Microsoft Word Материал резина lotin
Vulkanlanish koeffitsienti –
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog’langan oltingugurt , % Vulkanlanish vaqti, soat
Vulkanlanish koeffitsienti – bu kauchuk massasiga nisbatan bog‘langan
oltingugurt massasi foizda ifodalanishi À S K ñâÿç b 100 100 K v – vulkanlanish koeffitsienti S svyaz - rezinada bog‘langan oltingugurtni miqdori A - rezinada kauchukning miqdori. Vulkanizatsiya jarayonida kauchukning o‘zgarishi Oltingugurtli vulkanlanishda kauchukning xossalari o‘zgaradi, boshlang‘ich jarayonda keskin o‘zgaradi, keyinchalik sekinlashib boradi. Xossalar o‘zgarishi quyidagilardan iborat: 1. kauchukning elastikligi va cho‘zilishga mustahkamligi keskin oshib boradi, kauchukning plastikligi yo‘qoladi. 2. issiklikki bardoshlik va eskirishga qarshilik oshib boradi. 3. kauchuk eruvchanligini yo‘qotadi, erituvchi moddalarda chegaralgan holda bo‘kadi. 4. vulkanlanish jarayonida uzilish vaqtidagi nisbiy cho‘zilish qamayib boradi. Quyidagi rasmda oltingugurtni kauchuk bilan har xil xaroratdagi birikishini kinetik egri chiziq bilan ko‘rsatilgan. 1 3 2 8 6 2 0 4 8 12 16 20 24 Bog’langan oltingugurt , % Vulkanlanish vaqti, soat 101 Vulkanlanish optimumi va platosi. Tabiiy kauchuk vulkanizatsiyalashtirilganda uning fizik-mexanik xossalari chegaralgan holgacha yaxshilanadi, bu holat maksimum yoki minimum ko‘rsatgichlar bilan belgilanadi. Vulkanizatning eng yaxshi fizik-mexanik ko‘rsatgichlari, vulkanizatsiya boshlanishdan keyingi bir biriga davomiyligi yaqin vaqt orasida erishiladi. Vulkanizatning fizik-mexanik va texnik xossalarini eng yaxshi sifatini ta’minlovchi eng kichik vulkanizatsiyalanishi vaqti vulkanizatsiyaning optimumi deb ataladi. Vulkanizatsiya optimumi ko‘pincha vulkanizatning cho‘zilishga bardoshligi o‘zgarishiga qarab aniqlanadi. Cho‘zilishga eng yaxshi mustaxkamlikni ta’minlovchi, vulkanizatsiyaning minimal vaqti, vulkanizatsiya optimumi bo‘ladi. Keyingi vulkanizatsiyalashtirish optimumdagi so‘nga, fizik-mexanik xossalari yomonlashadi, bu holat ortiqcha vulkanlanish (perevulkanizatsiya) deyiladi. Tabiiy kauchukning vulkanlanish optimumi uzilishga qarshiligiga (po soprotivleniyu razdiru) qarab aniqlanishi xam mumkin, optimumga etganda qarshilik eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘ladi. Bundan tashqari optimum xloroform ekstrakti miqdori va bo‘kish ko‘rsatgichlari minimal bo‘lganda aniqlanadi. Sintetik kauchuklarning vulkanizatsiya optimumini aniqlash bir necha qeyinroq ayniqsa natriy-butadien va butadien-stirol asosidagilar. Chidamlilik o‘zgarishi cho‘zilganda vulkanlanish jarayonida butadien-stirol kauchukning monoton qo‘rinishda bo‘ladi. Bu xolatda vulkanizatsiya optimumi cho‘zilishdagi chidamlilik tez o‘sish tugash vaqtiga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik o‘zgarish sekinlashib davom etadi. Sintetik kauchuklarning vulkanizatsiya optimumini aniqlashda e’tibor beriladigan ko‘rsatgichlar: nisbiy kuchlanshi, berilgan uzayishda, nisbiy va qoldiq cho‘zilish, siqishdagi modul o‘zgarishga qarab xam sintetik kauchuklar 102 optimumini aniqlash mumkin. Optimum nuqtasida modul o‘zgarishi egri chizig‘i keskin egilish xosil qiladi ,undan keyin modul o‘zgarishi sekinlashadi. Vulkanizatning fizik-mexanik xossalari optimal ko‘rsatgichlarga etganidan keyin, keyingi xolat birdaniga yomonlashmaydi. Vulkanlanish optimumdagi yuqori fizik-mexanik xossalar saqlanib turshi davri vulkanlanish platosi deb nomlanadi. Amaliyot nuqtai nazaridan yuqori xossalar natijasi bir qancha vaqt saqlanib qolishi katta ahamiyatga ega. Bunda rezinani ortiqcha vulkanlanishga o‘tish xavfi kamayadi. Vulkanlanishda keng plato va tor plato kuzatilishi mumkin. Vulkanlanish platosi, optimum singari vulkanizatsiya haroratiga, kauchuk tabiatiga tezlatgich xususiyatiga va boshqa rezina aralashma ingredientlariga bog‘liq. Qalin og‘ir mahsulotlar vulkanlanishda notekis qizdirilishi kuzatiladi. Rezinaning issiqlik o‘tkazishi pastligi uchun ichki qismi kamroq tashqi qism ancha ko‘proq qizdiriladi va vulkanlanadi. Bunday xolatda tashqi qismlar ortiqcha vulkanlanishi ichki qismlar kam vulkanlanishi bor. 103 Sintetik kauchuklar etarli darajadagi keng vulkanlanish platosiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga vulkanlanish jarayoni juda murakkab bo‘lib, asosiy jarayon (qo‘ndalang bog‘larning hosil bo‘lishi)dan tashqari qo‘shimcha kimyoviy jarayonlar ham (sikllanish va polimer zanjirlarni modikatsiyalanishi, vulkanlovchi bog‘larning qayta guruhlanishi, termik va oksidlanish destruksiya kabilar boradi. Vulkanlovchi agent miqdorini sarvlanishi natijasida shakllanish jarayoni sekinlashib qo‘shimcha jarayon ortib boradi, bu esa vulkanizatni vaqt o‘tishi bilan xossalarini yomonlashuviga olib keladi. Bunday jarayon vulkanlanish jarayoni Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling