Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
2.6. Sintetik latekslar
Sintetik latekslar o‘zi mos keluvchi sintetik kauchuklarning suvli dispersiyasini namoyon qiluvchi va asosiy kolloid-kimyoviy xossalari bo‘yicha tabiiy lateksga analogidir, Sintetik latekslarida kauchuk zarralari manfiy zaryadga ega, elektrolitlar ta’sirida esa koogulyasiya kuzatiladi. Latekslarning qovushqoqligi ularning konsentratsiyasi va zarralari o‘lchamiga bog‘liq. O‘lchamiga ko‘ra sintetik latekslar zarralari tabiiy latekslar zarrachalari o‘lchamidan o‘rtacha kichik va bir xilda. SHuning uchun ham sintetik latekslar tabiiy latekslarga nisbatan mexanik turg‘unroq, va kam cho‘kmaga tushadi va kam qavatlarga ajraladi. Sintetik latekslardagi mayda o‘lchamli kauchuk zarralari propitka ya’ni matolarga shimdirilishini osonlashtiradi. Sintetik latekslar hosil qilgan plyonkalar ya’ni qoplamalar asosan polimerlar hususiyatiga mos keladi. Xloropren lateksi hosil qilgan plyonkalar yong‘in bardosh, benzin, moyga bardosh va kimyoviy agressiyaga bardosh hususiyatiga ega. Polisulfidli latekslar hosil qilgan plyonkalar turli erituvchilarga turg‘unligi bilan ajralib turadi. Sintetik latekslar tarkibiga kauchuk va suvdan boshqa emulgatorlar, eskirishga qarshi protivostaritellar, polimerizatsiya regulyatorlari va boshqa komponentlar kiradi. Emulgatorlarning konsentratsiyasi va tabiati polimerlanishda reaksion aralashmaga qo‘shish usuli hamda neorganik elektrolitlar qo‘shimchalari kabi omillar lateksdagi kauchuk zarrachalari o‘lchami va o‘z navbatida lateksning turli mexanik issiqlik ta’sirlarga va boshqa ta’sirlarga turg‘unligini belgilaydi. Lateksda emulgator qancha kam bo‘lsa, shuncha turg‘unligi kam. SHu bilan birga polimerizatsion sistemada emulgator miqdorining kamayishi kauchuk zarrachalari o‘lchamini ortishiga, plyonka mustahkamligi ortishiga va plyonkaning qurish tezligi ortishiga olib keladi. 93 Lateks plyonkalarining sifati va mustahkamligini lateksga turli to‘ldiruvchilar, yumshatgich, smola, plastifikatorlar qo‘shish bilan yaxshilash mumkin. Ayrim sintetik latekslar tavsifi. Divinil - stirol, divinil - nitril, divinil xloroprenli, karboksilat lateksi. Divinil-stirolniy lateks - 24-55% li ko‘rinishida ishlab chiqarildi. Mazkur lateks matolarga surkashda, jelatinalashda, ko‘pik hosil qilishda, kleylashda ishlatiladi. Lateks CKC-30 SHXP. SH - shina kordlariga shimdirilish uchun, X- Xolodnыy, P - parafinli. Lateks CKC - 30 P. P - zichlovchi prokladkalar. ya’ni mazkur lateks konserva prokladkalar ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. Lateks CKC-50 PG. P – penistiy (ko‘pikli). G – goryachiy. Mazkur lateks g‘ovakli materiallar, avtomobil o‘rindiqlarini olish uchun. Lateks CKC - 50 I. I - izolyasiyalovchi. Mazkur lateks kabel ishlab chiqarishda izolyasiyalovchi materiallar olish uchun. Divinil-nitril lateksi - CKN-40 25-50% li miqdorda ishlab chiqariladi. Benzin, moyga bardosh g‘ovakli, qolipli buyumlar olish uchun. Xloropren lateksi (Nairit) – L-2, L-3, L-4, L-57, LD markalari bor. Mazkur lateksni kleylanish xususiyati yuqori. Divinil lateksi - rezina – asbest buyumlar olishda qo‘llashda qo‘llaniladi. Korboksilat lateksi – shina kordlarini shimdirishda qo‘llaniladi. TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Lateks, kaogulyasiya, sirt faol moddalar, tibbiy ashyolar, markalari, emulsiya, suspenziya TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Sintetik latekslarning turlari. 2. Sintetik latekslarning asosiy manbalari. 3. Sintetik latekslarning umumiy xossalari 4. Sintetik latekslarning markalari. 5. Sintetik latekslarga talab va qo‘llanilishi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling