Microsoft Word Материал резина lotin


Kremniy organik (siloksan) kauchuklar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

Kremniy organik (siloksan) kauchuklar 
Dimetil 
silandiolning 
polikondensatlanish 
mahsulotidir. 
Siloksan 
kauchuklarda asosiy zanjirda kremniy va kislorod atomlaridan tashkil topgan 
zanjirlardan iborat. Kremniy organik kauchuklar issiq va sovuqqa nihoyatda 
chidamliligi bilan, ya’ni yuqori va past temperaturalarda elastiklik xossalarini 
saqlab qola olishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ulardan keng temperatura 
oraligida (-70°С dan + 250°С gacha) ishlaydigan rezina-texnika maxsulotlari 
tayyorlashda bemalol foydalanish mumkin. Organik radikallarning tabiati, ularning 
xossalariga, ayniqsa issiqbardoshliligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Agarda 
o‘rindoshlarida fenil guruhi mavjud bo‘lsa, uning issiqbardoshlik ko‘rsatgichi juda 
yuqori bo‘ladi. Zanjir va o‘rindoshlarning kremniy atomiga nisbatan 
harakatchanligi 
yuqoriligidan 
past 
haroratda 
chidamliligini 
ko‘rsatadi 
(dimetilsiloksan kauchukni shishalanish harorati – 130
o
С). Ularning zanjiri tartibli 
tuzilishga ega bo‘lganidan yuqori kristallanish xususiyatiga ega va natijada oz 
vaqtda elastikligini yuqatadi. 
Fizik xossalari. Hosil bo‘lgan bo‘lgan kauchuk zichligi 980 kg/m
3

shishalanish harorati – 130
o
С, kristallanish tezligi -54
o
С. Odatda ular dielektrik 
xususiyatlari organik kauchuklardan 2 barobar katta. Ular aromatik va alifatik 


73 
uglevodorodlarda, xloroform, atseton, dioksanlarda yaxshi eriydi, metanol va 
diglikollarda esa umuman erimaydi. 
Texnologik xossalari. Siloksan kauchuklar molekulyar massasi kattaligiga 
qaramasdan past qovushqoqlikka hamda yuqori sovuqoquvchan xususiyatga ega.. 
Agarda yuqori mustahkamlik xossalri RTB olmoqchi bo‘lsa, retsepturada 
mustahkamlovchi to‘ldirgichlar (kolloid kremkislota) qo‘shilishi kerak. Odatda bu 
turdagi kauchuklar qo‘shimchalar bilan yaxshi dispergatsiyaga uchramaydi
aralashma sifatli bo‘lishi uchun uzoq vaqt davomida aralashtirishni olib borish 
kerak. SHu bilan birga rezina aralashma tayyorlayotganda jihoz yaxshi tozalangan 
bo‘lishi kerak va begona qo‘shimchalar qo‘shilishini oldini olish kerak. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling