Microsoft Word Материал резина lotin
III. BOB. Rezina korishmalari tayyorlash uchun qo‘shimchalar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
III. BOB. Rezina korishmalari tayyorlash uchun qo‘shimchalar
(ingredientlar). Vulkalash sistemasi. 3.1 Vulkanlovchi moddalar Tabiiy va sintetik kauchuklar va latekslar toza yoki vulkanizatsiya qilinmagan xolda deyarli qo‘llanilmaydi. Elim tayyorlashda, izolyasion lenta ishlab chikarishda 1% dan ortiq sof xolatda kauchuk ishlatilmaydi. Amaliyotda asosan RTB olishda vulkanizatsiya qilingan rezina aralashmasi – ya’ni rezina qo‘llaniladi. Rezinaga kerakli bo‘lgan xossani berish uchun kauchuklar organik yoki noorganik, sochiluvchan yoki suyuk moddalar bilan aralashtiriladi (qorishtiriladi) va undan keyin vulkanizatsiya qilinadi. Hamma qo‘shilgan moddalar ingredientlar, ya’ni «tarkibiga kiruvchi» nomi bilan yuritiladi. Rezina aralashmasiga kiruvchi asosiy komponentlar vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: kauchuklar va regenerat (ishlatilgandan keyin qayta ishga yaroqli qilingan. dastlabki xususiyatlari tiklangan material); vulkanlovchi moddalar; vulkanlanishni tezlatuvchi; vulkanlanishni aktivlashtiruvchi; REZINZA kauchuk Tezlashtirgich Eskirishga qarsh moddalar va antioksidantlar Bo’yo’qlar Plastifikatorlar To’ltirgichlar Vulkanlovch modda (agent) Yumshtgich 95 eskirishga qarshi turuvchilar (protivo-stariteli); plastifikatorlar; aktiv to‘ldirgichlar (vulkanizat mustahkamligini oshiruvchi) va noaktiv to‘ldirgichlar; Maxsus vazifa bajaruvchi komponentlar: g‘ovak hosil qiluvchilar (poroobrazuyuщie); podvulkanizatsiyani sekinlashtiruvchilar; rang beruvchi moddalar va boshqalar. YOrdamchi materiallar: upalashtiruvchi (opudrivayuщie). Rezina aralashmasida kauchukning miqdori 5 dan to 92% gacha bo‘lishi mumkin. Kauchuk va vulkanizatsiya uchun kerakli bo‘lgan ingredientlar aralashmasi odatda to‘ldirilmagan (nenapolnennыmi) aralashma deyiladi. Misol uchun, rezina aralashmasinig biror oddiy standart retseptini keltiraylik. Kauchuk 100 og‘irlik qism Oltingugurt 2-3,5 og‘irlik qism Tezlatuvchi: tiuram 0,5-2 og‘irlik qism Aktivatorlar: rux oksidi, 5 og‘irlik qism Plastifikator stearin kislotasi 1 og‘irlik qism Texnik uglerod (saja) 45 og‘irlik qism Vulkanizatsiyalovchi modda. Ilk bor olim Gudir 1839 yilda plastik kauchukni oltingugurt bilan kizdirilganda elastik rezinaga aylanish jarayoni aniqladi va bu jarayonga “vulkanlanish” nomi berildi. Buni kauchukni oltingugurt bilan issiqlik ta’sirida reaksiyaga kirishi natijasida amalga oshiriladi. Buning natijasida kauchuk plastik xossasini yo‘qotib, elatikligini, ya’ni rezinaga hos bo‘lgan xususiyatlarni namoyon qila boshlaydi. SHuni ta’kidlash lozimki , shu vulkanlanish jarayoni sababli kauchuklar juda qimmatli materialga aylanishdi. Ammo yuqori harorat va oltingugurtning miqdori vulkanlanish jarayonini ta’minlamaydi. Shu bilan birga ular ion nurlari orqali past 96 haroratda peroksidlar, fenolformaldegid qatronlari bilan ham vulkanlanish jarayoniga uchraydi. Vulkanlanishning eng birinchi nazariyasi Veber tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u kauchukning oltingururtni turli miqdorlari, vaqt va vulkanlanish davomida tadqiqotlarni o‘tkazgan. Buning natijasida Veber oltingugurt kauchuk bilan kimyoviy bog‘ hosil qilishi va ohirgi mahsulot sifatida sulfid (С 5 Н 8 S) chiqishini bayon qilgan. 1910 yil Ostvald tomonidan vulkanlanish fizik xodisa deb, oltingugurt kauchukka adsorbsiyalanadi deb ilgari suradi. Polimer ximiyasi nuqtai nazaridan vulkanizatsiya jarayonida oltingugurt orqali chiziqsimon kauchuk makromolekulasidan, to‘rsimon makromolekula hosil bo‘ladi. Hozirgi paytda vulkanizatsiya kimyoviy reaksiya joriy qilish bilan bir qatorda buni texnologik protsess deb ham atash mumkin. Chunki vulkanizatsiya jarayonida materialning qattiqligi oshadi, mustahkamligi o‘zgarad,ya’ni fizik- mexanik xossalari o‘zgaradi. Tabiiy va sintetik kauchuklarni texnika maqsadlari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatib bo‘lmaydi. Chunki sof kauchuk issiqqa va sovuqqa chidamsiz, uning mexanikaviy pishiqligi va elastikligi etarli emas, organik erituvchilarda eriydi. SHuning uchun kauchuklarning fizikaviy va ximiyaviy xossalarini yaxshilash maqsadida u vulkanlanib, rezinaga aylantiriladi. To‘rsimon tuzilishda ko‘ndalang bog‘larning ortishi bilan o‘rtacha molekulyar massa (MM) kamayib, vulkanizat hajmi ortadi. Kauchuk vulkanlanish jarayonida oltingugurt orqali chiziqsimon kauchuk makromolekulasidan, to‘rsimon makromolekula hosil bo‘ladi. 97 Kauchukni vulkanizatsiyalash uchun unga ingredientlar (oltingugurt, qurum, yumshatgich, to‘ldirgich, aktivator, tezlatgich va boshqa qo‘shimchalar) qo‘shib, maxsus rezina aralashtirgichlarda yoki valslarda yaxshilab aralashtiriladi. Keyin olingan xom rezina aralashmasi qoliplarga quyiladi va 130-160°С gacha qizdirilib vulkanlanadi. Vulkanizatsiyalash protsessida oltingugurt kauchukning makromolekulalaridagi qo‘shbog‘larning bir qismi (5-10% ti) bilan kimyoviy birikib, makromolekulalarni «tikadi». Natijada kauchukning chiziqli molekulalaridan rezinaning uch o‘lchamli, to‘rsimon tuzilishga ega bo‘lgan molekulalari hosil bo‘ladi: C H 2 - C - C H - C H 2 - C H 2 - C = C H - C H 2 - C H 2 - C - C H - C H 2 - C H 2 - C = C H - C H 2 - C H 3 H 3 C H 3 C S S S S S S C H 3 Yumshoq rezina olish uchun aralashma tarkibiga 1,5-4% oltingugurt qo‘shiladi. Tarkibiga 30-60% gacha oltingugurt qo‘shilgan kauchuk vulkanlanish qilinsa, barcha qo‘shbog‘lariga birikib, qattiq modda – ebonit hosil bo‘ladi. Ebonit xossalari jihatidan plastmassalarga o‘xshash bo‘lib, elastik emas. Undan akkumulyatorlar uchun baklar, elektrotexnikada qo‘llaniladygan detallar tayyorlanadi. Xom rezina aralashmasiga qo‘shiladigan aktiv to‘ldiruvchilar sifatida, odatda qurum, rangli rezina ishlab chiqarishda oq qurum (kolloid holatdagi kremniy kislota) qo‘shiladi, bular rezinaning edirilish va uzilishga chidamliligini 5- 15 marta oshiradi. Inert to‘ldirgichlar (gil, bo‘r, talk, barit) rezinaning xossalariga sezilarli ta’sir qilmaydi, lekin ularshshg narxini arzonlashtiradi. 98 Rezina aralashmasi tarkibiga yana ishlov berishni osonlashtiruvchi yumshatgichlar – sintetik yog‘ kislotalari, mazut, parafin, kaiifol va boshqalar; kauchukning tez eskirpshini, ya’ii uning elastikligi va pishiqligi pasayishiping oldini olysh uchun stabilizatorlar – antioksidlovchilar, masalan, fenil -naftilamin qo‘shiladi. Vulkanizatsiya protsessini tezlatish uchun ozgina miqdorda aktivatorlar-rux oksid, stearin kislota va tezlatgichlar- merkaptobenzotiazol, difenilguanidin, kaptaks, altaks va boshqalar qo‘shiladi. Vulkanizatsiya qilingan rezina dastlabki kauchukka nisbatan ancha plastik, pishiq va qizdirishga chidamliroq bo‘ladi, organik erituvchilarda erimaydi, faqat bo‘kadi. Kauchukning chiziqli molekulalari bir biri bilan oltingugurt atomlari orqali ximiyaviy bog‘langanligi rezinaniig yuqoridagi qimmatli xossalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling