makromolekula stereoblok strukturali qismlardan, ya’ni 
izotaktik va ataktik tuzilishga ega bulgan tuzilishlardan tashkil topishi xam 
mumkin. 
Makromolekula 
zanjirida 
elementar 
bu 
o‘rinlarning 
joylashishiga 
qarab 
regulyar 
va 
noregulyar 
polimerlarga 
bo‘linadi. 
Regulyar 
polimerlarga 
misol 
qilib, 
kauchukni keltirish mumkin. Kauchuk makromolekulasida izopren 
bo‘g‘ini bir-biri bilan 1.4 holatda, ya’ni bosh-dumga birikkan. Agarda 
elementar bo‘g‘inlar tartibsiz biriksa, ya’ni bosh- dumga yoki «bosh-
bosh»ga holatda makromolekula hosil qilsa bunday polimerlar noregulyar 
polimerlar deb ataladi. Bundan tashqari polimerlarning elementar 
bo‘g‘inlari stereoregulyar tuzilishga ega bo‘ladi. Stereoregulyar 
polimerlarda monomer bo‘g‘ini tekislikda aniq holatda joylashganligidan 
tashkari fazoviy tuzilishda xam shu tartibda joylashadi. Ikkala holatda ham 
monomer bug‘ini «bosh-dum» ga ko‘rinishida birikadi. 
С
Н
R
R
Н
С
R
Н
С
С
Н
R
С
Н
R
R
Н
С
R
Н
С
С
Н
R


81 
Polimerlarni 
sintez 
qilishda 
yoki 
ishlatish 
vaqtida 
monomer 
bo‘g‘inlarining 
joylashishi 
regulyar 
va 
noregulyar 
ko‘rinishda 
bo‘ladi. 
Bunday 
holatda 
polimerning 
tuzilishi 
uning 
xossalariga 
ta’sir 
qilishi 
mumkin. 
Makromolekulaning 
regulyar 
tuzilishi 
uning 
mexanik, 
fizik va boshqa xossalariga ta’sir etadi. Regulyar polimerlarda 
makromolekula zanjiri bir - biriga juda yaqin joylashgan bo‘lib, 
makromolekulalarning 
bir-biriga 
molekulalararo 
kuchning 
ta’sir 
samaradorligi (effekti) yukori bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, makromolekula 
zanjirida, harakatchan vodorod atomlari va polyar guruhlarini bir-biriga 
juda yaqin joylashgan vaqtida ularning bir-biriga molekulalararo ta’sirining 
samaradorligi, faol vodorodning va makromolekulaning musbat 
bo‘g‘inlarining manfiy bo‘g‘inlariga ta’sirida namoyon bo‘ladi. Monomer 
bo‘g‘inlari 
makromolekulada 
regulyar 
joylashgan 
bo‘lsa, 
uning 
kristallanishi uchun sharoit tug‘iladi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 
Sopolimerlanish, molekulyar massa, tuzilishi, bog‘lar joylashuvi, asosiy zanjir 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Sopolimerlar, blok sopolimerlar, ularning tuzilishidagi farqi
2. Payvand sopolimerlarning blok sopolimerlar tuzilishidagi farki nimada.
3.Polimerlarning identik davri haqida nima bilasiz. 
4.Ataktik polimerlar tekislikda qanday ifodalanadi. 
5.Izotaktik polimerlar tekislikda qanday ifodalanadi. 
6. Sindotaktik polimerlar tekislikda qanday ifodalanadi. 
6.Stereoregulyar polimerlarga misollar keltiring. 
7. Regulyar va noregulyar polimerlarga misollar keltiring. 


82 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling