Microsoft Word Материал резина lotin


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

 
Benzoil peroksidi. Benzoil peroksidi oq kristall 
poroshok bo‘lib, suyuqlanish harorati 104
o
С, 113
o
С 
haroratda portlaydi. Benzoil peroksidi odatda 50% erituvchi (plastifikator) bilan 
ishlatiladi.Yarim parchalanish vaqti 100
o
С 24 minut. Uni ishlatganda rezina 
aralashmada podvulkanlanish jarayoni ketish ehtimoli mavjud, asosan silikon 
kauchuklarni vulkanlanishida qo‘llaniladi. 
Sanoatda oltingugurt va peroksidlar aralashmalari bilan vulkanlash 
jarayonini amalga oshiriladi va natijada С-С bog‘lardan tashqari mono, di, va 
polisulfid bog‘lar ham hosil bo‘ladi. Buning natijasida mustahkamlik va elastik 
xossalari yaxshilanadi va issiqlik ta’siriga chidamliligi kamayadi.  
Fenolformaldegid smolasi. 
To‘yinmagan kauchuklarni, ayniqsa 
butilkauchuk va SKEP kauchuklarini vulkanlash uchun fenolformaldegid 
qatronlari qo‘llaniladi, ularning tushilishi qo‘yidagicha:
 
Bu turdagi vulkanlovchi moddalarni asosiy mezoni metilol va metilenefir 
guruhlarini mavjudligidadir (3% gacha). Ularni choklanish jarayoni juda 
murakkab, vulkanlanish vaqtida erkin radikallar parchalanib vodorodning 
-metil 
guruhi yoki qo‘shbog‘i bilan reaksiyaga kirishadi. Ushbu reaksiyalarda 
qo‘shbog‘lar bilan birikib xromli tuzilish hosil qilishi va natijada suv ajralib 
chiqish jarayoni katta ahamiyatga ega. Vulkanlanish jarayonida smolalarni ayrim 
metall xloridlari (SnCl
2
2H
2
O; FeCl
3
6H
2
O; ZnCl
2
2H
2
O) yoki xlor saqlovchi 
kauchuklar bilan faollashtiriladi. 


106 
Smola juda qattiq bo‘lib, qo‘llanishdan oldin maydalanadi, ularning rezina 
aralashmalarida miqdori 5-12 mass.q. tashkil qiladi. Vulkanlanish harorati 140-
180
o
С da. Hosil bo‘lgan vulkanizatlar yuqori issiqbardoshlikka va qarishiga juda 
chidamli materiallar olish imkoniyatini beradi, bunga sabab vulkanlanish natijasida 
(С-С va С-O-С) bog‘larni hosil bo‘lishida. 
Rezina aralashmalarini ion nurlanish orqali ham vulkanlanish jarayonini 
olib borish sharaoitlari ishlab chiqarilgan. Unga ko‘ra yuqori energiya yordamida 
kauchuk zanjirida ionlanish jarayoni bo‘lib o‘tadi va natijada hosil bzlgan ionlar va 
erkin elektronlar radikal va ion radikallarga aylanadi. Ammo bu jarayon murakkab 
kimyoviy jarayon bo‘lib, reaksiya natijasida destruksiya, strukturali, sikllanish, 
izomerlanish va gazsimon mahsulotlar ajralishi bilan boradi. Bu reaksiyani ustun 
tomoni rezina aralashmani strukturalanishida, ya’ni nurlanish orqali ko‘ndalang 
bog‘li uglurod-uglerod bog‘lar hosil bo‘ladi. Ushbu jarayon kauchuklarni 
peroksidlar bilan vulkanlanilganda ham sodir bo‘ladi va natijada issiqbardosh 
vulkanizatlar hosil bo‘ladi. 
Agarda bunday jarayonni butilkauchuk va poliizobutilenda olib borilda 
-
nurlanish natijasida kauchuk destruksiyaga uchraydi. SKB kauchuklarni ushbu 
jarayonga juda samarali qo‘llasa bo‘ladi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 
Vulkanlash agenti, oltingugurt, peroksid, to‘r setka, tuzilish, bog‘larning 
uzilish, xossalari 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Kauchuklarni vulkanlash agentlarining axamiyati 
2. Kauchuklar vulkanlash agentlarini turlari 
3. Oltingugurtning xossalari 
4. Peroksidalrning vazifasi va xossalari 
3. Vulkanizatsiya jarayonida kauchukning o‘zgarishi. 
5. Fenolformaldegid smolalari. 
6. Vulkanlash agentining vulkanlash mexanizmiga ta’siri. 


107 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling