Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
2.5 Suyuq kauchuklar
Zamonaviy rezina buyumlar ishlab chiqarish, yuqori molekulyar qattiq kauchuklarni qayta ishlashga asoslangan. Bu esa ko‘p bosqichlilik, katta energiyaning sarfi va ko‘p ish kuchini talab qiladi. Bu o‘z o‘rnida yuqori qovushqoqlikga ega ko‘p komponentli sistemalarni qayta ishlash kerakligini taqozo etadi. Ayrim buyumlarni ishlab chiqarishni takomillashtirishning yana bir mavjud yo‘li suyuq kauchuklarni – oligomerlarni, ya’ni makromolekulali segment «M» qiymatiga yaqin bo‘lgan «M» ko‘rsatkichli polimerlarni qo‘llashdir. «M» qiymatiga ega oligomerlar yuqori elastiklik xossa namoyon qilmaydi va uncha yuqori bo‘lmagan qovushqoqlikga egadir. Reaksion qobiliyatli oligomerlardan bir vaqtning o‘zida ham yuqori molekulali elastomer materiallardan, ham katta bosim qo‘llamasdan buyumlar olish. Masalan, suyuq shakllash. Dienlar yoki dienlarning «M» ko‘rsatkichlari 1000 dan 15000 bo‘lgan olefinlar bilan sopolimerlari asosidagi suyuq kauchuklardan yuqori sifatli rezina olishga urinishlar kerakli ko‘rsatkichlarni bermadi. CHunki bu kauchuklarni vulkanlagandan keyin faol bo‘lmagan qismi yuqori bo‘lgan rostlanmaydigan (noregulyar) vulkanizatsion to‘r xosil bo‘ladi (polimer molekulalarining to‘rga birikmagan uchlari). Tarkibida to‘ldiruvchi sifatida kuchaytiruvchi texnik uglerod saqlagan vulkanizatlarni uzilishdagi mustahkamligi 10 MPa katta bo‘lmagan uzilishda (100-200%) nisbatan chuzilish va ishkalanishga qarshiligi past buladi. Bunaka kauchuklarni yuvilib ketmaydigan va o‘rnidan ko‘chmaydigan plastifikatorlar sifatida tabiiy va sintetik kauchuklarda ishlatish mumkin. Masalan, germetika, zamaska va boshka narsalar ishlab chikarishda. Tarkibida aktiv uchlarga ega funksional guruxli oligomerlarga katta qizikish bor. Bu funksional guruxlarni borligi polimerni «M» ko‘rsatkichini oshirishga yordam beradi. Bunda fazoviy strukturalovchi agent yordamida ularni tikilishi va doimiy ko‘ndalang bog‘lar joylashgan oralik struktura hosil bo‘ladi. Bunda tur (setka) noaktiv qismlarga ega emas. 83 Bunday oligomerlar uretanli kauchuk sintezida keng ko‘llaniladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling